Iqtisodiyot
Valyutalarning yangi qiymatlari e’lon qilindi
Markaziy bank 2025-yil 4-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari kursi 7,13 so‘mga oshib, 12 897,20 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 48,68 so‘mga oshdi va 13 449,20 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 287,87 so‘m (+51,54).
Rossiya rubli 144,65 so‘m etib belgilandi (-1,81).
Qozog‘iston tengesi 25,82 so‘m bo‘ldi (-0,01).
Iqtisodiyot
“Hech bir vazir, hokim, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev
O‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqani, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilingan choralar sababli kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushdi.
“Bularning barchasi – islohotlarimiz samarasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonch tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat.
Lekin hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Biz 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha katta vazifalarni belgilab oldik.
Chunki mahalla bu – islohot qayerda ishlayotganini ham, qayerda to‘xtayotganini ham aniq ko‘rsatadigan joy. Mahallada ishsiz odam va kambag‘al oila saqlanib qolgan bo‘lsa, demak, islohot o‘sha yerga yetib bormagan. “Yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti.
Hech bir vazir, viloyat, tuman hokimi, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yo‘q. Imkoniyat va mablag‘ bor, qaror va dastur bor. Yetishmayotgan narsa – mas’uliyat, shaxsiy javobgarlik”, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetishmayotgani, mas’ul vazirlik va idoralar esa ularga ko‘maklashmayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Arnasoyda chorvachilik, Sho‘rchida banan yetishtirish, Quvada anorchilik, Bo‘stonliqda asalarichilik bo‘yicha aholi va tadbirkorlar yaratgan tajribalar shunday ixtisoslashuvga ega boshqa tumanlar uchun yaxshi namuna bo‘la olishi, lekin bundan unumli foydalanilmayotgani qayd etildi.
“Bunday tajribalar hamma joyda bor. Lekin ularni o‘rgatib, qamrovini kengaytiradigan tizim yo‘q!”
– dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilarga bir oyda ishsizlik va kambag‘allik yuqori mahallalardagi imkoniyatlarni o‘rganib, ularga eng yaxshi tajribalarni olib kirish bo‘yicha “metodik qo‘llanma” qilib berish topshirildi. Hokimlar esa joylarda buning ijrosini tashkil etib, odamlarni ishli qilish, daromadini ko‘paytirish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga mas’ul va javobgar bo‘ladi.
“Umuman, bu yil har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan bog‘lanadi, qabul qilinadigan qarorlarda ham mahallada nima o‘zgarishi nazarda tutiladi”, – dedi Prezidentimiz.
1 million aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobar oshirib, 3,5 mingga yetkazish, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish joriy yil uchun vazifa etib belgilandi.
Iqtisodiyot
Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda tashqi savdo aylanmasi 20,7 foizga oshgan. Savdo sheriklari orasida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yuqori ulushni saqlab qolgan.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 13,9 mlrd dollarga yoki 20,7 foizga oshgan.
Yil yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi tarkibida: eksport — 33,8 mlrd dollar (+24 foiz), import — 47,4 mlrd dollar (+18,5 foiz)ni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda.
Tashqi savdoda eng yuqori ulush quyidagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Xitoy — 21,2 foiz;
Rossiya — 16,0 foiz;
Qozog‘iston — 6,1 foiz;
Turkiya — 3,7 foiz;
Koreya Respublikasi — 2,1 foiz.
Iqtisodiyot
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 29,1 mln so‘mni tashkil etdi
2025 yilda mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga o‘sgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich esa 29,1 mln so‘mni tashkil etgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda jami 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 6,8 foizga yuqori ekani qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 29,1 mln so‘mni tashkil etgan. Bu esa hududlarda ishlab chiqarish salohiyatining bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan.
Sanoat korxonalari sonining ortishi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiyot
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
Qozog‘istonning Tribune nashri O‘zbekiston prezidenti boshchiligida TIV va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati muhokama qilingan yig‘ilish haqida maqola e’lon qildi. Materialda 2025 yilda tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 mlrd dollardan oshgani, 2026 yil uchun esa eksportni 40 mlrd dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgani qayd etilgan.
Qozog‘istonning Tribune nashrida O‘zbekiston prezidenti boshchiligida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Materialda yozilishicha, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 milliard dollardan oshgan. Yil yakunlariga ko‘ra, eksport hajmi 33,5 milliard dollarga yetgan, xorijiy investitsiyalar oqimi esa 43 milliard dollardan ortgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi xalqaro tashriflar, muzokaralar va iqtisodiy forumlar davomida umumiy qiymati 160 milliard dollarlik kelishuvlar imzolangan. Shuningdek, eksport geografiyasi kengayib, O‘zbekiston mahsulotlarini 75 ta davlatga yetkazib berish qariyb 4,5 milliard dollarga oshgan.
Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy diplomatiyaning yanada amaliy modeliga o‘tishini ma’lum qilgan. Elchilar faoliyati uchun asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida ular ish olib borayotgan mamlakatlardan eksportni oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va fuqarolarni chet elda qonuniy ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlar belgilanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda yengil sanoatni rivojlantirish va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining AQSh, Turkiya, BAA, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan. Tribune yozishicha, mazkur mamlakatlarda to‘qimachilik mahsulotlari importining umumiy hajmi 90 milliard dollarga baholanmoqda.
Shu bilan birga, kamida 15 ta xorijiy kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohadagi 100 ta korxonada Better Work, BCI va Organic standartlarini joriy etish vazifasi qo‘yilgan. Viloyat hokimlariga elchixonalar bilan hamkorlikda 500 ta yirik to‘qimachilik eksportyorlari mahsulotlari namunalarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga joylashtirish topshirilgan.
Materialda 2026 yil uchun yangi maqsadli ko‘rsatkichlar ham keltirilgan: eksport hajmini 40 milliard dollarga yetkazish va 50 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish. Elchilarga hududlarning raqobat ustunliklarini tahlil qilish va asosiy e’tiborni investorlar, texnologiyalar hamda yangi bozorlarni jalb etishga qaratish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, Tribune’ga ko‘ra, O‘zbekistonning AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchixonalariga O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun dunyoning eng yaxshi 100 talik reytingidagi universitetlarni jalb qilish choralarini ko‘rish topshirilgan.
Iqtisodiyot
O‘tgan yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81 mlrd dollardan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,9 mlrd AQSh dollariga yoki 20,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport – 33,8 mlrd (+24 %)
Import – 47,4 mlrd (+18,5 %) AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (21,2 %), Rossiya (16,0 %), Qozog‘iston (6,1 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.
-
Dunyodan2 days agoPrezident Tramp Grenlandiya vaziriga: “Biz amerikalik boʻlishni xohlamaymiz” dedi va dunyo yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni olqishlaydi, birlik va hududiy yaxlitlikni qoʻllab-quvvatlaydi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev “Davlat tili” haqidagi qonunni oʻzgartirish uchun parlamentga qaytarib yubordi
-
Iqtisodiyot3 days agoAyrim xomashyo import boji “nol” stavkada 2027 yilgacha uzaytirildi
-
Dunyodan4 days agoPrezident Tramp Tinchlik kengashiga aʼzolik uchun pul toʻlamoqchi.
-
Iqtisodiyot5 days agoMasdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
-
Jamiyat3 days agoToshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
-
Mahalliy5 days agoSanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlandi
