Connect with us

Iqtisodiyot

Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati

Published

on


Toshkent-Samarqand pulli yo‘lining uzunligi 282 kmni tashkil etadi.  Loyiha qiymati – 2 mlrd 185 mln dollar. Ushbu mablag‘ning 85 foizi yoki 1 mlrd 857 mlrd dollari xorijiy kreditlar hisobidan, qolgan 15 foizi yoki  328 mln dollari O‘zbekiston budjetidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Qurilishni Xitoy kompaniyasi amalga oshiradi. «Yangi loyiha tirbandliklarni kamaytirib, odamlarga Samarqandga yoki belgilangan manzilga 2−2,5 baravar tezroq yetib borishga sharoit yaratadi», – dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Toshkent-Samarqand pulli yo‘li loyihasi bo‘yicha tenderda Xitoy qurilish kompaniyasi g‘olib chiqdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Toshkent-Samarqand pulli yo‘lining uzunligi 282 kmni tashkil etadi.  Shundan 108 km Jizzax viloyati, 47 km Samarqand viloyati hududidan o‘tadi.

«Yangi loyiha tirbandliklarni kamaytirib, odamlarga Samarqandga yoki belgilangan manzilga 2−2,5 baravar tezroq yetib borishga sharoit yaratadi», — dedi Mahkamov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, uzoq vaqt davom etgan tenderdan keyin Xitoy kompaniyasi tanlab olingan. Hozirda shartnoma tuzish va qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.

O‘zbekiston Milliy banki boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatovning ma’lum qilishicha, loyiha  qiymati taxminan 2 mlrd 185 mln dollarga baholanmoqda. Loyihani to‘rt bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bankka zarur hollarda qurilishni moliyalashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan.

«Loyihani moliyalashtirishga Xitoyning bir nechta banki jalb etiladi. Bular — Xitoy davlat taraqqiyot banki, Xitoy Eksport-import banki va Xitoy Kommunikatsiyalar banki», — dedi Mirsoatov.

Prezident administratsiyasining Transport va logistikani rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari Otabek Ungboyevning aniqlik kiritishicha, Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘li loyihasi uchun mo‘ljallangan  2 mlrd 185 mln dollarlik mablag‘ning 85 foizi – 1 mlrd 857 mlrd dollar xorijiy kreditlar hisobidan, qolgan 15 foizi – 328 mln dollar O‘zbekiston budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Toshkent–Samarqand pulli avtomobil yo‘li Sergeli tumanidagi Toshkent halqa yo‘lidan boshlanadi va mavjud trassaga parallel tarzda o‘tishi ma’lum qilingandi.

Avtomagistralda 12 ta kirib-chiqish terminali bo‘lishi, haydovchilarga yo‘lning turli nuqtalarida magistralga kirish va chiqish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.

Yo‘lning texnik xususiyatlari quyidagicha: harakat tasmalari 6 ta, loyihaviy tezlik 150 km/soat, kutilayotgan avtomobil jadalligi sutkasiga 50 mingtagacha, tasmalar kengligi 3,75 metr, qurilish muddati esa 5 yil. Pulli yo‘ldan foydalanish tarifi hozircha belgilanmagan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.

Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.

Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?

Published

on



Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.

Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.

Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yangi boshlayotgan tadbirkorlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznes uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshgan. 2026-yilning birinchi yarmida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trln so‘m resurs ajratilgan.

Tadbirkorlar uchun «kredit xizmatlari yagona raqamli portali» ham ishga tushirildi. U orqali tadbirkor bitta ariza topshiradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi. Biznesni endi boshlayotganlar 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yangi tizimda biznesning turli bosqichlariga mos dasturlar joriy etiladi. Yangi tadbirkorlar uchun «Biznes start», ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun «Biznes lift», yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun «Biznes yuksalish» dasturlari ishlaydi.

«Biznes start» doirasida tadbirkorlarga sun’iy intellekt yordamida loyiha ishlab chiqish, kredit hujjatlari va hisobotlarni yuritish o‘rgatiladi.

Bu maqsadlar uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. Dastur doirasida tadbirkorlarga tayyor biznes-reja hamda 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish nazarda tutilmoqda.

Yangi yondashuvda tadbirkorlikni faqat kredit bilan ta’minlash emas, balki biznesning keyingi bosqichlarida ham qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimning maqsadini shunday ifodaladi: «Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz».



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.