Connect with us

Iqtisodiyot

vaziyat xavotirli darajaga yetdi. Sabablar nima?

Published

on


O‘zbekistonning “eng boy” va “eng kambag‘al” hududlari o‘rtasidagi daromadlar farqi 3,6 barobarga yetdi. Bu – vaziyat “sog‘lom va tabiiy” tafovut darajasidan chiqib, tashvishli bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi. Xo‘sh, bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

Hududlar kesimida daromadlarning o‘sishi

2018 yildan 2025 yilgacha – 7 yil ichida Toshkent shahrida aholi jon boshiga umumiy daromadlar nominal hisobda 4,5 barobarga yoki 16,2 mln so‘mdan 73,9 mln so‘mgacha ko‘paygan. Bu davrda respublikaning boshqa hech bir hududida 4 barobar o‘sish kuzatilmagan. Poytaxtdan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan – 3,6 barobar. Eng kichik o‘sish Jizzax viloyatida kuzatilgan – 2,9 barobar.

Agar 2018 yilda Toshkent shahrida jon boshiga umumiy daromadlar keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega Navoiy viloyatidan 16,5 foizga ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilning yakunida bu ko‘rsatkich qariyb 40 foizga yetgan.

Shuningdek, “eng boy” va “eng kambag‘al” hududlar o‘rtasidagi tafovut ham sezilarli kengayganini ko‘rish mumkin:


2018 yil: 2,6 barobar farq (Toshkent shahri – 16,2 mln /“eng kambag‘al” hudud – 6,3 mln so‘m);
2020 yil: 2,7 barobar (Toshkent – 23,5 mln /“eng kambag‘al” hudud – 8,7 mln so‘m);
2023 yil: 3 barobar (Toshkent – 44,4 mln / “eng kambag‘al” hudud – 14,6 mln so‘m;
2025 yil: 3,6 barobar (Toshkent – 73,9 mln / “eng kambag‘al” hudud – 20,6 mln so‘m).

Oyliklardagi farqlar

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mni bo‘ldi. E’tiborli jihati, faqatgina ikkita ma’muriy hudud – Toshkent shahri (10,7 mln so‘m) va Navoiy viloyatida (7,8 mln so‘m) nominal ish haqining miqdori respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori.

Ish haqining hududlarda turli xil darajada oshishi ortidan bu borada ham tengsizlik kattalashyapti. Masalan, 2021–2025 yillarda eng ko‘p va eng kam o‘rtacha oylik to‘lanuvchi hududlardagi tafovutlar:


2021 yil: 2,03 barobar (Toshkent / Surxondaryo);
2022 yil: 2,17 barobar (Toshkent / Samarqand);
2023 yil: 2,25 barobar (Toshkent / Namangan);
2024 yil: 2,5 barobar (Toshkent / Qashqadaryo);
2024 yil: 2,4 barobar (Toshkent / Qashqadaryo);

Daromadlar kesimidagi katta farq tabiiy holatmi?

Poytaxt tobora urbanizatsiyalashayotganini hisobga olganda, daromadlar o‘rtasida tafovutning bo‘lishi – normal holat. Shaharlar bugungi zamonaviy dunyoning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy markazlari bo‘lib, ular odamlar, ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish uchun zarur resurslarni bir joyga jamlaydi

Iqtisodiyotda “Aglomeratsiya effekti” degan jarayon bor. Bunda aholi va iqtisodiy faoliyatning yirik shaharlarda to‘planishi natijasida paydo bo‘ladigan samaradorlik ortishi tushuniladi. Yirik shaharlar iqtisodiyoti “masshtab samarasi” orqali ustunliklarga ega bo‘ladi: kompaniyalar va bozorlar yaqin joylashgani tufayli tranzaksiya xarajatlari pasayadi, ko‘plab malakali kadrlar jamlanishi fonida mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi, innovatsiyalar va g‘oyalar tez tarqaladi.

Shuningdek, markazda yuqori ish haqi to‘lanadigan sektorlarda (masalan, banklar, IT, konsalting) ishlovchilar ulushi ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu jihatdan, yirik shaharlarda ish haqi darajasi va daromadlar chekkaroq hududlarga nisbatan baland bo‘lishi tabiiy. Deyarli hamma davlatlarda bu tendensiya mavjud.

O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘lishi mumkin, xalqaro amaliyotda “sog‘lom” nisbat qanaqa? Rivojlangan davlatlarda eng boy va eng kambag‘al hududlardagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad farqi odatda 1,5–2 barobar atrofida bo‘ladi. Davlat soliq va subsidiya siyosati orqali buni muvozanatda ushlab turishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich 3 barobargacha yetishi mumkin. Bu – o‘tish davri uchun qabul qilinadigan chegara hisoblanadi. Undan yuqori ko‘rsatkich esa hududlararo tengsizlik me’yoridan oshganini hamda istiqbolda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Umuman olganda, O‘zbekiston misolida muammo farqning mavjudligida emas, balki oxirgi yillarda kengayib ketganida. Viloyatlar poytaxtga yaqinlashmayapti, balki orqada qolishda davom etyapti; o‘sish inklyuziv emas, tobora markazga jamlanyapti. Oqibatda mahalliy bozorlar va o‘rta sinf shakllanmaydi, davlat xarajatlarining samaradorligi ham pasayib boraveradi.

Poytaxtga yo‘nalgan ichki migratsiya

Daromadlar o‘rtasidagi farqning kattaligi ishchi kuchining ham markazlashishiga olib kelayotgan bo‘lishi mumkin. 2025 yilda O‘zbekistondagi 14 ta hududga xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan jami 252,8 ming nafar odam ko‘chib kelgan. Shundan 1159 nafari xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar, qolgani – ichki migratsiya.

Bu tendensiyaning e’tiborni tortadigan jihati shundaki, Toshkent shahri (89,5 ming) va Toshkent viloyatiga (31,2 ming) ko‘chib kelganlar soni 121 mingdan oshadi va umumiy ko‘chib kelganlarning 48 foizini tashkil qiladi. Bu – keyingi eng ko‘p ko‘rsatkichli hudud Farg‘ona viloyatinikidan (13 362 kishi) 7,5 barobarga ortiq. Alohida olganda esa Toshkent shahriniki 6 barobar, Toshkent viloyatiniki 2 barobarga ko‘p.

Albatta, odamlarning shaharlarga ko‘chib kelishi va ishga yollanishi taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Ishchi kuchi oqimi o‘sayotgan shaharlarni arzon mehnat resurslari bilan, xizmat ko‘rsatish sohasini iste’molchilar bilan ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida shahar kengayib, rivojlanib borishiga sabab bo‘ladi. Jahon tajribasida ham Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat inqilobidan so‘ng bu jarayon faollashgani hamda Tokio, Dehli, San-Paulu kabi megashaharlar vujudga kelganini ko‘rish mumkin.

Nega hududlarda ishsizlik darajasi oshib boryapti?

Birinchidan, uzoq yillar davomida O‘zbekiston hududlarida aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi sektorida mehnat qilib kelgan. Ayni paytda bu tarmoqda ishchi kuchiga talab qisqarib boryapti. Bu – qishloq xo‘jaligining texnik bazasi rivojlanib borayotgani bilan bog‘liq. Rivojlangan davlatlarda ushbu sektorda mehnat qiluvchilar umumiy ishchilarning 5 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi. O‘zbekistonda ham bu miqdor yildan yilga pasayib boryapti va ishchilarning bir qismi o‘ziga boshqa daromad manbayi topishga majbur bo‘lyapti.

Masalan, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2017 yilda 32,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilda 17,3 foizgacha qisqargan. Bu jarayonning asosiy sababi shundaki, qishloq xo‘jaligi tobora kam mehnat talab qiladigan sohaga aylanmoqda, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish esa asosan shaharlarda jamlanyapti.

Ikkinchidan, suv bilan bog‘liq taqchillik yildan yilga og‘irlashib boryapti. Hududlarda ikkinchi ekindan olinadigan daromad uy xo‘jaliklari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Narxlarning arzonligi va xarajatlarning qoplanmasligi dehqonchilik bilan shug‘ullanishning iqtisodiy jozibasini kamaytirib yubordi. Buning natijasida oddiy kundalik ehtiyoj mahsulotlariga bo‘lgan talab ham import hisobiga qoplanyapti. Bozorlarda Pokiston kartoshkasi, Polsha olmasi, Turkmaniston pomidori, Argentina limoni ko‘payib qolgani bejiz emas.

Shuningdek, yaylovlar sifatining yomonlashuvi va kasalliklar tufayli chorva soni ham qisqarib boryapti.

Uchinchidan, O‘zbekiston aholisi tinimsiz o‘sib boryapti. Mehnat bozoriga har yili 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelyapti, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich yanada ortib boraveradi. Bunday sharoitda rivojlanayotgan mamlakat uchun aholining bandligini ta’minlash juda ham qiyin. Ayniqsa, hududlarda ish o‘rinlari diversifikatsiyalashmagan.

Nega bunday bo‘lyapti?

Potensial investor yoki mahalliy tadbirkorlar uchun aholi zichroq yashaydigan, nisbatan ishchi kuchi arzon hududlarda ishlab chiqarish yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yaxshiroq. Ammo infrastrukturaning yaxshi emasligi – yangi ish o‘rinlarining asosan poytaxt va unga tutash hududlarda yaratilishiga olib kelyapti. Natijada Toshkentda o‘rtacha oyliklar respublikaning qolgan qismlariga nisbatan tezroq o‘sayotgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, viloyatlarda nisbatan kam oylik to‘lanadigan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib boradigan mehnatkashlar umumiy ishchi kuchining katta qismini tashkil etadi. O‘rtacha maoshlarning oshishi asosan shundoq ham yuqoriroq oylik to‘lanadigan sektorlarda yuz berayotgani sohalar va hududlar o‘rtasidagi mavjud tengsizlikni yanada kattalashtiryapti. Masalan, oxirgi 4 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasida ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha maoshi 2,1 barobarga ko‘paydi va 2025 yil yakunlariga ko‘ra, 2,8 mln so‘mni tashkil etyapti. Maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha oyligi esa bu davrda 2,1 barobarga ko‘payib, 4,3 mln so‘mga yaqinlashgan. Shu bilan birga, qayta sug‘urtalash sohasida ishlovchilarning maoshi 2,8 barobarga oshib, 22,3 mln so‘mga yetgan. Sug‘urta sohasida ishlaydigan xodim bog‘chada ishlaydigan tarbiyachidan qariyb 8 barobar ko‘proq daromad topyapti.

Noteng soliq imtiyozlari

Insonlar o‘z biznesini boshlashi, nochor korxonalar yoki chekka hududlar “oyoqqa turib olishi” va yangi bozorlarga kirishi uchun ba’zan yordam kerak. Bu yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishi va aholi daromadlari oshishiga xizmat qiladi. Ayrim holatlarda mamlakatlar chekka hududlarni rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari beradi.

Masalan, O‘zbekistonda 2024 yilning 10 oyida soliq to‘lovchilar 20 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalangan va shundan 7 trln 319 mlrd so‘mi yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar foydalangan imtiyoz miqdori – 12,8 trln so‘m.

E’tiborli tomoni, soliq imtiyozlarining 46 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Xorazm va Andijonning ulushi esa 3,5 foizdan oshmaydi. 2024 yilning to‘liq davri va 2025 yilda bu ko‘rsatkich qanday o‘zgargani bo‘yicha Soliq qo‘mitasi ma’lumotlarni ochiqlamagan. Oxirgi e’lon qilingan mavjud raqamlardan kelib chiqilsa, soliq imtiyozlari shundoq ham hududlar kesimida mavjud bo‘lgan daromadlar tengsizligini yanada oshirishga xizmat qilayotgan bo‘lishi mumkin.

O‘rtacha toshkentlikning umumiy daromadlari o‘rtacha namanganliknikidan 3,5 barobar, o‘rtacha surxondaryoliknikidan 3,3 barobar, o‘rtacha samarqandliknikidan 3 barobarga ko‘p. Ya’ni o‘rtacha olib qaraganda daromadi boshqa hududlardan karrasiga yuqori bo‘lgan hudud eng ko‘p imtiyozlardan foydalanyapti. Aholi soni jihatidan ham Toshkentning doimiy aholisi respublika umumiy aholisining 8,3 foizini tashkil etadi, xolos. Ammo soliq imtiyozlarining 46 foizi aynan shu hudud hissasiga to‘g‘ri keladi.

Pul o‘tkazmalariga bog‘liqlik

O‘zbekistonda aholi daromadlarining shakllanishida xorijdan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari juda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xususan, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha uchta hududda aholi daromadlarining 30 foizdan ko‘proq qismi, yana beshta hududda esa 20 foizdan ko‘proq qismi aynan tashqaridan kelib tushgan o‘tkazmalar hisobiga shakllangan. Mazkur ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan ham.

Bu esa o‘zbek migrantlari ishlaydigan mamlakatlarda talablarning qattiqlashtirilishi, ish o‘rinlarining qisqarishi, migratsion siyosatda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga hududlardagi uy xo‘jaliklarining ta’sirchan ekanini ko‘rsatadi. Xorijdan pul yuborishning oshishi yoki kamayishi odamlarning nisbiy boyishi yoki kambag‘allashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak?

Yuqorida odamlarning shaharlarga ko‘chib kelishi va ishga yollanishi taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgani, bu tabiiy jarayon ekanini ta’kidlab o‘tgandik. Ammo ichki migratsiya oqimining uzluksiz va faqat bir tomonga yo‘nalgani – xavotirli holat.

Masalan, viloyatlardan Toshkentga kelayotgan aholi shahardagi xizmat ko‘rsatish, qurilish, transport xizmati kabi sohalar uchun arzon ishchi kuchi bo‘lishi narx-navoni mo‘’tadillashtirish uchun yaxshi imkon yaratadi. Ya’ni qurilish materiallari yoki yoqilg‘i narxlari qimmatlashayotgan bir vaqtda, mehnatning arzonligi sektorlarga barqaror investitsiya oqimini ta’minlaydi. Biroq 13 ta hududdan faqat Toshkentga ishchilarning kelishi taklifning me’yoridan oshishiga va mehnatga haq to‘lashning boshqa iste’mol tovarlariga nisbatan korreksiyasi buzilishiga sabab bo‘ladi. Xususan, aynan ko‘chib keladigan insonlar ko‘proq ehtiyoj sezadigan xizmatlar, jumladan, shaxsiy uylar, ko‘chib kelib ishlayotganlar uchun ijara kvartiralari narxi oxirgi yillarda o‘zining haqiqiy bozor qiymatiga nisbatan keskin oshib, sun’iy “pufak”ni vujudga keltirdi. Toshkentda eng serdaromad bizneslardan biri qurilish sohasi ekani ham bejiz emas. Natijada boshpana va shunga o‘xshash xizmat narxlarining qimmatligi ortidan hududlardan kelib ishlovchilar topgan umumiy daromadining sezilarli qismini yo‘qotyapti.

Muammoni yumshatish uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda viloyatlarda ham poytaxt bilan raqobatlasha oladigan infratuzilma (issiq suv, sovuq suv, elektr va gaz ta’minoti, transport tizimi, tibbiy xizmat, o‘rta va oliy ta’lim)ni rivojlantirish tobora zaruratga aylanib boryapti. Agar investor Qashqadaryoda ham Toshkentdagidek elektr ta’minoti va transport imkoniyatlari borligini ko‘rsa, mulk huquqi kafolatlansa, u yerda zavod qurishdan cho‘chimaydi.

Xalqaro tajribada, ayniqsa Yevropa Ittifoqida, rivojlanmagan mintaqalarni ko‘priklar, yo‘llar, aeroportlar va texnoparklar qurish orqali “bog‘lash” yaxshi samara bergan. Potensial investorlar raqobat yuqori poytaxtga kelishga majbur bo‘lmasdan, hududlardagi loyihalarga pul kiritishi ko‘paytirsa, ish o‘rni viloyatda shakllanadi; ishchilarning bir qismi viloyatda ishga yollanadi; ishchilarning tarqalishi oqibatida ular sonining kamayishi mehnat taklifini qisqartiradi; mehnat bozorida taklifning kamayishi mehnatning qiymatini oshiradi.

Iqtisodiyotda keng ko‘lamli pul aylanishi boshlanishi ortidan esa, hududlar va sohalar kesimidagi tengsizlik qisqarib boradi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Soliqdan qarzi bor kambag‘al aholining svetga to‘lov imkoniyati cheklanmaydi

Published

on


16 apreldan Namangan viloyatida boshlanadigan eksperiment nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar va boshqa imtiyozli toifalar uchun qo‘llanilmaydi, deya ma’lum qildi Soliq qo‘mitasi. Qo‘mita, shuningdek, “abonent hisobida pul bo‘lsa ham svet o‘chaveradi” degan talqinni rad etdi.

Avval xabar berilganidek, 16 apreldan boshlab Namangan viloyatida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan qarzdorlikni undirish uchun eksperiment tariqasida elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanib ko‘riladi.

Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “svet uchun balansda pul bo‘lsa ham, svet o‘chiriladi” degan mazmundagi talqinni rad etdi.

Qo‘mitaga ko‘ra, soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan jismoniy shaxslar “bir necha bosqichda ogohlantirilgandan keyin ham qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda”, elektr energiyasi o‘chirilmaydi, balki elektr uchun to‘lov qilishga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Cheklov aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi toifalariga qo‘llanilmaydi:


nogironligi bo‘lgan shaxslar (1 va 2-guruh);
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar;
qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozli toifalar.

“Namangan viloyatida bugungi kunda 1 mln so‘mdan yuqori qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslar soni 45,8 ming nafarni tashkil etadi. Bu esa jami 531,2 ming nafar soliq to‘lovchining 8 foizidir”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Ulardan qanchasi yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozli toifalarga kirmasligi xabarda keltirilmagan.

Mazkur tizim 16 apreldan eksperiment tariqasida Namangan viloyatida yo‘lga qo‘yiladi. Eksperiment natijalaridan kelib chiqib mazkur tajribani boshqa hududlarda joriy etish yoki etmaslik yuzasidan 2026 yil 1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi. Ya’ni elektr energiyasining billing tizimi mexanizmi to‘g‘ridan to‘g‘ri barcha hududlarda joriy etilmaydi.

Soliq qo‘mitasining eslatishicha, jismoniy shaxslarning 1 mln so‘mdan yuqori soliq qarzdorligi qonunchilikka muvofiq sud tartibida undirilishi ham mumkin, lekin bu qo‘shimcha davlat boji va ijro yig‘imlariga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yildan boshlab barcha hududlarda chiqindi qarzdorligi uchun abonentning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklab qo‘yish yo‘lga qo‘yilgan edi.

2026 yil 1 iyuldan e’tiboran esa, “kvartplata”ni har oyning 15-sanasigacha to‘lamagan mulkdorlar ham elektr energiyasiga to‘lov qilolmay qoladi.

Qayd etish lozim, chiqindi qarzdorligini elektr to‘loviga bog‘lash – qonun orqali yo‘lga qo‘yilgan edi. Soliq va “kvartplata” bo‘yicha qarzlarni ham shu mexanizm orqali undirish masalasi hozircha qonunlarga kiritilmagan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi

Published

on


O‘zbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish va energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri Buxoro viloyatida 75 million dollarlik loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Xitoyning Soltenia Technology Introduction (STI) kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Xao Jui bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida mamlakatda quyosh issiqlik energiyasi va zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, STI kompaniyasi ushbu yo‘nalishda dunyodagi yetakchi tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Xitoy tomoni Buxoro viloyatida sanoat parki uchun integratsiyalashgan issiqlik va fotoelektrik “yashil” energiya tizimini barpo etishga qiziqish bildirib, mazkur loyihaning umumiy qiymati 75 million AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondagi sanoat korxonalari va obektlarini quyosh energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan, qiymati 50 million dollarlik yana bir loyihani ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu tashabbuslar mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash, energiya samaradorligini oshirish va hududlarning energetik mustaqilligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

07:15 Agrar yerlar geografiyasi: qaysi davlatlar yetakchi?

Published

on



07:15

Agrar yerlar geografiyasi: qaysi davlatlar yetakchi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

ertadan dollar kursi yana oshadi

Published

on


Markaziy bank 2025-yil 18-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 124,53 so‘mga oshdi va 13 968,98 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 175,25 so‘m (+156,80).

Rossiya rubli 147,99 so‘m etib belgilandi (-1,17). 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

payme’dagi «Keyinroq to‘lash» xizmati nima va u qachon kerak bo‘lishi mumkin?

Published

on


Ba’zida xarid yoki xizmat uchun hoziroq to‘lov qilish kerak bo‘ladi, lekin mablag‘ biroz keyinroq tushishi aniq. Shunday vaziyatlar uchun payme ilovasida “Keyinroq to‘lash” xizmati mavjud. U qanday ishlashi va qaysi paytlarda asqotishini tushuntiramiz.

Bu qanday xizmat?

“Keyinroq to‘lash” — bu payme ilovasidagi xizmat bo‘lib, u to‘lov vaqtida kartangizda mablag‘ bo‘lmasa ham to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

Xarid haqi darhol to‘lanadi. Sarflangan summani 10 kun ichida qaytarish lozim. Agar ushbu muddatga amal qilinsa, to‘lov summasi oshmaydi. 11-kundan boshlab esa to‘lov summasidan kelib chiqib, xizmat uchun haq hisoblanadi.

Eng muhimi, qo‘shimcha sozlamalarni amalga oshirish shart emas. To‘lov paytida shunchaki “Keyinroq to‘lash” tugmasini bosish kifoya — to‘lov darhol o‘tadi, ilovada esa qaytarilishi kerak bo‘lgan summa va muddat ko‘rinib turadi.

Bu qachon qulay bo‘lishi mumkin:


Kutilmagan vaziyatlar. Masalan, oylik kechiksa yoki karta vaqtincha ishlamay qolsayu, xaridni aynan hozir amalga oshirish kerak bo‘lsa. Hech kimdan qarz so‘rab o‘tirmasdan, “Keyinroq to‘lash” xizmatidan foydalanib to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Hamma pullar naqd bo‘lganda. Internet, mobil aloqa yoki TV uchun to‘lov qilish kerak, ammo kartada pul yo‘q. Bunday holda ushbu xizmat orqali to‘lov qilsa bo‘ladi.
Kutilmagan xarajatlar. Kafedagi hisob kutilganidan ko‘proq chiqsa yoki do‘stlar bilan uchrashuvga to‘satdan taklif tushib qolsa, servis orqali to‘lov qilib, mablag‘ni keyinroq qaytarish mumkin.

Ushbu xizmat hamkor — “TBC BNPL” ” MChJ tomonidan taqdim etiladi. Xizmat haqida batafsil ma’lumot bilan payme saytida tanishish mumkin.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.