Iqtisodiyot

Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha mablag‘ kerak?

Published

on


Toshkentda 4 kishilik oilaning bir oy farovon yashashi uchun 23 mln so‘m, bir kishi uchun esa qariyb 6,5 mln so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. O‘zbekiston poytaxtida arzon restoranda ovqatlanish 60 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 450 ming so‘mga baholangan. Xalqaro darajadagi xususiy maktabda 1 nafar bolani o‘qitishning yillik o‘rtacha narxi 123 mln so‘mdan oshadi.

Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazasidan biri – Numbeo Toshkentda qancha mablag‘ evaziga farovon yashash mumkinligini ma’lum qildi. Onlayn bazaning taxminiy hisoblashlariga ko‘ra, poytaxtda 4 kishi bo‘lib yashaydigan oilalar ijara to‘lamasdan oyiga 23 mln 43 ming so‘m sarflab yaxshi yashashi mumkin. Bir kishi uchun bu narx 6 mln 440 ming so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Toshkentda 1 kishi uchun arzon restoranda ovqatlanish 60 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 450 ming so‘mga baholangan. Fast Food tarmoqlarida ovqatlanish esa 50 ming so‘m. O‘rtacha narxlari olinganda, 1 litr sut – 14 ming so‘m, 1 kg guruch – 21,5 ming so‘m, 12 dona tuxum – 19,5 ming so‘m, 1 kg mol go‘shti – 119 ming so‘m, 1 kg tovuq filesi – 50,5 ming so‘m, 1 kg olma – 15 ming so‘m, 1 kg banan – 21,8 ming so‘m, 1 kg pomidor – 15,4 ming so‘m, 1 kg kartoshka – 6,8 ming so‘m, 1 kg piyoz – 4,4 ming so‘m.

Shuningdek, statistikada maishiy xizmatlar hamda kiyim-kechaklarga qancha ishlatilishi ham keltirilgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar suv, gaz, elektr toki va chiqindilar uchun 85 kvadrat metrli kvartira uchun 300 ming so‘mdan 1 mln 275 ming so‘mgacha pul to‘laydi. Mobil aloqa kompaniyalar kesimida o‘rtacha oylik to‘lov 46 ming so‘m, kabelli internetning o‘rtacha bahosi – 139 ming so‘m.

Xususiy bog‘chalar 2,5 mln so‘mdan 6,1 mln so‘mgacha bo‘lsa, xalqaro darajadagi xususiy maktabda 1 nafar bolani o‘qitishning yillik o‘rtacha narxi 123 mln so‘mdan oshadi.

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, xarajatlarning 27,9 foizi do‘konlardan turli mahsulotlarni sotib olish, 29,9 foizi har oylik ijara, 14,6 foizi restoranlarda ovqatlanish, 9,8 foizi transport, 7,8 foizi esa sport va bo‘sh vaqtdagi mashg‘ulotlar uchun sarflanadi.

O‘rtacha oylik qancha?

Numbeo ma’lumotlar bazasi 127 ta mamlakatning har oylik sof ish haqi bo‘yicha ham bir qancha raqamlarni keltirgan. Unga ko‘ra, soliqlarni hisobga olmaganda O‘zbekiston fuqarolari har oy o‘rtacha 499 dollar maosh oladi.

Shunga muvofiq, O‘zbekiston 127 ta mamlakat ichida 85-o‘rinni egallab turibdi.

Xalqaro reytingning Top -3’ligiga Shveytsariya, Lyuksemburg hamda Irlandiya kirgan. Shu bilan birga, Turkiya 55-o‘rin, Rossiya 63-o‘rin, Qozog‘iston 82-o‘rin, Ozarboyjon 90-o‘rin, Qirg‘iziston 95-o‘rin, Tojikiston 108-o‘rinda qayd etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version