Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi Taxtaqoracha dovoni tunnelini qurish loyihasiga qiziqish bildirdi

Published

on


Poly Changa kompaniyasi Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurishi mumkin.

Foto: Transport vazirligi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning Poly Changa kompaniyasi bosh direktori Jyechun Myao bilan muzokara o‘tkazdi.

Tomonlar Kitob – Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo‘lini qayta qurish loyihasini muhokama qilib, loyihani tezroq amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Shuningdek, kompaniya tunnellar qurishdagi boy tajribasini ma’lum qilib, Taxtaqoracha dovonida yangi tunnel qurish loyihasiga qiziqish bildirgan.

Avvalroq, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari orasidagi Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurilishi haqida transport vaziri Ilhom Mahkamov parlament yig‘ilishida ma’lum qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tunnel uzunligi 7 kilometr bo‘ladi va qurilish davlat-xususiy sherikchiligi asosida amalga oshiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version