Iqtisodiyot
Yashirin iqtisodiyotga qarshi qo‘shimcha mexanizmlar joriy etilishi mumkin
Soliq qo‘mitasi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi: yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va naqdsiz to‘lovlarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlar taklif etilmoqda.
Qaror loyihasida chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish vositalarini soliq organlari axborot tizimlari bilan majburiy integratsiya qilish va davlat reyestriga kiritish talabini kuchaytirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, fiskal belgilarni aks ettirish yoki integratsiya talablarini buzganlik uchun Soliq kodeksining 227¹-moddasida belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash eslatib o‘tilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi 2026 yil 1 iyunga qadar:
umumiy ovqatlanish korxonalarini buyurtmalar hisobini yuritish axborot tizimi bilan to‘liq jihozlash va uni nazorat-kassa texnikalariga integratsiya qilish;
“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda birja savdolari bo‘yicha oferta shartnomalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilishni ta’minlashi taklif etilmoqda.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boshlab qator yangi tartiblarni joriy etish nazarda tutilgan. Jumladan:
birja savdolari bo‘yicha elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda neft mahsulotlari hajmini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish mexanizmini ishga tushirish;
qurilish pudrat va subpudrat shartnomalari hamda neft mahsulotlarini saqlash omborlarini ijaraga berish shartnomalarini soliq organlari elektron tizimlarida hisobga qo‘yish;
notarial idoralar taqdim etgan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari ma’lumotlarini QQS hisobotini shakllantirishda inobatga olish;
ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilgan tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilish yoki ishlab chiqarishga sarflashni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘zgartirish hujjatlari asosida amalga oshirish.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Adliya vazirligi, Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini soliq organlari, tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish, ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashish mexanizmlarini joriy etish taklif qilinmoqda.
Iqtisodiyot
Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi
O‘zbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish va energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri Buxoro viloyatida 75 million dollarlik loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Xitoyning Soltenia Technology Introduction (STI) kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Xao Jui bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatda quyosh issiqlik energiyasi va zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, STI kompaniyasi ushbu yo‘nalishda dunyodagi yetakchi tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Xitoy tomoni Buxoro viloyatida sanoat parki uchun integratsiyalashgan issiqlik va fotoelektrik “yashil” energiya tizimini barpo etishga qiziqish bildirib, mazkur loyihaning umumiy qiymati 75 million AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondagi sanoat korxonalari va obektlarini quyosh energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan, qiymati 50 million dollarlik yana bir loyihani ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Ushbu tashabbuslar mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash, energiya samaradorligini oshirish va hududlarning energetik mustaqilligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot
07:15 Agrar yerlar geografiyasi: qaysi davlatlar yetakchi?
07:15
Agrar yerlar geografiyasi: qaysi davlatlar yetakchi?
Source link
Iqtisodiyot
ertadan dollar kursi yana oshadi
Markaziy bank 2025-yil 18-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 124,53 so‘mga oshdi va 13 968,98 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 175,25 so‘m (+156,80).
Rossiya rubli 147,99 so‘m etib belgilandi (-1,17).
Iqtisodiyot
payme’dagi «Keyinroq to‘lash» xizmati nima va u qachon kerak bo‘lishi mumkin?
Ba’zida xarid yoki xizmat uchun hoziroq to‘lov qilish kerak bo‘ladi, lekin mablag‘ biroz keyinroq tushishi aniq. Shunday vaziyatlar uchun payme ilovasida “Keyinroq to‘lash” xizmati mavjud. U qanday ishlashi va qaysi paytlarda asqotishini tushuntiramiz.
Bu qanday xizmat?
“Keyinroq to‘lash” — bu payme ilovasidagi xizmat bo‘lib, u to‘lov vaqtida kartangizda mablag‘ bo‘lmasa ham to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.
Xarid haqi darhol to‘lanadi. Sarflangan summani 10 kun ichida qaytarish lozim. Agar ushbu muddatga amal qilinsa, to‘lov summasi oshmaydi. 11-kundan boshlab esa to‘lov summasidan kelib chiqib, xizmat uchun haq hisoblanadi.
Eng muhimi, qo‘shimcha sozlamalarni amalga oshirish shart emas. To‘lov paytida shunchaki “Keyinroq to‘lash” tugmasini bosish kifoya — to‘lov darhol o‘tadi, ilovada esa qaytarilishi kerak bo‘lgan summa va muddat ko‘rinib turadi.
Bu qachon qulay bo‘lishi mumkin:
Kutilmagan vaziyatlar. Masalan, oylik kechiksa yoki karta vaqtincha ishlamay qolsayu, xaridni aynan hozir amalga oshirish kerak bo‘lsa. Hech kimdan qarz so‘rab o‘tirmasdan, “Keyinroq to‘lash” xizmatidan foydalanib to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Hamma pullar naqd bo‘lganda. Internet, mobil aloqa yoki TV uchun to‘lov qilish kerak, ammo kartada pul yo‘q. Bunday holda ushbu xizmat orqali to‘lov qilsa bo‘ladi.
Kutilmagan xarajatlar. Kafedagi hisob kutilganidan ko‘proq chiqsa yoki do‘stlar bilan uchrashuvga to‘satdan taklif tushib qolsa, servis orqali to‘lov qilib, mablag‘ni keyinroq qaytarish mumkin.
Ushbu xizmat hamkor — “TBC BNPL” ” MChJ tomonidan taqdim etiladi. Xizmat haqida batafsil ma’lumot bilan payme saytida tanishish mumkin.
Iqtisodiyot
Metandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yillik nisbatda suyakli mol go‘shti 22,4 foiz, suyaksiz mol go‘shti 24 foiz, qo‘y go‘shti 27,4 foizga qimmatlashdi. Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida nikoh uzugi (+32,1 foiz) va metan (+30,3 foiz) narxlarida keskin oshish kuzatilgan. Xizmatlar sektorida esa shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash (+281,8 foiz) hamda tarmoq gaz (+39,2 foiz) narxlarida katta o‘sish qayd etilgan.
Markaziy bank 2026 yilning fevral oyi holatiga inflatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bo‘lgan, 2023 yilda 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oshib, 9,8 foiz, 2025 yilda esa 7,3 foizga tushgandi. 2026 yilning fevral oyi holatiga ham bu ko‘rsatkich 7,3 foizni tashkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga ko‘ra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boshqalari esa keskin oshgan:
Yillik hisobda qovoq (-57,1 foiz), baqlajon (-31 foiz), tarvuz (-26,3 foiz), sarimsoq (-22,9 foiz) va shaftoli (-22,8 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari keskin qimmatlagan:
Limon (+90 foiz);
Qo‘y go‘shti (+27,4 foiz);
Suyaksiz mol go‘shti (+24 foiz);
Suyakli mol go‘shti (+22,4 foiz);
Qiyma (+17,5 foiz).
Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 167 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (90 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.
Avvalroq prezident boshchiligidagi yig‘ilishda yanvar oyida inflatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa 13 foizi go‘sht hisobidan bo‘lganiga urg‘u berilib, go‘shtda importga qaramlikni qisqartirish uchun ozuqa masalasini hal qilish kerakligi ta’kidlab o‘tilgandi.
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan yirik oshxona priborlari (-1,7 foiz), kichik maishiy priborlar (-1,5 foiz) arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlashi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 32,1 foizga qimmatlagan.
Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,3 foiz), gazeta (+17,5 foiz), jurnal (+15,3 foiz), propan (+9,7 foiz) narxlarida keskin oshish kuzatilgan.
Iste’mol narxlari indeksidagi 252 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 233 tasi (92 foiz) bo‘yicha yillik narx o‘sishi 10 foizdan kam bo‘lgan.
Xizmatlar
Yillik hisobda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash narxlari 5,6 foizga, ichki aviareyslar 3,5 foizga, nodavlat OTMda o‘qish 0,5 foizga arzonlagan.
Narxi eng ko‘p qimmatlagan xizmat shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash bo‘ldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 281,8 foizga oshgan. Shuningdek, trolleybusda yo‘l haqi (+100 foiz), tarmoq gaz (+39,2 foiz), haydovchilik kurslari (+38,5 foiz) va sovuq suv (+35,1 foiz) narxlarida ham keskin qimmatlashish kuzatilgan.
Iste’mol narxlari indeksidagi 98 turdagi xizmatlarning 69 tasi (70 foiz) bo‘yicha yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.
Oxirgi yillarda inflatsiya dinamikasining o‘zgarishi
2016 yilda yillik inflatsiya 9,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich keskin oshib, 18,8 foizga yetgan va oxirgi 10 yillikdagi eng yuqori darajasi sifatida qayd etilgan. Keyingi yillarda nisbiy pasayish kuzatilgan: 2018 yilda 14,3 foiz, 2019 yilda 15,2 foiz. 2020 yildan boshlab inflatsiya bosqichma-bosqich sekinlashib, 2021 yilda 10 foiz darajasida shakllangan. 2022 yilda tashqi iqtisodiy omillar ta’sirida inflatsiya yana biroz oshib, 12,3 foizga yetgan bo‘lsa-da, 2023 yilda 8,8 foizgacha pasaygan. 2024 yilda 9,8 foizlik inflatsiya qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 7,3 foizgacha pasaydi.
Manba: Progressiv islohatlar markazi
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev fuqarolardan murojaatlar ko‘payib borayotgan bir paytda militsiya xodimlarining qo‘pol xatti-harakatlarini tanqid qildi
-
Jamiyat4 days ago
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov lavozimidan ozod etildi
-
Sport5 days agoHasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp yashirishga uringan Eronga qarshi urush sababi ma’lum bo’ldi
-
Jamiyat4 days agoadolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
-
Iqtisodiyot2 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
-
Sport4 days agoFutbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
-
Dunyodan3 days ago
Iroq g‘arbida AQShning yonilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi
