Jamiyat
Tadbirkorlar sayyohlar uchun sug‘urta xizmatlarini soddalashtirishni taklif qildilar
Mamlakatimizda turizmni yangi bosqichga olib chiqishda mavjud muammolarni o‘rganish, sohaga yangi xalqaro tajribalarni joriy etish yuzasidan Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov rahbarligida sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizdan xorijga sayohatga chiquvchi fuqarolarimiz hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohat qilayotgan mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashda sug‘urta tizimining o‘rni, bu boradagi mavjud mexanizmlar samaradorligi va ularni yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda sug‘urta kompaniyalari, turoperatorlar, turagentliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari ishtirok etib, sayyohlarga taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlari, turistik paketlar tarkibidagi himoya mexanizmlari hamda xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan turistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, baxtsiz hodisalar, tibbiy holatlar yoki sayohat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kutilmagan vaziyatlarda sug‘urta xizmatlaridan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov o‘z so‘zida mamlakatimizda xavfsiz va barqaror turistik muhitni shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bu borada davlat idoralari, xususiy sektor va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, turistik sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn sug‘urta polislarini rasmiylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, turistlarga axborot berish tizimini takomillashtirish hamda sohadagi normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtirishga kelishib olindi.
Jamiyat
O‘zbekistonning qaysi hududlarida aholi eng zich yashaydi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda, 2026-yilning 1-aprel holatiga, 1 kvadrat kilometr maydonga o‘rtacha 85,5 kishi to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida 1 km² ga to‘g‘ri keladigan aholi soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 7 352,4 kishi
Andijon viloyati — 821,4 kishi
Farg‘ona viloyati — 627,8 kishi
Namangan viloyati — 430,9 kishi
Xorazm viloyati — 341,2 kishi
Samarqand viloyati — 262,1 kishi
Sirdaryo viloyati — 222,1 kishi
Toshkent viloyati — 209,6 kishi
Surxondaryo viloyati — 150,5 kishi
Qashqadaryo viloyati — 130,6 kishi
Jizzax viloyati — 74,3 kishi
Buxoro viloyati — 50,5 kishi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 12,4 kishi
Navoiy viloyati — 10,2 kishi
Jamiyat
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Jamshid Xatamov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Akmal Haydarov hamda Prezident Administratsiyasi sho‘’ba boshlig‘i Aziz To‘ychiyev rahbarligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda ushbu yo‘nalish uchun mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda iqtisodiy sohadagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning dastlabki besh oyi davomida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ustidan doimiy monitoring o‘rnatish maqsadida «kundalik so‘rov» tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga mas’ul tashkilotlar faoliyatini KPI tizimi asosida baholab borish, sohadagi mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Jamiyat
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi
Barcha hududlardan 7-14 yoshli jami 1 295 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarda 12 kun davomida dam oladi. Yo‘llanmalar va dam olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab beriladi.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘ligini mustahkamlash hamda ijtimoiylashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ijtimoiy loyiha yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida barcha hududlardan 7-14 yoshli jami 1 295 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarda 12 kun davomida dam oladi.
Loyiha ishtirokchilari uchun yo‘llanmalar va dam olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlandi.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonda 37 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, shimolida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37° bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Jamiyat
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
Olti yuzga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.
Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlar natijasida 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish talabi bilan nazorat xatlari yuborildi.
Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng ko‘p buzgan TOP-10 hokimliklar, vazirlik va idoralar ro‘yxati:
Andijon viloyati hokimligi – 137
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 107
Surxondaryo viloyati hokimligi – 103
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi – 79
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi – 65
Toshkent shahar hokimligi – 55
Qashqadaryo viloyati hokimligi – 45
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi – 45
Namangan viloyati hokimligi – 44
Aniqlangan holatlar bo‘yicha tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, 600 ga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.
-
Jamiyat5 days agoTrackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
-
Dunyodan3 days ago
Qirgʻiziston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga aʼzo etib saylandi
-
Siyosat4 days agoBosh vazir Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokara o‘tkazdi
-
Siyosat3 days ago
Saida Mirziyoyeva YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
-
Jamiyat4 days agoYo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva mintaqaviy yashil tashabbuslarni ilgari surish maqsadida BMT va GEF rahbarlari bilan uchrashmoqda
-
Siyosat3 days ago
Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish va yadro loyihasini ishga tushirish uchun Sankt-Peterburgga keldi
