Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
Sport
O‘zbekiston Eron ustidan g‘alabadan so‘ng FIFA reytingida yuqoriladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi.
Kecha Eronni mag‘lub etgan Milliy jamoamiz hisobiga 6,83 ochko qo‘shildi. Shu tariqa jamoamiz FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 59-o‘rinni egalladi.
Reytingni jahon chempioni sanalgan Ispaniya boshqarib bormoqda (1995,8 ochko). Keyingi pog‘onalarda Argentina, Fransiya va Angliya terma jamoalari joylashgan. Kuchli o‘nlikka Meksika terma jamoasi yakun yasadi.
Tunis termasi O‘zbekistondan avvalgi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qatar termamizdan keyingi 60-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada kechgan o‘rtoqlik o‘yinida vakillarimiz Eronni 3:1 hisobida yengdi. Eldor Shomurodov bahsda dubl qayd etdi.
Sport
O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida AQShni mag‘lub etdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 9-tur uchrashuvlarida O‘zbekiston g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston erkaklar asosiy jamoasi turnir favoritlaridan biri bo‘lgan AQSh ustidan g‘alabaga erishdi.
Dastlab 4-doskada dona surgan Muhiddin Madaminov kuchli raqib Levon Aroyan bilan durang o‘ynadi (u o‘tgan turda yutqazib qo‘ygan Shamsiddin Vohidov o‘rnini egallagandi).
Shundan keyin Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uchinchi o‘rinda turuvchi Fabiano Kuruanani taslim bo‘lishga majbur etdi.
Ammo Javohir Sindarov yana bir nomdor shaxmatchi Uesli So bilan o‘yinda qiyin vaziyatga tushib qoldi va yakunda bu vaziyatdan chiqib keta olmadi va umumiy hisob tenglashdi: 1,5-1,5.
Shundan keyin o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlar bor e’tiborini Nodirbek Yoqubboyevning o‘yiniga qaratishdi. O‘tgan turda yutqazib qo‘ygan ushbu shaxmatchi esa bu safar ishonchni oqladi va Hans Nimannga qarshi kechgan o‘ta qiyin bahsda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va yakuniy hisob quyidagicha ko‘rinish oldi: 2,5-1,5.
Endi O‘zbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda. Avvalgi turda O‘zbekiston Germaniyaga mag‘lub bo‘lgandi.
Sport
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. Futbolchilarimiz Saudiya Arabistoni vakillarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Navbatdagi raqib — Yaponiya va KXDR U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi.
Yarim final 30-sentyabr kuni o‘tkaziladi.
Osiyo o‘yinlari. Chorak final. 25-sentyabr
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:0
Gollar: Dilshod Murtazoyev (12), Azizbek To‘lqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (86).
O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyos Rizaqulov (Dilshod Abdullayev, 81), Quvonch Xushvaqtov, Sardor Bahromov (Firdavs Abdurahmonov, 81), Saidumar Saidnurullayev (Ollobergan Karimov, 62), Muhammadali O‘rinboyev (Nurlan Ibraimov, 85), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 85), Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.
Sport
O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Xitoyni ham mag‘lub etdi
O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi shaxmat Olimpiadasida Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.
Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev o‘z o‘yinlarida yorqin g‘alabaga erishdi.
Javohir Sindarov va Muhiddin Madaminov esa raqiblari bilan murosaga kelib, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, olimpiadada yakkapeshqadamga aylangandi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Markaziy Osiyoda o‘zaro savdo aylanmasi 8,1 mlrd dollarga yetdi
-
Mahalliy5 days ago
Evrika! Olim faqat igna bilan quduq qazimaydi…
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistondagi elektromobillarning qariyb 72 foizi Toshkentda
-
Siyosat3 days ago
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
-
Jamiyat4 days ago
Dollar kursi ko‘tarildi, yevro ham oshdi
-
Sport2 days ago
O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida AQShni mag‘lub etdi
-
Siyosat3 days ago
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
