Iqtisodiyot

Tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Published

on


“Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. 

Qonun loyihasining maqsadi – tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish prinsiplari, asoslari va tartibini tizimli belgilashga qaratilgan.

Qonunning maqsadi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida qonunchilik talablari buzilishlarini aniqlashga, ularning oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Davlat nazorati sohasida quyidagilar belgilanadi: 

1) nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarini amalga oshirish tartibi; 

2) davlat nazorati davomida tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar; 

3) davlat nazoratini amalga oshirishda nazorat qiluvchi organlarning va ular mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari.

Qonunda belgilangan tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati qoidalari:

1. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlari doirasida;

2. Energetika va suv resurslari iste’molini hisobga olishning to‘liqligi hamda ishonchliligi, ularning hisob-kitoblari o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda elektr, gaz uzatish, gaz taqsimlash tarmoqlariga, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi tizimlariga ulanishlarning qonuniyligi ustidan nazorat doirasida;

3. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida;

4. O‘tkaziladigan yong‘inlarga doir tergovga qadar tekshiruv doirasida;

5. O‘zbekistondagi norezidentlarning doimiy muassasalari va vakolatxonalari faoliyatida

6. Tadbirkorlik sub’yektlari ta’sischilarining va (yoki) boshqaruv organlarining o‘z faoliyati tekshiruvini o‘tkazishga nisbatan shaxsiy tashabbusiga ko‘ra;

7. Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish doirasida;

8. Davlat strategik va safarbarlik zaxirasi yuzasidan.

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar hamda ular tomonidan foydalaniladigan texnologik jarayonlar ustidan davlat nazorati fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan tabiiy va energetika resurslarini tejash, milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini bir nechta nazorat qiluvchi organlar tomonidan aynan bir xil masalalar bo‘yicha tekshirishga, shuningdek tekshiruvlar chog‘ida tadbirkorlik sub’yektlarini kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat nazorati tizimi hisobdorlik, shaffoflik va xolislik prinsiplariga amal qiladi.

Nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi bo‘lgan mansabdor shaxslari kasbiy mahoratga va malakaga ega bo‘lishi kerak.

Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlik uchun javobgar bo‘ladi.  


Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: statistikani va boshqa axborotni tahlil qilish; monitoring; profilaktika tadbirlari; tekshiruv.

Davlat nazoratida tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida profilaktika tadbirlarini amalga oshirish davlat nazoratining boshqa shakllariga nisbatan ustuvorlikka ega.

Davlat nazorati qonunchilik talablariga vijdonan rioya etishga va majburiy talablarni buzishga bo‘lgan manfaatlarni kamaytirishga qaratilishi kerak.

Davlat tomonidan nazorat qonunchilikning majburiy talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nazorat tadbirlari bilan cheklanishi kerak.

Qonunda nazarda tutilmagan davlat nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version