Siyosat
Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga özbekona ayvonlar uçun minnatdorlik bildirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan unga tuhfa qilingan özbek ayvonlari uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.
«Mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga tuhfa etilgan gözal özbek ayvonlari uçun Özbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Ötgan hafta özbek elçisi Furqat Sidiqov va Içki işlar vaziri Duglas Bergum iştirokida bölib ötgan ayvonlarning oçiliş marosimi vaqtida Marine One vertolyotida uşbu hudud uzra parvoz qiliş men uçun katta şaraf böldi. Ayvonlar haqiqatan ham hayratlanarli darajada gözal!
Özbek mohir hunarmandlari bir neça oy davomida Özbekistondagi oilalaridan uzoqda bölib, murakkab ob-havo şaroitida 200 yillik toğ yonğoği daraxtlari yoğoçidan uşbu ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etdilar. Ular çinakam isteʼdod sohiblaridir!
Uşbu tuhfani şaxsiy mulk sifatida saqlaş örniga, men bu gözal ayvonlarni keng jamoatçilikka taqdim etişga qaror qildim. Ular hozirda xavfsiz va gözal poytaxtimizda, Tidal Basin suv havzasi böyida, Tomas Jefferson va Jorj Vaşington yodgorliklari manzarasi oçiladigan joyda qad rostladi.
Bir yildan söng, Milliy Qahramonlar boği oçilgaç, uşbu ayvonlar turmuş quriş takliflarini bildiriş, diplomatik qabullar ötkaziş, sakura gullaşi festivali davomida fotosessiyalar taşkil etiş hamda Tidal Basin hududiga kundalik taşriflar uçun şaharning eng maşhur maskanlaridan biriga aylanadi.
Şuningdek, buyuk özbek hunarmandlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga ham öz minnatdorligimni bildirmoqçiman.
Biz Vaşingtonni har qaçongidan ham gözal şaharga aylantirmoqdamiz!»
Prezident DONALD J. TRAMP
Siyosat
bugungi islohotlarga hamohang dastur yaratiş yölida
O‘zLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumani, Buxoro viloyatining Buxoro şahri, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Xorazm viloyatining Xonqa tumani hamda Toşkent viloyatining Çirçiq şahri partiya taşkilotlari konferensiyalari ötkazildi.
Konferensiyalarda partiyaning amaldagi Siyosiy dasturini bugungi islohotlar va jamiyat ehtiyojlaridan kelib çiqib tubdan qayta körib çiqiş zarurati qayd etildi. Mamlakatimizda iqtisodiyot, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan özgarişlar partiya dasturida ham öz ifodasini topişi kerakligi taʼkidlandi.
Partiya faollari yangi dasturda aholi farovonligini oşiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, xususiy mulkni himoya qiliş, yoşlar va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirişga oid takliflarini bildirdilar.
Muloqotlar yakunida viloyat partiya Kengaşi konferensiyasiga delegatlar saylaş masalasi körib çiqildi.
Siyosat
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida investorlar va tadbirkorlar bilan uçraşuvda xalqaro aviaqatnovlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi.
Hozirda Özbekistondan dunyoning 102 ta şahriga töğridan-töğri xalqaro reyslar amalga oşirilmoqda. Biroq Avstraliya, Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan sayyohlar hali ham tranzit yönalişlar orqali kelmoqda.
Kelasi oydan Turkiyaning «Pegasus» aviakompaniyasi Buxoro, Termiz va Andijonga töğridan-töğri reyslarni yölga qöyişi maʼlum qilindi. «Turkish Airlines», «Etihad Airways» va «Flynas» kabi aviakompaniyalar ham yangi yönalişlarga qiziqiş bildirmoqda.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga «beşinçi havo erkinligi» rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş topşirildi.
Siyosat
Prezident davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Amman şahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forumiva boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Bölajak muzokaralar kun tartibidan Özbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almaşinuvlarini faollaştirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça bir qator hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Siyosat
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
Umid Mamadaminov Özbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori imzolangan.
Şu munosabat bilan Mamadaminov Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Umid Mamadaminov mazkur lavozimda 2026 yilning 24-iyunidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
-
Sport2 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Mahalliy2 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Sport2 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Jamiyat2 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Siyosat2 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Jamiyat2 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
-
Mahalliy2 days ago
jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?
-
Sport2 days ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
