Iqtisodiyot

Soliq qo‘mitasi «tadbirkorlardan yechib olingan millionlar» yuzasidan tushuntirish berdi

Published

on


Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlardan asossiz ravishda katta miqdordagi summalarni soliq qarzdorligi uchun yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qo‘mita mazkur holat yuzasidan munosabat berib, bu texnik nosozlik bilan bog‘liq vaziyat ekanligini bildirmoqda.

«my3.soliq.uz tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri ma’lumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘  yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin.

Vaziyat nazoratga olingan», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Ta’kidlanishicha, hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi.

«Pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi», – deya qo‘shimcha qilgan Qo‘mita. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version