Iqtisodiyot

Tadbirkorlar rag‘batlantiriladi — Prezident farmoni

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanadi:


1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish;
1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik;
6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash.

2026-yil 1-yanvardan soliq majburiyatlarini bajarishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etiladi:


yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga o‘tkaziladi va ushbu majburiyat soliq to‘lovchilar uchun bekor qilinadi;
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan 5 ish kunida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version