Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi «Pungon-Namangan» yo‘lini rekonstruksiya qiladi

Published

on


Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi 246 mln dollar evaziga «Pungon-Namangan» avtomobil yo‘lining 75 km qismini rekonstruksiya qiladi. Yo‘l to‘rt tasmali va beton qoplamali qilinib, 34 ta ko‘prik hamda 22 ta piyodalar o‘tish yo‘lagi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi 246 mln dollar evaziga «Pungon-Namangan» avtomobil yo‘lining 75 km qismini rekonstruksiya qiladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, amaldagi yo‘l ikki tasmali bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi eng tirband yo‘llardan biri hisoblanadi. Bu yerda ko‘p hollarda yirik yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ladi.

«Biz allaqachon Xitoyning yirik CITIC kompaniyasi bilan birgalikda yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlarini boshladik. Prezidentimiz qurilish ishlarini sifatli bajarish va loyihani o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha alohida topshiriq berdi», dedi Mahkamov.

Avvalroq Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kuniga 15 ming transport harakatlanadigan «Pungon-Namangan» yo‘lining 75 kilometri rekonstruksiya qilinishi ma’lum qilingandi. Bu yo‘l 246 million dollar hisobiga 4 tasmali, beton qoplamali qilib qurilishi, 34 ta ko‘prik, 22 ta piyodalar o‘tish joylari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.   



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version