Mahalliy
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangi tendensiyalar: inklyuziv ta’lim va EFL/ESPdagi innovatsiyalar» mavzusida tashkil etilgan ilmiy konferensiya xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalari professorlarini oflayn va onlayn shaklda bir joyga jamladi.
Mazkur anjuman xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari hamda EFL (ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish) va ESP (maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) yo‘nalishlaridagi innovatsion usullarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Unda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan til o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo kommunikatsiya, korpus lingvistikasi, inklyuziv ta’lim, sun’iy intellektning metodik imkoniyatlari hamda leksik xaritalash orqali so‘z boyligini oshirish kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.
Konferensiya doirasida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarni joriy etish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan sho‘’ba yig‘ilishlari ham tashkil etildi.
Mahalliy
Amir Temur merosi xalqaro e’tibor markazida
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanning ochilish qismida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar, ekspertlar va diplomatlar ishtirok etib, Temuriylar davri merosining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Yalpi majlis davomida Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilik an’analari, ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek Temuriylar renessansi fenomeni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, birinchi yalpi majlis doirasida “Amir Temur va dunyo tamadduni” hujjatli filmining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda Sohibqironning jahon tarixi va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning davlatchilik maktabi va sivilizatsion ta’siri badiiy-hujjatli yondashuvda yoritilgan.
Mahalliy
«Amir Temur va Donna Mariya» — Tarix va bugunning birlashgan qudrati!
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy voqea va zamonaviy san’atning eng ta’sirli uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan «Amir Temur va Donna Mariya» badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi!
Bu film — «O‘zbekfilm» va Turkiya «Kanguru» kompaniyasi hamkorligida, tariximizga beqiyos ehtirom va zamonaviy badiiy talqin bilan yaratildi.
Filmda Amir Temurning oliyjanoblik, bag‘rikenglik, mehr-shafqat kabi fazilatlari Vengriya malikasi Donna Mariya orqali namoyon etiladi. «Kuch – adolatda» tamoyili va inson tabiatining sirli cheksizliklari filmning asosiy g‘oyasi hisoblanadi.
Filmda har ikki zamon parallel rivojlanadi — tarixiy o‘tmish va zamonaviy hayot. Avlodlar o‘rtasidagi rishtalar, kechirim va bag‘rikenglik haqidagi falsafiy yondashuv tomoshabinni uyg‘otadi va fikrlashga undaydi.
Bu film faqat tarixiy shaxslarning hayotini yoritibgina qolmaydi, balki insoniyat qadriyatlari, ruhiy cheksizlik va ma’rifiy energiyani ham namoyon qiladi. Tomoshabin har bir kadrda tarix bilan yashashni his qiladi!
Mahalliy
OTM va ilmiy muassasalar muassisligida «spin-off» korxonalar ochiladi
Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy etilmoqda. Hujjatga ko‘ra, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida «spin-off» korxonalari tashkil etiladi.
Farmonda belgilanishicha, ushbu korxonalar innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ularni real iqtisodiyotga joriy etishda muhim vosita sifatida qaraladi.
Shu bilan birga, 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi muassislarga ishonchnoma asosida beriladi. Davlat ulushini 5 yil davomida xususiylashtirish taqiqlanadi.
Yangi tartibga ko‘ra, «spin-off» korxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni sezilarli darajada soddalashtiriladi. Xususan, davlat aktivlarini boshqarish agentligi qarori yoki raqobat qo‘mitasining oldindan roziligini olish talab etilmaydi.
Shuningdek, agar korxonalar muassislar tomonidan innovatsion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashkil etilsa, ular venchur moliyalashtirish shakliga tenglashtiriladi. Farmonga ko‘ra, korxona jamoasi tarkibida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar yoki talabalar ishtirok etishi shart.
Mahalliy
Endi 30 yoshdan kattalarga ham chet tillari markazi ochishda foizsiz ssuda beriladi
Prezident farmoniga muvofiq, chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini tashkil etishda beriladigan imtiyozlar doirasi kengaytirildi. Endi ushbu imkoniyatlar 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan fuqarolar olis va borish qiyin hududlarda o‘quv markazlari ochishi mumkin. Ularga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga foizsiz ssuda ajratiladi. Ssuda miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha etib belgilangan.
Farmonda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Xususan, yangi ishlanmalarga asoslangan «spin-off» korxonalari reyestri joriy etiladi.
Reyestrga kiritilgan korxonalarga qator soliq va moliyaviy imtiyozlar beriladi. Agar korxona patentlangan ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqarsa, unga avval belgilangan preferensiyalar tatbiq etiladi.
Patentsiz ishlanmalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalar esa 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha foyda solig‘ini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydi.
Mahalliy
Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Adliya vazirligi Oliy ta’limga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur hujjat bilan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlanib, unda oliy ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.
Bakalavriat ta’limi kamida 3 yil davom etadi.
O‘qish muddati kunduzgi ta’lim shakliga nisbatan:
sirtqi ta’lim shaklida kamida 1 o‘quv yili;
kechki ta’lim shaklida kamida yarim o‘quv yili muddatiga ko‘proq bo‘lishi kerak.
Oliy ta’lim kunduzgi, masofaviy, dual, inklyuziv ta’lim va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv dasturlari va malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Talabalarga quyidagi huquqlar beriladi:
ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
ta’lim jarayoniga oid muhokamalarda ishtirok etish;
kutubxona va axborot resurslaridan bepul foydalanish;
xalqaro almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarida qatnashish;
oliy ta’lim tashkiloti rahbariyati qarorlari ustidan shikoyat qilish;
mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasi asosida oliy ta’lim tashkilotining o‘zida yoki boshqa tashkilotlarda ishlash;
kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar stipendiya olish.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Talabalar oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Shuningdek, ta’lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, u Yevropa kredit transfer tizimiga moslashtiriladi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
-
Jamiyat2 days agoNavoiyda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltakladi
-
Jamiyat5 days agoJizzaxda kuchli yomg‘irdan keyin sel kuzatildi
-
Dunyodan5 days ago
AQSh Eron urushida kamida 7 samolyotini yo’qotdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Qurilish bozorida asosiy ulush bino va inshootlar hissasiga to‘g‘ri keldi
-
Jamiyat5 days ago
O‘zbekistonga 2 oyda 11 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi
-
Siyosat2 days agoSaida Mirziyoyevaning Vashingtonga tashrifi chogʻida AQSh Oʻzbekistonning JSTga kirishini qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi
-
Siyosat4 days agoOʻzbekistonda vaqtinchalik jamoat obʼyektlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi qoidalar kuchga kirdi
-
Jamiyat5 days ago
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
