Connect with us

Jamiyat

Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Published

on


O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayolni Birlashgan Arab Amirliklaridan chiqarib yuborishga erishdi.

Interpol Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida Interpol kanallari orqali xalqaro miqyosda qidiruv e’lon qilingan ayolni deportatsiya qilish masalasi hal etildi.

Samarali axborot almashinuvi va qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish natijasida, shuningdek, Interpol xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirlardagi ikki tomonlama uchrashuvlarda avvalgi kelishuvlar tufayli, jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Tezkor tadbirlar natijasida qidiruvdagi M.K.ning iziga tushildi va uning Birlashgan Arab Amirliklari hududida ekanligi tasdiqlandi.

BAA vakolatli organlarining ijobiy qaroridan so‘ng, jinoyatchi ayol Amirliklar migratsiya politsiyasi xodimlari kuzatuvida deportatsiya qilindi va Toshkent xalqaro aeroportida javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Jurnalistlar uyushmasi rahbari o‘zgardi

Published

on


Shuhrat Orif Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Orif — 1981 yili Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

“Men asli odammas, yor edim”, “Shom tovushi” kitoblari nashr etilgan.

15-Xalqaro turkiy she’riyat festivali ishtirokchisi (Turkiya, 2022 yil).
“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Tayinlovga qadar Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Xolmurod Salimov Uyushma raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. U Olim O‘sarov administratsiyaga o‘tgandan keyin v.b. sifatida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, vazirlikning yetakchi mutaxassisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Yuk mashina boshqarishimga ko‘pchilik ishonmaydi” – oltiariqlik gulchi ayol

Published

on


Nazira opa Qambarova Oltiariq tumanining Povulg‘on qishlog‘idan. U yuk mashinasida issiqxonada yetishtirgan gullarni atrofdagi bozorlarga tarqatadi. Gulchi opa ishi yurishib ketganidan Rossiyada muhojirlikda yurgan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini yoniga chaqirib oldi.

Gulchi opa tomorqasida qad rostlagan 2 sotix issiqxonada 10 xildan ortiq gul parvarishlaydi. Uning yuk mashina boshqarishi ko‘pchilikni hayratga soladi:

“Aslida gulchilik bilan shug‘ullansangiz, zerikmaysiz. Zerikib qolsam, issiqxona ichida musiqani qo‘yib, raqs tushib olaman-da, yana ishimni davom ettiraveraman. Gullar beparvolikni yoqtirmaydi. Ularga doim mehr berib turish kerak. O‘zimning asl soham hamshiralik. Gulchilik qo‘shimcha ish. Yetishtirgan gullarimning hammasini ham uyda sota olmayman.

Gullarni “Ford”ga yuklab, atrofdagi bozorlarga tarqataman. Ayol kishi bo‘lsam ham yuk mashinasini yaxshi boshqara olaman. Yo‘lda “GAI”lar to‘xtatishadi. Boshqaruvda ayol kishi o‘tirganini ko‘rib hayron bo‘lishadi. “Ayollarda ichkilik bo‘lmaydi. Qoidani yaxshi bilamiz. 50-60 tezlikdan o‘tmayman. Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib yuraman”, desam, “opa, gazini bosing”, deyishib, hurmatimni joyiga qo‘yib, oq yo‘l tilashadi. Dastlab “Ford” haydab mashina boshqarishni o‘rganganman. Uni boshqarish men uchun juda oson.

Ishimdan doim zavqlanaman. 55 yoshga kirdim. Lekin hali ortga chekinish yo‘q. Endi bundan-da katta mashinalar boshqarib, jahon bozorlariga o‘zim yetishtirgan gullarni olib borish niyatim bor.

95 yoshga kirgan keksa qaynotam biz uchun davlat. Barakamiz, rizqimiz, yutug‘imiz ham shu otaxonning duosi bilan. Qaynotam menga doim dalda berib turadi”, deydi Nazira opa Qambarova.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

Published

on


Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etdi.

«Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz», – dedi davlatimiz rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

endilikda suvdan oqilona foydalanish kuchaytiriladi

Published

on


2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘orishda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Aholining suvni asrashdagi befarqligi va uni isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yib berilayotgan bir zamonda bu qarorning qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu hujjatning ijrosi orqali mamlakat hududidagi mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga erishiladi.

Qarorga muvofiq, suv  xo‘jaligi  vazirligi tizimidagi suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish nazarda tutilgan. Ya’ni, yiliga o‘rtacha 206 mln metr kub suv resurslarini hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilinadi,  sug‘oriladigan 159 ming gektar yerlarning suv ta’minotini yaxshilanadi.

2026 yil davomida kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari uchun 480 mlrd so‘m, suv tanqisligining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar uchun 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Ushbu amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, suv tanqisligi sharoitida resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga erishiladi.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.