Jamiyat

Tadbirkorning 443 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer aniqlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatida tadbirkorning 443,5 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “B.F.” MChJning agent menejeri X.S. Buvayda va Uchko‘prik tumanlaridagi dorixonalarga yetkazib berilgan dori vositalari uchun naqd pul ko‘rinishida qabul qilingan 443,5 mln so‘mni MChJ hisob-raqamiga kirim qilmasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version