Jamiyat
Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
«Tadbirkorlik sub’yektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini ta’minlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:
– yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil ma’lumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;
– ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq ma’lumotlar maydonini yaratish;
– tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.
2026-yil 1-avgustga qadar Maxsus platforma «Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasiga integratsiya qilinadi.
Jamiyat
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroga tegishli xonadonda 38 turdagi 29,4 ming donadan ziyod dori vositalari saqlanayotganligi, xonadonga kelgan «Gazel» avtomashinasida 25 turdagi 16,5 ming donadan ziyod dori vositalari olib kelinganligi aniqlandi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroga tegishli xonadonga «Gazel» rusumli transport vositasidan dori vositalari tushirilayotgan vaqtda to‘xtatilib, transport vositasi va xonadon ko‘zdan kechirildi.
Natijada xonadonda 38 turdagi 29,4 ming donadan ziyod dori vositalari saqlanayotganligi, shuningdek, «Gazel»da 25 turdagi 16,5 ming donadan ziyod dori vositalari olib kelinganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida dastlabki qiymati 1 mlrd 247 mln so‘mlik 46 ming donaga yaqin sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘magan dori vositalarining saqlash hamda tashish qoidalari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlanib vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekistonliklar kruiz kemalarida ishlashga taklif etilmoqda
Taklif etilayotgan ish o‘rinlari uchun 900 dollardan 1650 dollargacha oylik maosh belgilangan.
Dunyodagi yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri — V.Ships Global Recruitment O‘zbekiston fuqarolari uchun kruiz kemalarida ishlash bo‘yicha vakansiyalar e’lon qildi.
Migratsiya agentligining bildirishicha, taklif etilayotgan ish o‘rinlari uchun 900 dollardan 1650 dollargacha oylik maosh belgilangan.
Vakansiyalar orasida xizmat ko‘rsatish yordamchisi, bar ofitsianti, ikkinchi oshpaz, oshpaz yordamchisi va oshxona xodimi kabi 45ta ish o‘rni mavjud.
Ta’kidlanishicha, xodimlarning ish samaradorligiga qarab maosh va lavozimning oshib borishi kafolatlangan.
Nomzodlar 18–45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, ingliz tilini kamida B1 darajasida bilishi kerak. Yevropa davlatlari tillarini biladiganlarga ustunlik berilishi mumkin.
Qayd etilishicha, ishga qabul qilinganlarga turli mamlakatlarga sayohat qilish imkoniyati, AQSh ishchi vizasi hamda Migratsiya agentligi ishtirokida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida huquqiy himoya kafolatlanadi.
Ishga joylashish uchun nomzodlar kompaniya saytida ariza qoldirishi kerak. Ma’qul kelgan nomzodlar bilan kompaniya mutaxassislari bog‘lanadi, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar intervyuga taklif etiladi. Ish beruvchi tanlagan nomzodlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzilib, AQSh ishchi vizasi rasmiylashtiriladi.
Jamiyat
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
Musodara qilingan 11 kg “Keto coffee mix” mahsuloti tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, respublika hududida uning savdosi taqiqlangan.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Marhamat tumani markazidagi savdo majmuasida fuqaro shartli xaridorga 900 dona “Keto coffee mix” mahsulotini 6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu mahsulot Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi”da joylashgan do‘kondan xarid qilinganligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi.
Natijada Andijon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli do‘kondan 480 dona “Keto coffee mix” mahsuloti olindi.
Musodara qilingan jami 11 kg “Keto coffee mix” mahsuloti tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, respublika hududida uning savdosi taqiqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Kuchli ta’sir qiluvchi 11 kilogramm mahsulot musodara qilindi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida kuchli ta’sir qiluvchi moddani 6 mln so‘mga sotgan shaxs qo‘lga olindi.
1991-y.t. fuqaro tuman markazidagi savdo majmuasida shartli xaridorga 900 dona «Keto coffee mix» mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu mahsulot Andijon shahridagi «Jahon savdo kompleksi»da joylashgan do‘kondan xarid qilinganligi ma’lum bo‘lgach, tezkor tadbir davom ettirilgan. Bu jarayonda Andijon shahrida yashovchi, 1987-y.t. fuqaroga tegishli do‘kondan jami 480 dona «Keto coffee mix» mahsuloti olindi.
Ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan jami 11 kg «Keto coffee mix» mahsuloti tarkibida «sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, respublikamiz hududida uning muomalasi taqiqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
Agentlikning ogohlantirishicha, naqd pul berish, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish yoki “konsalting xizmati” nomi bilan boshqa firmaga to‘lov qilish xavfli hisoblanadi.
Migratsiya agentligi xorijga ishga borish jarayonida litsenziyaga ega xususiy bandlik agentligi bilan shartnoma tuzib, to‘lovni esa boshqa firma yoki vositachilar hisob raqamiga amalga oshirmaslikni maslahat berdi.
Qayd etilishicha, litsenziya bir tashkilot nomi uchun beriladi va boshqa firma yoki “konsalting” xizmatlariga tatbiq etilmaydi.
Agentlikning ogohlantirishicha, naqd pul berish, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish yoki “konsalting xizmati” nomi bilan boshqa firmaga to‘lov qilish xavfli hisoblanadi.
“To‘lov faqat xususiy bandlik agentligining maxsus depozit hisob raqamiga amalga oshirilishi va albatta to‘lovni tasdiqlovchi chek bo‘lishi kerak”, deyiladi agentlik xabarida.
Migratsiya agentligi xorijga ishga borishni rejalashtirgan fuqarolarga litsenziyani tekshirish, shartnoma va to‘lovdagi firma nomini solishtirish hamda to‘lov cheklari, xujjatlar, reklama va yozishmalarning barchasini saqlashni tavsiya qilgan.
-
Iqtisodiyot3 days ago1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
-
Jamiyat4 days agoToshkentda uy savdosi bilan bog‘liq mojaro tergov qilinmoqda
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
-
Jamiyat5 days agoToshkentda soliq xodimlari korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
-
Jamiyat5 days agoKitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
-
Jamiyat5 days agoBugun O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
-
Mahalliy4 days ago
Oliy attestatsiya komissiyasi rahbari ishdan olindi
-
Sport3 days agoForbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
