Iqtisodiyot

Soliq qo‘mitasi 100 mln so‘m kompensatsiya haqidagi yolg‘on xabarlardan ogohlantirdi

Published

on


Internet tarmog‘ida soxta veb-sayt yaratilib, O‘zbekiston fuqarolariga 100 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lab berilishi haqida Soliq qo‘mitasi raisi nomidan xabar tarqalmoqda.

Soliq qo‘mitasi ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va feyk ekanligini rasman ma’lum qildi.

Qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

Soliq haqidagi ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlarni faqat Soliq qo‘mitasining rasmiy manbalaridan olish mumkin.

Soliq qo‘mitasi fuqarolarni hushyor bo‘lishga va firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version