Connect with us

Jamiyat

Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Published

on


O‘zbekiston shimolida payshanbaga qadar, mamlakatning boshqa hududlarida esa juma kuniga qadar havo haroratining kundan kunga 1−2 darajadan yuqori ko‘tarilib borishi kutiladi. Dam olish kunlari esa mintaqaga navbatdagi biroz salqin havo — kuchli shamol va chang to‘zonlari bilan birga — kirib kelishi oydinlashmoqda.

Haftaning eng issiq kunlari payshanba va jumaga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinyapti. Juma kuni markazida atmosfera bosimi 995 gPa gacha bo‘lgan juda issiq atmosfera bosimi sohasi O‘zbekistonning markazidan shimol tomon harakatlanib, ayni aholi zich istiqomat qiluvchi viloyatlarda +44 darajagacha yuqori issiq haroratni taqdim etishi kutilmoqda.

Manba: Windy.com

Xorijiy ob-havo byurolari ma’lumotida ham juma kuni issiq havo oqimi ta’sirida aholi zich istiqomat qiluvchi viloyatlarda o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 5−6 darajagacha yuqori chetlanib ketishi keltirilgan. Bu yozning ayni davri uchun sezilarli issiqlikdir. Xususan, Toshkent shahri aholisi ham juma kuni kunduzi juda issiq haroratdan aziyat chekadi.

Manba: Meteoinfo.ru

Jazirama issiq ortidan haroratni biroz pasaytiruvchi navbatdagi salqin havo oqimi dam olish kunlari shimoli-g‘arb tarafdan asta-sekin mintaqaga kirib keladi. Shimoliy hududlar aholisi juma kunidayoq bu salqinlikdan bahramand bo‘ladi. Umuman olganda, joriy haftada bir isib ketish va keyin salqinroq harorat muhiti kuzatiladi.

Yog‘in taqchilligi esa joriy hafta ham davom etadi.

Manba: Meteoinfo.ru

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, 30 iyun kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati maksimumi +39 darajagacha, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida +41 darajagacha, boshqa hududlarda +37 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Tungi harorat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +25 darajagacha, boshqa hududlarda +22 darajagacha bo‘ladi. Tog‘larda kunduzgi harorat +30 darajagacha isishi, tunda +12 darajaga salqinlashishi kutilmoqda.

Sinoptiklar 1−3 iyul kunlari respublika bo‘ylab havo haroratining ko‘tarilib borishini ma’lum qilgan. Masalan, seshanba kuni shimol va vodiydan tashqari hududlarda haroratning dushanba kuniga nisbatan 2 darajaga ko‘tarilishi keltirilgan. Shimolda esa kunduz kuni harorat dushanbaga nisbatan 4 daraja ko‘tarilib ketishi, vodiyda esa o‘zgarmasligi ko‘rsatilgan.

Chorshanba va payshanba kunlari esa jaziramaning ta’siri respublikaga kuchli ta’sir etib, deyarli barcha hududlarda kunduzi havo harorati +40 darajadan yuqori ko‘tarilishi, janubiy hududlar va cho‘llarda esa +44 darajagacha yetishi oydinlashgan. Tungi harorat qiymatlari ham asta ko‘tarilib borish tamoyilida o‘zgarishi, seshanbadan chorshanbaga, ayrim viloyatlarda chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi «tropik tun» bo‘lishi keltirilgan. Ushbu kunlari tunda havo harorati ko‘p hududlarda +27…+30 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.

2−3 iyul kunlari ko‘plab viloyatlarda havo oqimlarining o‘rin almashish muddatlarida kuchli shamollar kuzatilishi, shamollar kuchayganda uning tezligi soniyasiga 22 metrgacha yetishi prognoz qilinmoqda. Bu kabi kuchli shamol esishi ayni davr uchun kuchli chang bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu kunlari joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma, shanba va yakshanba kunlari haqida gap ketganda, juma kuni shimolda haroratning sezilarli pasayib ketishi, boshqa viloyatlarda hafta davomidagi eng issiq kun bo‘lishi, poytaxtda havo harorati +44 darajagacha ko‘tarilishini, dam olish kunlari esa oldingi kunlarga nisbatan haroratning 6−8 darajagacha sezilarli pasayib ketishini taxmin qilish mumkin.

Juma, shanba va yakshanba kunlari harorat o‘zgarishi va yog‘ingarchiliklar ehtimoli to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlarini «O‘zgidromet»ning har kuni yangilanadigan qisqa muddatli ob-havo prognozlari orqali aniqroq bilib olish mumkin.

«O‘zgidromet»ning boshqa bir axboroti hamda Yevropa o‘rta va uzoq muddatli ob-havo prognoz markazi (ECMWF)ning prognozlariga ko‘ra, hafta (30 iyun — 6 iyul kunlari) davomida respublikaning aholi zich istiqomat qiluvchi hududlarida o‘tmish iyul oylari boshlariga nisbatan ancha yuqori harorat kuzatiladi. Ayniqsa, bu tog‘larda kuchli seziladi. Shimolliklar tungi biroz salqinlik va hafta so‘ngidagi salqinliklar sabab, iyulni biroz salqin kutib oladi. Yog‘ingarchilik bo‘yicha respublika hududlarida quruq ob-havo bo‘lishi ma’lum qilingan.

Harorat rejimi va tez o‘zgaruvchan ob-havo muhitining inson salomatligiga ta’siri

Joriy hafta boshidagi jazirama issiq kunlar kishilar salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, haftaning payshanba va juma kunlarida respublikaning juda katta qismida kutilayotgan +40 daraja va undan yuqori harorat foni qariyalar, qon bosimi kasalligi mavjud bemorlarga ta’sir etadi.

Boshni quyoshdan asrash kerak. Bu muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, odamni «oftob urishi» mumkin. Buning oqibatida tana haroratining ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va pulsning tezlashishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Jazirama kunlarda nima tanovul qilgan ma’qul? Ko‘p miqdorda suv ichish organizmning yaxshi ishlashiga va suv-tuz balansini me’yorlashtirishga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Shuningdek, issiq kunda yog‘li go‘sht mahsulotlari iste’molini kamaytirib, yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’molini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxshi singib, ichki a’zolar faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.

Tush payti, soat 12:00 va 16:00 oralig‘ida imkon qadar tashqariga chiqmagan ma’qul. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu kunlarda soat 10:00 dan 17:00 orasidagi muddatlarda quyosh nuri tik tushadigan joylarda harakatlanmaslikni targ‘ib etib, ogohlantirish xabari ulashgan.

Aholi zich istiqomat qiluvchi hududlarda payshanba va juma, shimoliy hududlarda esa chorshanba va payshanba kunlari kuzatiladigan yozgi jazirama vaqtida issiqlikning organizmga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi.

Chorshanba va payshanba kunlari shimolda, juma kuni O‘zbekistonning katta qismida kuchli shamollar kuzatilishidan oldin atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq «barik tubsizlik» hodisasining kuchsiz ko‘rinishi yuz berishi mumkin. Atmosfera bosimining keskin o‘zgarishiga moyil kishilar o‘z salomatligida o‘zgarishlar sezsa, avvalgi materiallardagi tavsiyalarga amal qilishlari maqsadga muvofiq.

Bioiqlimiy sharoitlar

Hafta o‘rtalari va juma kunduzgi muddatlarida, hatto chorshanbaga va payshanbaga o‘tar kechasi ham aholi juda issiq va dim havo bilan to‘qnash keladi. Hafta davomida bir tun bo‘lsa-da, respublika aholisi issiq va dim ob-havoga guvohi bo‘lishi mumkin.

Quyidagi bioiqlimiy kartalarda 3 va 4 iyul kunlari soat 17:00 holatiga Osiyo mamlakatlarining bir vaqtda issiqlikni his qilish darajasi aks ettirilgan. Unda payshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari, juma kuni Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatining aksar hududlari ekstremal issiqlik stresclarini qabul qilishi, boshqacha aytganda, ana shu vaqtda aksar o‘zbekistonliklar arab mamlakatlarining eng issiq hududlari, Pokiston, Afg‘oniston va Eronning ayrim hududlaridagi jaziramalar ostida yurganlar kabi issiqlik muhitini tanalarida his etishlari mumkinligi ko‘rsatilgan.

To‘q qizil rangli hududlar issiqlikni eng yuqori his qilayotgan hududlar bo‘lib, bunday rang bilan belgilangan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Manba: ECMWF

To‘q qizil rangli hududlar issiqlikni eng yuqori his qilayotgan hududlar bo‘lib, bunday rang bilan belgilangan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Manba: ECMWF

Qanday kiyinish kerak? Yoz kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan och rangli kiyimlar hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular terini nafas olishiga imkon yaratadi hamda tana haroratining ko‘tarilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bosh kiyim ham kiyib olish kerak.

Kosmik ta’sirlar

Yakshanbada kun davomida va dushanba tongida Quyosh dog‘larida M va X sinf kuchli chaqnashlar kuzatilmadi. O‘tgan dam olish kuni Quyosh fotosforesadagi sokinlik sababmi, dushanba-seshanba kunlari «yashil» xavf darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni qo‘zg‘alashlari prognoz qilinmoqda.

Manba: Xras.ru

Qozog‘istondagi Ionosfera instituti e’lon qilgan geomagnit bo‘roni prognozida ham dushanba va seshanba kunlari sayyora magnitosferasida «yashil» xavf darajasidagi magnit bo‘roni, chorshanba kunlari «sariq» (biroz xavfli) qo‘zg‘alishlari taxmin qilingan. Haftaning payshanba va juma kunlari esa «yashil» magnit bo‘roni xavfi prognoz qilingan.

Manba: Ionos.kz

Hozir dunyoda magnit bo‘ronlarini ikki kundan ortiq davr uchun ishonchli prognoz qila oladigan vosita va usullar mavjud emas. Shu bois magnit bo‘ronlariga ta’sirchan kishilar o‘z rejalarini yaqin ikki kunlik magnit bo‘roni prognozi ma’lumotlariga tayanib tuzishi maqsadga muvofiqdir.

Ob-havo o‘zgarishlari bilan bog‘liq atmosfera ifloslanishi

Joriy hafta o‘rtalarida va juma kuni O‘zbekistonda havo oqimlarining o‘rin almashinuvi sabab, kuchli shamol va chang to‘zon, chang bo‘ronlari ko‘tarilishi mumkin. Ushbu davrda havoda mayda RM 10 dispers zarrachalari qisqa muddatga ko‘payishi ehtimoli yuqori.

Boshqa kunlarda havoning tabiiy ravishda ifloslanishi uchun sharoit mavjud emas.

Bunday muhitda, zarurat tug‘ilganda, havoda mayda zarrachalar bilan bog‘liq ifloslanish ortganida qanday harakat qilish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi aholining turli yosh qatlamlari va bemorlar uchun tayyorlagan tavsiyalari bilan tanishib qo‘yish zarar qilmaydi.

Shunday qilib, 30 iyun — 6 iyul kunlari oralig‘ida kishilar salomatligiga kamroq xavf tug‘duruvchi iqlimiy va kosmik muhit dushanba va dam olish kunlari hisoblanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.