Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy boyliklarni qazib olishda hamkorlikka qiziqish bildirdi

Published

on


Xitoy kompaniyasi bilan tabiiy boyliklarni qazib olishga kelishildi. Bundan avval ushbu kompaniya bilan Gonkongga aviaqatnov qo‘yish va aviatsiya akademiyasi masalalari muhokama etilgan edi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov “JDB Group Limited” kompaniyasi raisining o‘rinbosari Chan Man In bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar, yer qa’ri foydalanuvchilari va tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, kompaniya vakillari hududlarga tashrif buyurib, istiqbolli maydonlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Shu bilan birga, kompaniya vakillari bilan anglashuv memorandumi imzolanib, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilishga kelishildi.

Eslatamiz, 12 avgust kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “JDB Group Limited” kompaniyasi raisining o‘rinbosari bilan Gonkong va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish masalalarini muhokama qilgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version