Connect with us

Sport

YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?

Published

on


Bugun kimlar pley-offga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tishi, kimlar o‘tish o‘yinlariga qolishi ma’lum bo‘ladi. «Barselona» va «Siti» kuchli sakkizlikdan tashqarida qolishi, «Napoli» esa umuman pley-offga chiqa olmasligi mumkin. Konte jamoasi «Chelsi»ga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Faqat to‘rt klubda hech qanday motivatsiya qolmagan.

Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasida umumiy guruh bosqichi yakunlanadi. Yakuniy tur o‘yinlari (birato‘la 18 o‘yin) nafaqat bir kunda, balki bir vaqtda o‘tkaziladi. Umumiy guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra 36 klubdan 24 tasi sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

YeChL formati haqida

Chempionlar ligasi ikkinchi mavsumdirki, yangilangan formatda bo‘lib o‘tmoqda. 36 klub, umumiy turnir jadvali, Sakkiz tur yakunlariga ko‘ra 24 klub guruhdan chiqadi. Kuchli sakkizlikdan o‘rin olish – katta imtiyoz beradi. Birinchidan, bu jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga o‘tishadi. Tig‘iz taqvimda – ikkita qo‘shimcha o‘yin minus bo‘lishi har qanday klub uchun foydali. Ikkinchidan, bu jamoalar 1/8 finalda javob o‘yinlarini o‘z stadionida o‘tkazadi.

Jamoalar yakuniy jadvalda qanchalik yuqorida joylashsa, pley-offda javob o‘yinlarini o‘z uyida o‘tkazish imkoniyati oshadi. 1-4-o‘rinlardagi jamoalar nafaqat 1/8 finalda, balki chorakfinalda ham (agar bu bosqichga chiqa olsa) ikkinchi o‘yinni o‘z maydonida qabul qiladi. Dastlabki ikki o‘rin sohiblari esa yarimfinalda ham javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi (agar bu bosqichga chiqa olishsa). Agar bunday imtiyozga ega bo‘lgan klub yutqazsa, imtiyoz bu klubni pley-offdan chiqarib yuborgan jamoaga o‘tadi.

9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar esa o‘tish bosqichida qatnashishi kerak. Bu 1/16 final emas (juftliklar soni 16 ta emas, balki sakkizta), ammo 1/8 finaldan oldingi qo‘shimcha pley-off bosqichi hisoblanadi.

O‘tish o‘yinlari 17/18 va 24/25 fevral kunlariga, 1/8 final – 10/11 va 17/18 mart kunlariga belgilangan. O‘tish o‘yinlari uchun qur’a tashlash marosimi 30 yanvarda, pley-offning boshqa bosqichlari uchun qur’a – 27 fevralda bo‘lib o‘tadi. Finalga 30 may kuni Budapesht mezbonlik qiladi.

O‘tish bosqichida kim kimga qarshi o‘ynaydi? 16 klubning har birida faqat ikkitadan ehtimoliy raqib bo‘ladi. Bu yerda barchasi jamoalarning turnir umumiy guruh bosqichida egallagan o‘rniga bog‘liq.

9- va 10-jamoa 23- yoki 24-jamoaga qarshi;

11- va 12-jamoa 21- yoki 22-jamoaga qarshi;

13- va 14-jamoa 19- yoki 20-jamoaga qarshi;

15- va 16-jamoa 17- yoki 18-jamoaga qarshi o‘ynaydi;

Muayyan misollarda ko‘rib chiqamiz. Agar umumiy guruh bosqichi hozir yakunlangan bo‘lganida, unda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlardagi jamoalar (hozir bu «Barselona» va «Sporting») o‘tish bosqichida yoki «Atletiko» (23-jamoa), yoki «Olimpiakos» (24) bilan to‘qnashgan bo‘lardi. Aynan qaysi o‘rindagi klub raqib bo‘lishini esa qur’a aniqlaydi. 1/8 finalda bu to‘rtlik g‘oliblari (ikki klub) yoki «Nyukasl» (7-o‘rindagi jamoa), yoki «Chelsi» (8) bilan o‘ynaydi.

Agar jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa, unda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga qaraladi.


To‘plar nisbati
Urilgan gollar soni
Safardagi gollar soni
G‘alabalar soni
Safardagi g‘alabalar soni
Raqiblar ishlagan ochkolar soni*
Raqiblarning to‘plar nisbati*
Raqiblar urgan gollar soni*
Intizomiy ballar (sariq va qizil kartochkalar – to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka uchun 3 ochko, ikki sariq kartochkadan keyingi chetlatish uchun 3 ochko, sariq kartochka uchun 1 ochko yoziladi)
Klub koeffitsiyenti

Yakuniy tur arafasidagi vaziyat

«Arsenal» (21 ochko) va «Bavariya» (18 ochko)

Bu jamoalar allaqachon 1/8 finalni kafolatlagan. «Arsenal»ga birinchi o‘rinda qolish uchun so‘nggi turda «Qayrat»ga yutqazmaslikning o‘zi yetarli bo‘ladi. London klubi o‘z uyida o‘ynashi hisobga olinsa, bu uddalash qiyin bo‘lmagan vazifa. Agar «Arsenal» yutqazsa, unda birinchi o‘rinda qolishi uchun «Bavariya» PSV maydonida g‘alaba qozonmasligi kerak bo‘ladi.

Inglizlar jamoasi o‘z o‘yinida yutqazib, «Bavariya» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa ham, birinchi o‘rinda qolishi mumkin, buning uchun «Arsenal»da to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lishi talab etiladi. Nemis klubi Eyndhovenda ochko oladigan bo‘lsa, ikkinchi o‘rindan pastga tushmasligi kafolatlangan. Umumiy guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar finalga qadar o‘zaro to‘qnashmaydi.

«Real» va «Liverpul» – 15 tadan ochko

Yevropaning ikki top-klubi YeChL pley-off bosqichida o‘ynashi aniq. Gap ular to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqish yoki chiqmasligida. Yakuniy turdagi g‘alaba ularga ham, hozirda top-8 da turgan boshqa jamoalarga ham o‘rnini saqlab qolishni kafolatlaydi. «Real» 8-turni safarda «Benfika»ga qarshi o‘tkazadi, «Liverpul»ni «Qorabog‘»ga qarshi uy uchrashuvi kutmoqda. Madridliklar jamoasi, katta ehtimol bilan, durang o‘ynagan taqdirda ham 1/8 finalga o‘tadi, chunki ushbu jamoada to‘plar nisbati juda yaxshi («+11»). «Liverpul»ning bu boradagi ko‘rsatkichi biroz pastroq («+6»), shuning uchun ushbu jamoa imkon qadar g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

«Tottenhem» (14 ochko)

APLda ishlar yomonligiga qaramay, London klubi Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etmoqda. So‘nggi turdagi g‘alaba («Tottenhem» safarda «Ayntraxt»ga qarshi o‘ynaydi) inglizlarga 1/8 final yo‘llanmasini naqd qiladi. Durang ham yetarli bo‘lishi mumkin, bu holda «Tottenhem»ga quyiroqda joylashgan boshqa jamoalarning yordami kerak bo‘ladi.

«PSJ», «Nyukasl», «Chelsi», «Barselona», «Sporting», «Manchester Siti», «Atletiko», «Atalanta» – 13 tadan ochko

«Real», «Liverpul» va/yoki «Tottenhem» ochko yo‘qotishi ushbu klublar uchun katta plyus bo‘ladi va ularning g‘alaba qozonish orqali nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ea bo‘lish imkoniyatini oshiradi. Bu jamoalar uchun to‘plar nisbati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa «PSJ» va «Nyukasl» uchrashuvida intriga katta. Ikki jamoa ham o‘zaro durang o‘ynab 1/8 finalga chiqishi mumkin, shu bilan birga, ulardan hech biri o‘zini xavfsiz his qila olmaydi. Ikki jamoada ham to‘plar nisbati yaxshi ekanidan kelib chiqib, g‘alaba qaysidir jamoaning keyingi bosqichga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olishini ta’minlashini aytish mumkin.

«Sporting» safarda «Atletik» bilan, «Chelsi» – Italiyada «Napoli»ga qarshi o‘ynaydi, «Barsa» uyda «Kopenhagen»ni, «Siti» – «Galatasaroy»ni qabul qiladi, «Atalanta» esa Belgiyaning «Yunion» klubi maydoniga safar qiladi. Agar «Barsa» va «Siti» kerakli natijaga erisha olmasa, fevral oxirida o‘tish o‘yinlarida qo‘shimcha ikki o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

«Inter», «Yuventus» – 12 tadan ochko

Italiyaning ushbu ikki klubi pley-offda o‘ynashi aniq. To‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalda paydo bo‘lish uchun esa «Inter» va «Yuve» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonishidan tashqari, hozirda 13 tadan ochkoga ega bo‘lgan sakkizta klubdan oltitasi yakuniy turda g‘alaba qozona olmasligiga umid qilishi kerak bo‘ladi. «Inter»ning to‘plar nisbati yaxshiroq («+6»), bu esa ochkolar teng kelib qolganda jamoa foydasiga xizmat qilishi mumkin.

«Borussiya» (11 ochko), «Galatasaroy» (10) va «Qorabog‘» (10)

Nazariy jihatdan bu jamoalarda ham top-8 ga kirib olish imkoniyati yo‘q emas, ammo amalda ular, katta ehtimol bilan, top-24 da qolish haqida o‘ylashmoqda (bu ko‘proq «Galatasaroy» va «Qorabog‘»ga taalluqli). Agar «Borussiya» birgina ochko olsa ham, o‘tish o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minlaydi. «Galatasaroy» va «Qorabog‘»ni esa so‘nggi turda juda qiyin raqiblar (mos ravishda «Manchester Siti» va «Liverpul») kutmoqda. Bu jamoalar bu o‘yinlarda yutqazadigan bo‘lsa, parallel uchrashuvlar natijasiga qarash kerak bo‘ladi.

«Marsel», «Bayyer», «Monako» – 9 tadan ochko

Bu klublarning vazifasi quyidagicha: so‘nggi turda g‘alaba qozonish – va o‘tish o‘yinlariga o‘tish. «Marsel» safarda «Bryugge» bilan, «Bayyer» uyda «Vilyarreal» bilan, «Monako» ham uyda «Yuventus»ga qarshi o‘ynaydi. Bu jamoalarni durang ham qoniqtirishi mumkin, ammo bu turnir jadvalida quyiroqda joylashgan jamoalarga qo‘shimcha umid beradi. «Monako» ochko yo‘qotadigan bo‘lsa og‘ir ahvolga tushib qoladi. Turnir jadvalida quyiroqda joylashgan va pley-off uchun imkoniyat saqlab qolayotgan olti klubdan beshtasida to‘plar nisbati yaxshiroq.

PSV (8), «Atletik» (8), «Olimpiakos» (8), «Napoli» (8), «Kopenhagen» (8), «Bryugge» (7)

Katta ehtimol bilan, ko‘p narsani to‘plar nisbati hal qiladi. «Olimpiakos» aynan shu omil tufayli 24-o‘rin uchun kurashda «Napoli»dan oldinroqda joylashgan. Greklar klubi so‘nggi turni Niderlandiyada «Ayaks»ga qarshi o‘tkazadi, «Napoli»ni esa «Chelsi»ga qarshi shiddatli bahs kutmoqda. PSV uyda «Bavariya»ni qabul qiladi, «Kopenhagen» – «Barselona» bilan o‘ynaydi (safarda). «Atletik» yuqorida eslanganidek «Sporting» bilan, «Bryugge» – «Marsel» bilan o‘ynaydi.

Bu jamoalarga so‘nggi o‘yinda faqat g‘alaba kerak, hatto bu hech narsani kafolatlamasa ham, barchasi parallel uchrashuvlardagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi.

«Budyo-Glimt», «Benfika», «Pafos», «Yunion», «Ayaks» – 6 tadan ochko

Bu yerda barchasi oddiy. Bu jamoalar yoki so‘nggi turda g‘alaba qozonib, o‘tish o‘yinlari uchun imkoniyatga ega bo‘ladi, yoki umumiy guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra turnirni tark etadi.

«Ayntraxt» (4), «Slaviya» (3), «Vilyarreal» (1), «Qayrat» (1)

Ushbu to‘rt jamoa pley-offga chiqishdan umid uzgan. So‘nggi tur o‘yinlari ular uchun yevromavsumdagi so‘nggi o‘yinlar bo‘lib qoladi.

So‘nggi tur o‘yinlari:



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.