Sport
Startup adds beds and Wi-Fi to buses to turn them into ‘moving hotels’
Nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum.
Et harum quidem rerum facilis est et expedita distinctio. Nam libero tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nihil impedit quo minus id quod maxime placeat facere possimus, omnis voluptas assumenda est, omnis dolor repellendus.
Nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum.
Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto beatae vitae dicta sunt explicabo.
Neque porro quisquam est, qui dolorem ipsum quia dolor sit amet, consectetur, adipisci velit, sed quia non numquam eius modi tempora incidunt ut labore et dolore magnam aliquam quaerat voluptatem. Ut enim ad minima veniam, quis nostrum exercitationem ullam corporis suscipit laboriosam, nisi ut aliquid ex ea commodi consequatur.
At vero eos et accusamus et iusto odio dignissimos ducimus qui blanditiis praesentium voluptatum deleniti atque corrupti quos dolores et quas molestias excepturi sint occaecati cupiditate non provident, similique sunt in culpa qui officia deserunt mollitia animi, id est laborum et dolorum fuga.
“Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat”
Quis autem vel eum iure reprehenderit qui in ea voluptate velit esse quam nihil molestiae consequatur, vel illum qui dolorem eum fugiat quo voluptas nulla pariatur.
Temporibus autem quibusdam et aut officiis debitis aut rerum necessitatibus saepe eveniet ut et voluptates repudiandae sint et molestiae non recusandae. Itaque earum rerum hic tenetur a sapiente delectus, ut aut reiciendis voluptatibus maiores alias consequatur aut perferendis doloribus asperiores repellat.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat.
Nemo enim ipsam voluptatem quia voluptas sit aspernatur aut odit aut fugit, sed quia consequuntur magni dolores eos qui ratione voluptatem sequi nesciunt.
Sport
O‘zbekiston Xitoyga qarshi favorit sifatida maydonga tushadi
Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Guruh bosqichi yakuniga yetib, 16 jamoadan 8 tasi musobaqani tark etdi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar endi chorak final bosqichida kurashni davom ettiradi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “C” guruhini peshqadam sifatida yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xitoy esa “D” guruhida Iroq (0:0), Avstraliya (1:0) va Tailand (0:0) terma jamoalariga qarshi bahslarda 5 ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
O‘zbekiston — Xitoy: o‘zaro uchrashuvlar
O‘zbekiston va Xitoy U-23 terma jamoalari Osiyo kubogi doirasida shu kunga qadar uch bor ro‘baro‘ kelgan bo‘lib, barcha uchrashuvlarda jamoamiz g‘alaba qozongan.
O‘zbekiston 2:1 Xitoy
U-22 maqomida ilk bor tashkil etilgan 2013 yilub turnirda jamoamiz guruh bosqichida Xitoy bilan to‘qnash kelgan. Krimetwva Sergeyev kiritgan gollar evaziga raqib mag‘lub etilgan.
Xitoy 0:1 O‘zbekiston
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U-23 terma jamoamiz 2018 yili Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Guruh bosqichida mezbon Xitoy Alijonovning yagona goli evaziga mag‘lub etilgan.
O‘zbekiston 2:0 Xitoy
Tailandda 2020 yili bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston va Xitoy “C” guruhidan o‘rin olgan. Qobilov va To‘xtasinov gollari evaziga jamoamiz ishonchli g‘alabaga erishgan.
Shuningdek, jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari ham muntazam o‘tkazib kelinadi. So‘nggi bor 2025 yil noyabr oyida Xitoyda tashkil etilgan xalqaro turnir doirasida tomonlar o‘zaro to‘qnash kelib, bahs 0:0 hisobida yakunlangan.
Mazkur bosqichda g‘alaba qozongan jamoa yarim finalda Vetnam — BAA uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Xitoy o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi ertaga, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Jidda shahridagi “ Prince Abdullah Al Faisal Sports City” stadionida start oladi.
Sport
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
Madridliklar yangi bosh murabbiy boshchiligidagi ilk o‘yinda Segunda vakiliga yutqazdi, «Arsenal» safardagi derbida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Arbeloa muvaffaqiyatsiz boshladi
Ispaniya kubogi, 1/8 final
«Albasete» – «Real»
Gollar: Vilyar, 42 (1:0). Mastantuono, 45+3 (1:1). Betankor, 82 (2:1). G. Garsiya, 90+1 (2:2). Betankor, 90+4 (3:2)
«Real»: Lunin, Raul Asensio, Hausen (Alaba, 65), F. Garsiya (Kamavinga, 65), Himenes (Karvahal, 77), Sestero (Manuel Anxel, 86), Arda Guler, Valverde, Vinisius Junior, Mastantuono (Palasios, 77), G. Garsiya
Ogohlantirishlar: Hausen, 65. Raul Asensio, 90
«Real» Habi Alonso iste’foga chiqarilib, Alvaro Arbeloa yangi bosh murabbiy etib tayinlangan ilk o‘yindayoq sovrin uchun kurashdan chiqdi – madridliklar Ispaniiya kubogi 1/8 finalida Segunda vakili «Albasete»ga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi.
Albasetedagi o‘yin orqali «Real» Arbeloa rahbarligida qanday o‘zgarishi haqida xulosa qilib bo‘lmaydi. Uch kun oldin Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi maydonga tushgan futbolchilarning bir qismi bu o‘yinda qatnashmadi. Yangi murabbiy Mbappe, Kurtua, Tchuameni, Karreras, Bellinghem, Rodrigo va Kamavinga kabilarga dam berdi. Mastantuono anchadan buyon ilk bor startda tushdi, Valverde o‘zining asl pozitsiyasiga – markazga qaytdi, 21 yoshli Ximenes uning o‘rniga o‘ng qanot himoyasini egalladi.
«Real» Arbeloaning debyut o‘yinida 4-3-3 sxemasida maydonga tushdi, bunda hujum triosini Mastantuono – Vinisius Junior – Garsiya tashkil etishdi. Madridliklar o‘yinida yaqqol ajralib turgan jihat – standart vaziyatlar bo‘ldi. Guler burchak zarbasidan gol urishga harakat qildi, keyin esa Valverde «Real»ning zarbalar hisobini ochdi. Bir necha daqiqa o‘tib turkiyalik yarimhimoyachi yaxshi jarima zarbasi ishladi, ammo uning o‘zi zarba berishda noaniq harakat qildi.
Mehmonlar o‘yinning 75 foiz vaqtida to‘pga egalik qilishganiga qaramay, «Albasete» jarima maydoni ichiga kirishga qiynalishdi. Mezbonlar startda zich himoyalanishdi va vaqti-vaqti bilan qarshi hujumlar uyushtirishdi.
Aytish mumkinki, «Real» futbolchilariga «Barselona»ga qarshi o‘yindan keyin drayv yetishmadi. Madridliklar yarimhimoyasidagi Valverde – Sestero – Guler uchligi o‘z vazifalarini yaxshi uddalay olishmadi. Arbeloa jamoasi to‘pni nazorat qildi, ammo golli vaziyatlar yarata olmadi. Mehmonlarning uzoq masofalardan zarba yo‘llashdan boshqa narsa taklif eta olishmadi. «Albasete» esa bo‘lim oxirida hisobni ochdi. «Qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Vilyar burchak zarbasidan keyin to‘p uchun kurashda Mastantuonodan ustun keldi va darvozabon Luninga imkon qoldirmadi.
«Qaymoqranglilar» uchun bu joriy mavsumda ikkinchi qavatdan o‘tkazib yuborilgan to‘qqizinchi golga aylandi, bu esa La liganing barcha jamoalari orasidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga, «Real» tezda hisobni tenglashtirdi. Sentyabr oyidan buyon gol urmagan Mastantuono ham standart vaziyatdan keyin raqib jarima maydoni ichida yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanib qoldi va o‘tkazilgan goldagi aybini yuvdi.
Ikkinchi bo‘limda «Real» o‘z o‘yinini chinakamiga kuchaytirdi. Madridliklar kuchli bosim uyushtirishdi – raqib bu hujumlarga katta qiyinchilik bilan bardosh berdi. «Albasete» bosh murabbiyi ikkinchi bo‘lim boshlanganidan 10 daqiqa o‘tiboq uchtalik almashtirishni amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim startidagi 15 daqiqalikda madridliklar zarbalar soni bo‘yicha birinchi bo‘limdagi normani (6) bajarib bo‘lishdi.
Shundan keyin Arbeloa ham zaxira kuchlarini ishga solib, avvaliga Alaba, Kamavinga, Karvahal kabi tajribali futbolchilarni maydonga tushirdi. O‘yin yakuniga 20 daqiqa qolganida esa 21 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Palasios ham «Real»ning asosiy tarkibida debyut qildi.
Bu vaqtda «Albasete» chuqur himoyaga yotdi, lekin kutilmaganda qarshi hujum uyushtirib, yana hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushgan Betankor 82-daqiqada Garsiya uzoqlashtira olmagan to‘pni egallab oldi va Luninni yana bir bor darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur qildi.
«Real» mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun to‘liq kuch bilan oldinga tashlandi. Madridliklar qaydnomasida boshqa hujumchi yo‘q edi va Arbeloa yana bir havbekni oldingi chiziq uchun tashladi – «Kastilya»ning 21 yoshli sardori Moran ham asosiy jamoada debyut qildi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Garsiya hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim oxiri birinchi bo‘lim oxirini takrorladi. Gonsalo ham xuddi Mastantuono kabi xatosi uchun aybini yuvib, burchak zarbasidan keyin muvozanatni tikladi.
Keyin esa maydonda aql bovar qilmas voqea ro‘y berdi. Barcha qo‘shimcha bo‘limlarga tayyorgarlik ko‘rayotgandi, «Albasete» esa qarshi hujum uyushtirdi va g‘alaba golini urib ketdi. Yana o‘sha Betankor maydon markazidan «Real» jarima maydonigacha yetib bordi. Forvardni himoyachilar quvib yetishdi, ammo u jarima maydoniga kirdi va birinchi zarbasini Karvahal blokladi. To‘p yana Betankorga qaytdi va u ikkinchi urinishda to‘pni aylantirib darvoza to‘riga tashlab qo‘ydi. Lunin bu vaziyatda tomoshabinga aylandi va «Real» turnirni tark etdi.
Endi Arbeloa tarixga jamoaning o‘z debyutida titul uchun kurashdan chiqqan uchinchi murabbiyiga aylandi. U endi Yevropa Superkubogi uchun o‘yinlarda yutqazgan Gus Hiddink va Hulen Lopetegi bilan bitta davrada.
«Arsenal»da mag‘lubiyatsiz seriya
Angliya ligasi kubogi, 1/2 final
«Chelsi» – «Arsenal» 2:3
Gollar: Uayt, 7 (0:1). Yokeresh, 49 (0:2). Garnacho, 57 (1:2). Subimendi, 71 (1:3). Garnacho, 83 (2:3)
«Chelsi»: Sanches, Chaloba, Fofana (Hato, 75), Kukurelya (Adarabioyo, 81), Achimpong (Badiashile, 53), Fernandes, Santos, Joao Pedro (Meuka, 81), Pedru Netu, Estevao, Giu (Garnacho, 53)
«Arsenal»: Arrisabalaga, Saliba, Gabriel Magalyayns, Timber, Uayt, Rays (Gabriel Jyezus, 82), Subimendi, Edegor (Merino, 68), Trossar (Martinelli, 67), Saka, Yokeresh (Havers, 82)
Ogohlantirishlar: Estevao, 42. Kukurelya, 44. Badiashile, 65. Pedru Netu, 90 – Trossar, 42. Arrisabalaga, 75. Merino, 78. Timber, 90
«Chelsi» «Arsenal»ni 2021 yil avgustidan buyon yenga olmaydi (Londondagi o‘yinlarda 2018 yildan buyon). Angliya ligasi kubogi yarimfinalida ham g‘alabasiz seriya davom etdi (to‘qqiz o‘yin).
«Arsenal» bilan o‘yin «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenior uchun jiddiy sinov edi. Uning debyuti Angliya kubogida «Charlton»ga qarshi o‘yinga (5:1) to‘g‘ri kelgandi, ammo quyi liga jamoasiga qarshi bu natija deyarli hech narsani isbotlamasdi. Shuning uchun «Arsenal» bilan o‘yinni «Chelsi» muxlislari ikki hissa qiziqish bilan kutayotgandi.
Lekin Liam ularni qoyil qoldira olmadi. Jarohatlar va diskvalifikatsiya tufayli «Chelsi» bosh murabbiyining imkoniyatlari cheklangandi. Diskvalifikatsiyaga uchragan Moyzes Kaysedo o‘rnida Andrey Santos o‘ynadi. O‘ng qanot himoyasida jismoniy holati yaxshi bo‘lmagan Ris Jyeyms o‘rnini Achimpong egalladi. Mareska davrida deyarli imkon berilmagan Mark Giu qatorasiga ikkinchi o‘yinda markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qildi. Koul Palmer ham salomatligidagi muammo tufayli qaydnomadan o‘rin olmadi va uning hujumchi ortidagi pozitsiyasida Joao Pedro tushirildi.
Mikel Arteta ham ashaddiy raqibga qarshi jiddiy rotatsiya qilib o‘tirmadi va deyarli optimal tarkibni maydonga tashladi.
O‘yin startida shu tezis tasdig‘ini topdi: Arteta qaysi futbolchilarni maydonga tushirmasin, ular doimo standart vaziyatlarda xavfli bo‘lishadi. «Chelsi» mehmonlarning bu quroliga qarshi tayyorlangani tayin. Ammo amalda barchasi Artetaning rejasi bo‘yicha ketdi. Yettinchi daqiqadayoq «Arsenal» ilk burchak zarbasidan unumli foydalandi: Deklan Rays to‘pni darvozabon hududiga oshirdi, Ben Uayt to‘p uchun kurashda Joao Pedrodan ustun keldi va boshi bilan Robert Sanches qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi. Bu jamoaning standartlar bo‘yicha murabbiyi Nikol Jover nomidagi navbatdagi golga aylandi.
«Arsenal» hisobni ochganidan keyin to‘pni raqibga topshirdi (birinchi bo‘limda 55 foizga qarshi 45 foiz), lekin o‘yinni nazoratida ushlab turdi. Markazda Rays — Subimendi — Edegor triosi xotirjamlik va ishonch bilan o‘ynashdi. Kerak bo‘lganda tempni pasaytirishdi, kerak bo‘lganida tezkor hujumlar boshlab berishdi. Yoyekeresh kamida ikki marta darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo unga tezlik yetishmadi.
«Kanonirlar»ning ikkinchi darvozaboni Kepa Arrisabalagaga faqat 31-daqiqada o‘zini ko‘rsatishi talab etildi va u Estevao Villianning murakkab zarbasini qaytarishni uddaladi.
«Chelsi» tanaffusdan hisobni tenglashtirish vazifasi bilan qaytdi. Ammo yana barchasi boshqacha ketdi. 49-daqiqada Ben Uaytning qanotdan uzatmasini Viktor Yokeresh darvozaga to‘g‘rilab yubordi – 2:0. Bu vaziyatda «Chelsi» darvozaboni Sanches to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi va shvetsiyalik hujumchi osonlik bilan bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.
53-daqiqada Rosenior o‘yin davomidagi eng yaxshi qarorini qabul qildi va Alexandro Garnachoni jangga tashladi. Argentinalik vinger ko‘p o‘tmay hisobni qisqartiruvchi golni urdi: u jarima maydonida yolg‘iz qoldirildi va «Arsenal» darvozasini o‘qqa tutdi.
Mehmonlar ikkinchi bo‘limda yana to‘pni «Chelsi»ga topshirishgandi (61 ga 39 foiz) va hisobga qarab o‘ynayotgandi. Ammo Garnachoning golidan keyin Arteta shogirdlari yana to‘liq kuch bilan oldinga o‘tishdi va ketma-ket xavfli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. 71-daqiqada esa Subimendi chiroyli gol muallifiga aylanib, amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Biroz o‘tib mehmonlar hisobni yiriklashtirishi mumkin edi. Ammo bu safar Sanches Mikel Merinoning yaqin masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini oyoqlari uchi bilan qaytarib, «Chelsi»ni sharmandalikdan qutqardi. Keyin esa Garnacho ikkinchi bor o‘yinga intriga qaytardi. Argentinalik futbolchi 83-daqiqada burchak zarbasidan keyin o‘ziga kelib qolgan to‘pga kuchli zarba berdi – 2:3.
Ammo «Chelsi»ning hisobni tenglashtirishga bo‘lgan urinishlari besamar ketdi. Rosenior top-raqibga qarshi o‘yinda yutqazdi, «Arsenal»ning derbidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi. Endi jamoalar 3 fevral kuni «Emireyts»da javob o‘yinida maydonga tushadi.
Sport
Marokash va Senegal finalga chiqdi
Afrika millatlar kubogi finali yo‘llanmasi uchun Senegal Misrga qarshi to‘p surdi, ikkinchi o‘yinda Marokash va Nigeriya terma jamoalari to‘qnashdi.
Senegal – Misr o‘yini 1:0 hisobida yakunlandi: Mane 78-daqiqada kiritgan gol jamoasini finalga olib chiqdi.
Nigeriya va Marokash o‘yinida asosiy va qo‘shimcha vaqtda hisob ochilmadi — 0:0. Penaltilar seriyasini marokashliklar yaxshiroq uddalashdi — 4:2.
Marokash va Senegal 18-yanvar kuni finalda uchrashadi. Uchinchi o‘rin uchun Misr va Nigeriya 17-yanvarda kuch sinashadi.
Sport
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
Yakshanba kuni «Barselona» navbatdagi klasikoda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi. Saudiya Arabistonida o‘tgan finalda «Barselona» ko‘p jihatdan ustunlik qildi, lekin hisobda faqat bir to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Finaldan ikki kun o‘tib «Real» oxirgi yillarda Yevropada porlab chiqqan eng yorqin murabbiylardan biri Xabi Alonsoni ishdan bo‘shatdi. Iste’foda asosiy sabab klasikodagi mag‘lubiyat bo‘lmadi, klub Xabini ishdan bo‘shatgani ham yo‘q. Murabbiy maydon tashqarisida va o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘ida kuzatilgan hurmatsizlik sabab o‘zi ariza yozib ishdan ketdi…
Mbappe yo‘q – shou yo‘q
Shu kuni «Real» yetakchisi Mbappe asosiy tarkibda o‘ynamagani «Barselona»ni kichik favoritga aylantirdi. Birinchi bo‘limning asosiy vaqtini tomosha qilgan muxlislar «Real» Mbappega qanchalik bog‘lanib qolganini sezdi. Madrid butun bo‘lim davomida deyarli hech narsa qila olmadi. Lekin «Real» har qanday holatda kuchli jamoa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda avval Vinisius super gol urdi, bo‘limning oxirgi soniyalarida Mbappe o‘rniga asosiy tarkibda tushayotgan yosh hujumchi Gonsalo Garsiya hisobni tenglashtirdi. Ungacha «Barsa»dan Rafinya va Levandovski gol urgandi.
«Real» eng asosiy yulduzi maydonga tushmagan, o‘yini chiqmayotgan vaqtda ham kerakli gollarni urib, tanaffusga yengilmay chiqib ketdi. Bu top klublarga xos xususiyat. Lekin ikkinchi bo‘limda baribir «Barselona» kuchlilik qildi. Zo‘r o‘yin o‘tkazgan Rafinya g‘alaba golini urdi. Mbappe tushgani ham «Real»ga yordam bermadi. Fransuz shu kuni jarohat bilan o‘ynagani yaqqol sezildi, u aytarli imkoniyatga ham ega bo‘lmadi.
O‘yindan keyin…
«Real» va «Barselona» uchun bir-biriga yengilish juda alamli, har qanday turnirni tark etishdan ham alamliroq. Alonso «Barselona»ga sharmandalarcha yutqazgani yo‘q, muammolar girdobidagi jamoa bilan finalda munosib kurashdi. Chempionatdagi o‘yinda Alonso «Barselona»ni yenggandi ham. Bir so‘z bilan aytganda, klasikoda Alonsoni iste’foga chiqaradigan o‘yin bo‘lmadi.
Shunday bo‘lsa-da, ikki kun o‘tib Alonso iste’foga chiqqani e’lon qilindi. Hatto Fabrisio Romano kabi insayderlar ham bilmay qoldi Alonso ishdan ketishi, iste’fo haqida hech qanday mish-mish ham chiqqani yo‘q. Bu bir narsadan darak berardi: Alonso o‘zi ariza yozib ishdan ketgan. «Real» rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda ham murabbiy o‘z ixtiyori bilan ishdan ketganiga urg‘u berilgandi. Keyinroq klub direktori Emilio Butragenio rahbariyat Alonsoni ishdan bo‘shatmagani, murabbiy o‘zi ariza yozganini tasdiqladi.
Alonso iste’foga chiqqanidan keyin muxlislar sabablarni muhokama qila boshladi va ko‘pchilik klasikodan keyingi bir videoga to‘xtalaverdi. Taqdirlash marosimi vaqtida «Real» futbolchilari kumush medalni olgach, Alonso ularni shohsupa yonidan ketmay, raqibga hurmat ko‘rsatishga chaqirdi. Lekin Mbappe boshchilik futbolchilar murabbiyni ochiqchasiga rad etib, unga qo‘l siltagan ko‘yi maydondan chiqib ketdi. Alonso ham futbolchilarga qo‘shilishga majbur bo‘ldi.
Yaqindan olingan videolarda Mbappe Alonsoga qo‘lini siltayotib unga qarata nimadir degani bilingan. Mbappe aniq yaxshi gap aytmagan. Keyin uning qo‘l siltashiga Rodrigo va boshqa futbolchilar ham qo‘shilgan.
Keyinroq zaxira o‘rindig‘idan olingan boshqa videolar ham tarqaldi. Unda bir necha futbolchi Xabi Alonso ko‘rsatma berayotganda uni eshitmay turgani ko‘rinadi. Vaholanki, Alonso ko‘chada qolgan murabbiy emas, jahon chempioni, o‘z davrining eng zo‘r futbolchilaridan biri, murabbiylikda ham Germaniyada «Bavariya»ga non bermagan.
Va bir narsani unutmang, Xabi Alonso bask. Baskoniyalik mard yigit ko‘pning oldida jahlini ko‘rsatmadi, klubga hurmatsiz qilmadi, hech kimni ayblamadi ham. Shunchaki kecha chiqqan yulduzlarning unga nisbatan hurmatsizligini qabul qila olmadi va ariza yozib ishdan ketdi. Xabi haqiqiy erkak ekanini isbotladi, murabbiylikdan Zidanchasiga ketdi.
Murabbiy kim o‘zi?
Ispan nashrlari yozishicha, Alonso rahbariyat futbolchilarga juda ko‘p vakolat berganidan hayratlanib, buni cheklashni so‘ragan. Axir futboldagi murabbiyning o‘rni haqida Yevropaning eng zo‘r ligalarida, eng zo‘r darajada o‘ynagan Xabi Alonsodan yaxshiroq kim bilishi mumkin?
Xabi ikki avlodni bog‘lab turuvchi futbolchi desak ham bo‘ladi. U Angliyada old school vakili sifatida «Liverpul» bilan olis 2000-yillarda Chempionlar Ligasini yutgan. Keyin faoliyati oxirlaganda Yevropaning bosh sovrinini 12 yil yutolmagan Anchelottining «Real»i bilan Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan. Bu vaqt ichida Alonso qanday murabbiylar bilan ishlamagan deysiz. Va ana shunday tartib-intizomni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi murabbiy o‘zi bir vaqtlar porlagan klubga qaytib qarasa, futbolchilar maydondan tashqarida ham ko‘p narsani hal qiladigan bo‘lib ketibdi.
Alonsoning iste’fosi oxirgi yillarda futbolda avj olayotgan bir jiddiy muammoni ko‘rsatib qo‘ydi. Afsuski, bugun futbolchilar jamoa bosh murabbiyi kim bo‘lishini biz hal qilamiz deb o‘ylay boshladi. Biz o‘zimizning futbolda shunday ishlarni ko‘rib hayron qolardik, lekin Yevropada ham bu yomon odat avj olayotganini ko‘rdik. Albatta, bunga aniq isbot ko‘rsatib bo‘lmaydi, lekin futbol ko‘rib yurgan odam hammasini tushunadi.
Klublar hamma muammoda murabbiylarni ayblab, ularni istagan vaqtida almashtiraverishi Klopp, Gvardiola, Simeone kabi bir yerda uzoq ishlaydigan murabbiylarni muxlislar uchun yanada qadrli insonlarga aylantirdi. Futbolchilar maydondan tashqaridagi masalalarni hal qilishi hech qaysi klubga yaxshilik olib kelmagan.
Menimcha, hozir futbolchilar ijtimoiy tarmoqda juda mashhurligi, futbolchining o‘zi bir brendga aylanayotgani shu kabi muammolarni keltirib chiqaryapti. Futbolchilar qarasa, millionlab odamlar ularni kuzatyapti, katta-katta brendlar reklama berish uchun navbatda. Shunda hammasida bo‘lmasa ham ba’zi futbolchilar nega menday butun boshli brend turganda boshqalar qaror qabul qilishi kerak, deb o‘ylay boshlaydi. Lekin unutmaslik kerak, eng yaxshi jamoalarda doim murabbiy birinchi o‘rinda bo‘lgan, futbolchi emas.
«Manchester Yunayted» aynan Fergyuson boshqaruvni to‘liq nazorat qilgani evaziga uzoq yil Angliyaning tengsiz jamoasi bo‘lib keldi. Ser Tom Kleverli, Fil Jons, Kriss Smolling kabi o‘rtamiyona futbolchilarni o‘ynatsa ham, Angliyada chempion bo‘laverardi. Chunki hech qachon futbolchilar unga qo‘lini siltamas, hurmatsizlik qilmasdi. Bittasi hurmatsizlik qilgani uchun ne holga tushganini hamma biladi…
Ser kiyinish xonasida hech kimni urib-so‘kmagan, lekin «MYu» futbolchilari yutqazib qo‘ysa, serdan gap eshitishni o‘ylab ham maydonda borini bergan. Axir ser shunchaki murabbiy emas, ustoz edi. Bugun futbolda ana shunday munosabat va yana… Fergyusonga o‘xshab o‘zidan ketgan futbolchining kallasiga butsa otadigan murabbiylar yetishmayaptimi deyman…
Sport
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
Klub afsonasi ishdan bo‘shatilgan Ruben Amorim o‘rniga tayinlandi.
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylandi. Klubning ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassis mavsum oxirigacha shu lavozimga tayinlangan.
«Manchester Yunayted» APL 21-turidan keyin 32 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Ruben Amorim ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, jamoani ikki o‘yinda Darren Fletcher boshqardi.
Kerrik 2006 yildan 2018 yilgacha «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. U 5 marta APL g‘olibi, Angliya Kubogi, Liga Kubogi (2 marta) va mamlakat Superkubogida (6 marta) g‘olib bo‘lgan. Xalqaro maydonda «MYu» bilan Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Kerrik murabbiylik faoliyatini 2018 yilda boshladi va «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy yordamchisi bo‘ldi. 2022-2025 yillarda «Midlsbro» klubini bosh murabbiy sifatida boshqardi.
-
Jamiyat4 days ago«Ўзгидромет» тезкор ахборот эълон қилди
-
Dunyodan4 days agoPrezident Tramp Eron bilan biznes yurituvchi davlatlarga 25 foizlik bojlar joriy etishini eʼlon qildi
-
Jamiyat2 days agoMast holda mashina boshqargan ayol 15 sutkaga qamaldi
-
Dunyodan3 days agoJCH-2026 stadioni yaqinida dahshatli kashfiyot amalga oshirildi.
-
Jamiyat4 days agoТошкент — ҳавоси тозалиги бўйича дунёнинг йирик шаҳарлари ичида энг яхшиси
-
Jamiyat3 days agoPirotexnika buyumlari bo‘yicha qonun qabul qilindi
-
Jamiyat5 days agoFarg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
-
Dunyodan12 hours agoGermaniya Amerika tufayli 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilishi mumkin
