Jamiyat
“Teleportatsiya qiluvchi robot yasayman” – kattalardek fikrlayotgan 7 yoshli Solih
Solih Qosimovning maktabga chiqqaniga hali bir yil ham to‘lgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da u ingliz tilida erkin gaplashadi, matematika va fizika fanlaridan yuqori sinf darsliklaridagi masalalarni bemalol yecha oladi, kosmos hamda atomlar haqida o‘z tasavvurlari bor. Qizig‘i, Saloh bog‘chaga bormagan. Kun.uz muxbiri yosh vunderkind suhbatlashdi. Shuningdek, uning otasi bola uy sharoitida til va fanlarni ustozsiz qanday o‘zlashtirgani, xonadondagi muhit haqida gapirib ham berdi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Solih Qosimov ayni vaqtda Toshkent shahridagi xususiy maktabning 1-sinf o‘quvchisi. Oilada to‘ng‘ich farzand. Otasining aytishicha, uning qobiliyati – tug‘ma. Bola kichik yoshidan savol berishga qiziqib, atrofdagi voqealarni yaxshiroq tushunishga intilgan. Ko‘cha-ko‘yda yurganda esa peshtaxtalardagi yozuvlarni o‘qiy boshlagan.
“Solih 2-3 yoshidan “nega?”, “qanday?” degan savollarni ko‘p berardi. Atrofdagi har bir hodisani yaxshiroq anglashga harakat qilardi. Ko‘chaga onasi bilan aylantirishga olib chiqqan paytlarimizda peshtaxtalar, bannerlardagi yozuvlarni o‘qishga urinardi”, – deydi To‘lanboy Qosimov.
Bolakay hozirda ingliz tilida erkin gaplasha oladi. U tilni mustaqil tarzda, asosan, tinglash va muloqot orqali o‘rgangan. Multfilmlar, platformalardagi videolar yosh vunderkindga tilni tabiiy muhitda o‘zlashtirish imkonini bergan. Solih grammatik qoidalarni yodlab emas, amalda tushunib gapira boshlagan.
“Ingliz tilini multfilmlar tomosha qilib o‘rgandim. Qoidalarni yodlamaganman. Qahramonlar nima deyayotganini ilg‘ashga harakat qilardim. Ba’zi so‘zlar notanish bo‘lsa, rasmlarga qarab bilib olardim”, – deydi Solih.
Matematika va fizika fanlariga qiziqish esa bolakayda biroz keyinroq paydo bo‘lgan. Dastlab, oddiy hisob-kitoblar bilan boshlangan mashg‘ulotlar vaqt o‘tib murakkab masalalarga ulangan. Otasining aytishicha, bolaga hech qachon “majburiy dars” o‘tilmagan: u o‘zi qiziqqan savoliga javob izlagan, xolos.
“Biz unga alohida reja tuzib, darslar o‘tmadik, repititorga yubormadik. Solih nimaga qiziqsa, o‘sha yo‘nalishda material topib berardik. Masalan, bir kuni sonlar haqida so‘radi, so‘ng formulalar, keyin esa murakkab masalalarga o‘zidan o‘zi qiziqib ketdi. YouTube platformasida xorijiy professorlarning videolarini tomosha qilib, murakkab misollarni yechishni boshladi. Hozir 12-sinf darsliklaridagi ayrim masalalarni bemalol ishlay oladi”, – deydi To‘lanboy Qosimov.
Solih fizika fani bo‘yicha ham tengdoshlaridan ancha ilgarilab ketgan. Uni ko‘proq kosmos, sayyoralar, atom tuzilishi va energiya masalalari qiziqtiradi. Bundan tashqari, u astronomiya, biologiya fanlarini ham katta ishtiyoq bilan o‘rganadi. Masalan, quyosh tizimi, sayyoralar harakati, tortishish kuchi kabi tushunchalarni yoshiga nisbatan yaxshiroq tushunadi. Xususan, intervyu mobaynida ham kichkintoy bu mavzularda oddiy bolalarga xos qiziqish bilangina emas, alohida mulohaza va mantiq bilan fikr bildirdi.
Mutaxassislar bunday bolalar bilan ishlashda eng muhim jihat ularni majburlamaslik va qiziqishini so‘ndirmaslik ekanini ta’kidlashadi. Solihning oilasida ham aynan shunday muhit yaratilgan. Uyda televizor kam yoqiladi, telefon va planshetlar esa nazorat ostida. Asosiy e’tibor yangi bilimlarni egallash, suhbat, savol-javob va birgalikdagi izlanishga qaratilgan.
6 yoshli bolaning matematika va fizika fanlaridan yuqori sinf darsliklarini idrok eta olayotgani, ikki tilda erkin muloqot qilayotgani, albatta, odamda hayrat uyg‘otadi. Ammo Solih Qosimov misolida gap ketganda, mavzu faqat iqtidor haqida emas: bu oilaviy tarbiya, ta’lim muhiti va iste’dodli bolalar bilan qanday ishlash kerakligi haqidagi muhim savollarni ham kun tartibiga olib chiqadi.
Intervyuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Jamiyat
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar sabab Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr va gastro turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Xalq sayli” tadbiri tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan hudud 20 mart kuni soat 15:00 dan 21 mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Mutasaddilar haydovchilar va yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni hamda muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Jamiyat
Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik maxsus jadval asosida tashkil etildi.
Foto: Transport vazirligi
«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 20–23 mart kunlari poytaxt avtobus yo‘nalishlari maxsus tartibda ishlaydi.
Jumladan, 20, 21 va 22 mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 23 mart kuni esa avtobuslar shanba kungi jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Ramazon hayiti kuni — 20 martda avtobuslar harakati ertalab soat 04:00 dan boshlangan.
Mazkur qaror fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni kamaytirish hamda bayram kunlari xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Mutasaddilar bayram kunlari transport oqimi ortishini inobatga olgan holda, fuqarolarni shaxsiy avtomobildan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishga chaqirmoqda.
Jamiyat
Coca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi
Muqaddas Ramazon oyida O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Made by – barcha yaxshiliklar o‘zimiz tomonimizdan yaratiladi” umumiy g‘oyasi ostida birlashgan bir qator keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarni o‘tkazdi. Tashabbuslar mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va bayramona muhit yaratishga qaratildi.
Tashabbus doirasida Coca-Cola mamlakatimizning to‘qqizta oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda talabalar uchun tadbirlar tashkil qildi. Maydonchalarda boshlovchilar va didjyeylar ishlashdi, talabalar esa estafeta, tanlovlar va shopperlarga rasm chizish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shuningdek, “Besh Qozon” oshpazlari bilan hamkorlikda palov va turli taomlar tayyorlanib, talabalar hamda o‘qituvchilar bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.
Ramazon oyida mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahrining oltita mahallasida xayriya iftorliklari tashkil etildi. Har bir mahallaga “Besh Qozon”ning afsonaviy oshpazlari taklif qilindi; ular tayyorlagan palov uzunligi 60 metrgacha yetadigan dasturxonlarning asosiy taomiga aylanib, oilalar, qo‘shnilar va do‘stlarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi. Bunday xayriya iftorliklari O‘zbekistonning Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangan kabi bir qator shaharlarida ham o‘tkazildi.
O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” hamda “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatning yetti shahri — Toshkent, Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangandagi 1 000 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatdi. Oilalarga har biri 1 000 000 so‘mlik 1 000 ta oziq-ovqat vaucheri, shuningdek, Coca-Cola ichimliklari hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan an’anaviy chak-chak taomi topshirildi.
“Ramazon oyida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtojlarga yordam berish ayniqsa muhim. Maqsadimiz — bu kunlarda juda ahamiyatli bo‘lgan mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini yaratishga o‘z hissamizni qo‘shish. Eslatib o‘tmoqchimizki, yaxshilik o‘z qo‘llarimiz bilan yaratiladi — xuddi o‘zbek oshpazlari tayyorlagan palov va shu yerda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola mahsulotlari kabi. Coca-Cola o‘zi faoliyat yuritayotgan jamiyatning bir qismi bo‘lishga intiladi: biz uchun nafaqat biznesni rivojlantirish, balki hamjamiyatlar hayoti sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish ham muhimdir”, – deya ta’kidladi Nazi Aripjanova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi Coca-Cola kompaniyasining hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori.
Tez orada biz bahor bayrami — Navro‘zni nishonlaymiz va Coca-Cola uni birgalikda kutib olishga taklif qiladi. 21–22 mart kunlari kompaniya Markaz-1 gastronomik ko‘chasida yarmarka uyushtiradi, shuningdek, “Navro‘z” bog‘ida, Tashkent City va Seoul Mun gastro-ko‘chasida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mehmonlarni musiqa, taomlar va oilaviy mashg‘ulotlarga boy ajoyib tadbir kutmoqda — yorqin taassurotlar kafolatlangan.
21 mart kuni: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” va “Bobur” bog‘larida, Andijondagi “Navro‘z” savdo-ko‘ngilochar markazida hamda Samarqanddagi “Samarkand Silk Road” majmuasi hududida an’anaviy taomlar, osh va sumalak tortiladigan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
22 mart kuni: Gulbozor mahallasining sayyohlik ko‘chasida Navro‘z bayrami o‘tkaziladi: mehmonlarni sumalak, osh va ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda.
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
Bayram arafasida Toshkent shahrida yo‘l tarmog‘iga katta yuklama tushdi – 19 mart kuni atigi 11 soat ichida poytaxtdan 500 mingdan ortiq transport vositasi chiqib ketgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 19 mart kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 500 mingdan ortiq avtomobil poytaxt hududini tark etgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqib ketishi bilan bog‘liq.
Shahardagi yo‘l harakati holati Yagona tezkor boshqaruv markazi orqali sutka davomida nazorat qilinmoqda. Mutaxassislar videokuzatuv tizimlari yordamida ko‘chalar, asosiy magistrallar hamda chiqish postlaridagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.
Bayram kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli tirbandliklar kuzatilgan. Yo‘l harakatini tartibga solish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarining qo‘shimcha kuch va vositalari jalb etilgan.
YHXB xodimlari haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Ayniqsa, shaharlararo yo‘llarda harakat jadalligi yuqori bo‘lgani sababli masofani saqlash va tezlik rejimini buzmaslik tavsiya etilmoqda.
Jamiyat
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga hujum qilindi: ikki erkak ushlandi
Turkiyaning Bodrum shahrida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etganlikda gumonlangan ikki nafar erkak qo‘lga olindi.
Foto: bodrumsicakhaber.com
Ma’lum qilinishicha, voqea Bodrumning Yalikavak tumanidagi Go‘kchebel mahallasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi ayol yo‘l chetida transport kutib turgan vaqtda, ikki nafar erkak bo‘lgan avtomobil to‘xtab, uni Turkbuku hududiga olib borishni taklif qilgan.
Yo‘l davomida haydovchi yo‘nalishni o‘zgartirib, ayolni qurilish obektiga olib borgan. Jabrlanuvchining aytishicha, u yerda erkaklar tomonidan kuch ishlatish tahdidi ostida jinoyat sodir etilgan.
Shundan so‘ng gumonlanuvchilar ayolning sumkasi, pul mablag‘lari va mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.
Og‘ir holatiga qaramay, jabrlanuvchi yaqin atrofdagi uylarga yetib borib, mahalliy aholidan yordam so‘ragan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar — 24 va 25 yoshli ikki nafar erkak aniqlanib, qo‘lga olingan. Sud qarori bilan ular qamoqqa olindi.
Mazkur ish mahalliy huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar nazoratida bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
-
Dunyodan2 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiyaning Baykal K2 bir tomonlama hujumga uchragan uchuvchisiz samolyotining toʻda harakatini sinovdan oʻtkazdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Siyosat1 day agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Iqtisodiyot2 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Jamiyat4 days ago
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident
-
Iqtisodiyot3 days agoMetandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
-
Iqtisodiyot3 days ago“Markaziy Osiyo umumiy investitsiya makonini yaratishi zarur” – Alisher Umirdinov
