Connect with us

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.

Prezidentimiz marhumning ibratli hayot yo‘li, ezgu ishlari va el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yodga oldi. O‘tganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, kattalarni e’zozlash yosh avlod uchun ibrat ekanini ta’kidladi.

Joriy yil fevral oyida vafot etgan Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida ishlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, aholi turmushini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi.

Keyingi yillarda nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etdi. Xizmatlari “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

O‘zLiDeP tashabbusi bilan eng chekka mahallalardan yangi tadbirkorlar kashf etilmoqda

Published

on


Xorazmda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Ishbilarmon ayol” tanlovining hududiy respublika bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda viloyatning 500 dan ortiq mahallasi va tadbirkorlik subyekti qamrab olindi.

Saralash bosqichlarida 3054 nafardan ziyod tadbirkor xotin-qiz ishtirok etdi. Ular orasidan 13 nafar eng istiqbolli ishbilarmon ayol viloyat bosqichida o‘z biznes loyihalari va faoliyatini namoyish qildi.

Tanlovning o‘ziga xos jihati – tadbirkorlarni faqat yirik shaharlardan emas, mahallalardan izlashga urg‘u berilgani. Yangi ish o‘rinlari yaratayotgan, mahalliy mahsulot ishlab chiqarayotgan, eksport qilayotgan yoki qishloq xo‘jaligida yangi yondashuvlarni qo‘llayotgan ayollar saralash jarayonida aniqlandi.

Viloyat bosqichida Xiva shahridagi “Khiva Plaza” MChJ rahbari Lola Mirzayeva birinchi o‘rinni egalladi. Korxonada 150 nafar xodim ishlaydi. Ikkinchi o‘rin “Shovot-Qumtepa” fermer xo‘jaligi rahbari Oychehra Tohirovaga nasib etdi. Xo‘jalikda shifobaxsh giyohlar yetishtirilmoqda.

Uchinchi o‘rinni “Marjona tekstil” MChJ rahbari Dilafro‘z Bekjanova oldi. Korxonada 70 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. 2025 yilda korxona Rossiyaga 200 ming dollarlik bolalar kiyimlari eksport qilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tanlovdan maqsad – mahallalarda o‘z ishini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarni aniqlash, ularning tajribasini ommalashtirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

Xorazmdagi 3054 nafar ishtirokchi esa mahallalarda tadbirkorlik salohiyati qanchalik keng ekanini ko‘rsatmoqda.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpog‘istonga boradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.

Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.

Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi lozimligini ta’kidladi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi. 

“O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. 

“Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish. ​Buning uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, dedi Saida Mirziyoyeva.

​Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir — moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport — zamonaviy talablar asosida yangilanadi. Milliy kino merosini saqlash, restavratsiya va raqamlashtirish tizimi kuchaytiriladi, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash va xalqaro tajriba almashinuviga keng yo‘l ochiladi.

​Eng muhimi, sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyati shakllanib, kinoijodkorning fikri, tajribasi va kasbiy obro‘si munosib qadrlanadi.

“​Tashrif yakunida Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda bo‘ldim. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning mehnati menda katta taassurot qoldirdi. Ijodiy jamoaga omad tilayman. Premerada ko‘rishguncha!”, deya fikrini yakunlagan Mirziyoyeva. 



Source link

Continue Reading

Siyosat

O‘zbekiston prezidentining Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi (foto)

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol namoyon etadi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy kechdi. Bu uchrashuv o‘tgan yillarni, O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda amalga oshirilgan ishlarni yodga olish imkonini berdi.

Sammit arafasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat yozib berdi. Bu Yangi O‘zbekiston g‘oyalari va islohotlariga bo‘lgan samimiy qiziqishning yana bir ifodasidir.

Koreyalik do‘stlarimiz davlat tashrifiga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatdi. Janubiy Koreyadagi eng baland bino — Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida O‘zbekiston bayrog‘ining yorqin tasvirlari namoyon bo‘ldi. Prezidentimiz tashrifi sharafiga bayrog‘imiz ranglaridagi dirijabl parvoz qildi, qarorgoh oldidagi favvorada esa davlatimiz gerbi va bayrog‘i tasvirlari aks ettirildi.

Bularning barchasida mezbonlarning samimiy mehmondo‘stligi va yuksak hurmati sezilib turardi. Seuldan iliq taassurotlar va do‘stligimizning istiqboli porloq ekaniga ishonch bilan qaytdik, deb yozdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Norasmiy muhitda o‘tgan samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar va ularni hayotga faol tatbiq etishga vatandoshlarimiz qo‘shayotgan hissasi muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida iqtisodiyot, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan bir qator ilg‘or takliflarni ilgari surdilar.

Milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlari va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda Koreyaning raqamli texnologiyalarini integratsiya qilish, tibbiyot, transport, bojxona va turizm sohalarida innovatsion yechimlarni ilgari surish, milliy to‘lov tizimlari va pul o‘tkazmalari platformalarini jadal rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Xususan, Koreya Respublikasida O‘zbekiston madaniy markazlari tarmog‘ini kengaytirish, o‘zbek tilini o‘rganish dasturlarini rivojlantirish, ikki mamlakat hududida turli madaniy tadbirlarni o‘tkazish hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini koreys tiliga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun vatandoshlarimizga minnatdorlik bildirib, ularning har bir tashabbusi batafsil o‘rganilishini, eng muhim loyihalar har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi uchrashuvda qatnashgan professorlar, tadbirkorlar, faollar va talabalarga o‘qishda va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz ular bilan muloqotga doimo ochiqligi, vatandoshlarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini alohida qayd etdi.

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Prezidentimizga yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va orzu-niyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirib, o‘z bilim va g‘ayratini Vatanimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida safarbar etishga hamisha tayyor ekanligini aytdilar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.