Iqtisodiyot

Uzum kompaniyasining qiymati – 1,5 mlrd dollarga yetdi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaga 70 mln dollar sarmoya qilingan va buning natijasida butun ekotizim qiymati 30 foizga oshib, jami 1,5 mlrd dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich bilan Uzum davlat tarixidagi eng qiymatli kompaniyaga aylanmoqda.

Sarmoyadorlar VR Capital xalqaro jamg‘armasi, FinSight ventures venchur fondi hamda Xitoyning Tencent kompaniyalaridir. Masalan, FinSight ventures venchur fondi oldin ham Uzum ekotizimini moliyalashda qatnashgan edi. Xitoyning IT-giganti Tencent esa Markaziy Osiyo bo‘ylab birinchi sarmoyasini kiritgani e’lon qilingan. Ushbu kompaniya masalan, Epis Games, Spotify, Tesla, Nubank hamda Meituan, Reddit global brendlariga investitsiya qilgan.

Uzum’ga bu investitsiyalar fintex xizmatlari, xususan, Uzum bank va Uzum nasiya xizmatlarini rivojlantirish yo‘lida sarflanishi aytilmoqda. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayni paytda Uzum’dan foydalanuvchilar soni 17 milliondan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Uzum bu O‘zbekistondagi eng katta internet do‘koni va marketpleyslardan biri. 2023 yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, Instagram va Telegram’dan keyin o‘zbekistonliklar eng ko‘p Uzum ilovalarini yuklab olgan.

Uzum Market’dagi buyurtmalar soni 2024 yilda 2023 yildagiga qaraganda 3 baravarga oshdi. Tarqatish punktlari soni esa 2 baravar ko‘payib, 139 taga yetgan. Uzum Market marketpleysida buyurtmalarning 55 foizidan ortig‘i muddatli to‘lovga olinadi. Xo‘sh, siz Uzum’ga qanchalik ishonasiz, hozirgacha nimalar sotib oldingiz? Uzum’dagi tovarlar sifati sizga ma’qulmi? Fikrlaringizni izohda qoldiring hamda shunday videolarni o‘tkazib yubormaslik uchun Business Kun.uz sahifasiga obuna bo‘lib qo‘ying.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version