Connect with us

Jamiyat

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha jamoatchilikka murojaat qildi

Published

on


Tibbiyotdagi korrupsion holatlar bo‘yicha vazirlikning 1203 qisqa raqamli «Ishonch telefoni» hamda [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilish mumkin. Vazir murojaatlar maxfiyligi ta’minlanishi va ular tezkor o‘rganilib, zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, sohada turli byurokratik to‘siqlarga barham berishda keng jamoatchilikning ko‘magi va ishtiroki muhim ekanini ta’kidlab, aholini bu borada faol bo‘lishga chaqirdi.

«Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi xavfli illat bo‘lib, uning salbiy oqibatlari barchamizga ayon.

Shu bois, yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida bu muammoga qarshi keskin va murosasiz kurashish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlash hamda ularga yo‘l qo‘ymaslik, turli byurokratik to‘siqlarga barham berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, ushbu mas’uliyatli jarayonda barcha sa’y-harakatlarimizni birlashtirmay turib, ko‘zlangan maqsadga erishish imkonsiz. Shu sababdan bu o‘tkir muammoning oqibatlarini chuqur anglagan holda, sohada korrupsiyaga barham berish va muammolarimizni yelkama-yelka turib, samarali hal etish maqsadida Sizlarga murojaat qilmoqdaman!

Prezidentimiz 2025 yil 26 dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida korrupsiya jamiyatda ishonch muhitini izdan chiqaradigan jiddiy tahdid ekanini ta’kidlab, 2026 yil unga qarshi kurashishda “favqulodda holat” e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi.

Shundan kelib chiqib, tibbiyot tizimida bu yo‘nalishda zamonaviy mexanizmlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Masalan, sohada budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi hamda korrupsiyaviy risklarni erta aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida yangi tizim — “Situatsion markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada o‘tgan davrda 247 mlrd. so‘mlik budjet mablag‘lari tejab qolindi hamda 9,7 mlrd. so‘m ortiqcha rejalashtirishning oldi olindi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga doir 1280 ta risk aniqlanib, bartaraf etildi.

Vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish bo‘yicha yagona “1203” qisqa raqamli “Call-markaz” 24/7 rejimda ishga tushirildi.

Sog‘liqni saqlash tuzilmalari va ularning xodimlari tomonidan qonunchilikka rioya qilinishi, soha mutaxassislarining aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholash maqsadida ilk bor “Sirli mijoz” instituti joriy qilindi.

Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti va boshqa ta’lim muassasalarida “Tibbiyotda korrupsiyaning oldini olish” nomli maxsus fan joriy qilinib, bu bo‘yicha 2 700 nafar bakalavr, 870 nafar magistr, 1856 nafar shifokor hamda 13 804 nafar o‘rta tibbiyot xodimi o‘qitildi. 

Korrupsiya omillarini barvaqt aniqlash maqsadida 5 ta vakolatli tashkilot o‘rtasida tezkor ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“CERT International” xalqaro auditor tashkiloti tomonidan vazirlik markaziy apparatiga korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti (ISO 37001:2016) muvofiqlik sertifikati topshirilgani muhim voqea bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingini “yaxshi” toifaga o‘tkazish yuzasidan markaziy apparat va hududiy boshqarmalar kesimida “Yo‘l xarita”si tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirildi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan DMED tizimi joriy etildi.

Bunday ishlar natijasida sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga oid jinoyatchilik o‘tgan yilga nisbatan 5,6 foizga kamayishiga erishildi. Biroq ushbu sa’y-harakatlar yetarli emas. Bu borada hali qilinadigan ishlar talaygina.

Shu bois o‘z qasamyodi, kasbi va burchiga sodiq, halol, vijdoni pok Siz, aziz tibbiyot xodimlarini bundan keyin ham tibbiyotni korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yo‘lida bor bilim va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.

Shu bilan birga, sohada korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda keng jamoatchilikning ko‘magi va ishtiroki muhim, deb bilamiz», deya vazirning so‘zlarini keltiradi SSV matbuot xizmati.

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lsangiz, vazirlikning 1203 qisqa raqamli «Ishonch telefoni» hamda [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilish mumkin.

Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi va ular vazirlik tomonidan tezkor o‘rganilib, zarur choralar ko‘rilishi ta’minlanishi qayd etilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bola asrab olmoqchi bo‘lgan ayol qo‘rqyapti. Ruhshunos nima deydi?

Published

on


«Mening yoshim 29 da, sakkiz yoshli qizim bor. Boshqa farzandim yo‘q. Mana, bir necha yilki, turmush o‘rtog‘im bilan davolanmagan joyimiz qolmadi. Oilamiz to‘kis, erim juda yaxshi pul topadi. Ammo odamlarning menga nisbatan «tug‘mas» degan gaplari jonimga tegdi. Ba’zi qarindoshlar hatto, «ajrashinglar», deyishyapti. Qizimga maktabida bittasi «sening aka-ukang yo‘q, yolg‘izsan», debdi. Uyga kelib: «Oyijon, nega mening ukam, singlim yo‘q?» deya xafa bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im farzand asrab olishni taklif qilyapti. Lekin uni atrofdagilar keyinchalik asrandi deyishidan qo‘rqaman. Tavakkal qilaveraymi, nima deysiz?»

Yu.U.

Savol bergan bu ayolda ichki aybdorlik hissi kuchli. U «turmush o‘rtog‘imga farzand tug‘ib bera olmayapman», deb faqat o‘zini ayblayapti. Inson nimadan qo‘rqsa, ya’ni «falon ish bo‘lsa-ya, odamlar gapirsa-ya» deb qanchalik ko‘p gapiraversa, xuddi shu tashvishlar boshiga tushadi.

Aybdorlik hissi ko‘paygan sari farzandli bo‘lish imkoniyati ham kamayib boradi. Gap shundaki, bunday odam ichki noroziligi bilan birga Xudoga shukr qilmasdan, aksincha, «Qachon farzand berasan, berasanmi o‘zi?» deya uni koyigan bo‘lyapti.

Agar ayol farzandsizlikdan tamoman tushkunlikka tushgan bo‘lsa, bu holat ham onalikka erishish yo‘lida to‘siq sifatida xizmat qiladi. Aslida esa mazkur vaziyatga duch kelgan ayol ichki aybdorlik hissidan voz kechib, ko‘nglidagi e’tiqodi-yu ixlosi bilan harakat qilsa, atrofdagilarning gap-so‘zini yengib, boshi berk ko‘chadan g‘alaba bilan chiqishi mumkin.

Insonni har qanday murakkab vaziyatdan olib chiqadigan tuyg‘u, bu – ishonch. Shifokorlar tomonidan «tuzalmaydi» deb tashxis qo‘yilib, aynan hayotga bo‘lgan ishonchi tufayli sog‘ayib ketgan bemorlar buning yaqqol misolidir.

Savol bergan ayolga ham faqat ana shu ishonch yordam beradi. «Kim nima desa, desin. Mening fikrim ularnikidan ustun. Men qanday bo‘lmasin, farzandli bo‘laman. Istasam, farzand boqib olaman. Bu mening ishim, mening hayotim», – desin-u, o‘zining umr yo‘liga, xohishiga e’tiqodi kuchli bo‘lsin.

Qolaversa, birinchi farzandni dunyoga keltirgan ayolning yana bir bor ona bo‘lish imkoniyati shu muammodan aziyat chekayotgan ayollarga nisbatan ko‘proq. Savol egasini turmush o‘rtog‘i bilan birga nafaqat jismonan, balki ruhan tekshirib, psixologik tavsiyalarni ham berish kerak.

Baxtiniso Azimboyeva, shifokor-ruhshunos



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар

Published

on


Самарқанд вилоятида энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатлари фош этилди. 

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Жомбой тумани бўлими томонидан терговга қадар текширув ўтказилган. Унда фуқаро Ф.К.«Деҳқонобод» МФЙ ҳудудидаги дала ҳовлисида умумий фойдаланишдаги электр тармоғига тижорат мақсадида тўғридан-тўғри уланиб, 324,4 млн сўмлик электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлиги аниқланган.

Департаментнинг Каттақўрғон тумани бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда «K.G.» МЧЖ раҳбари Г.М. “Навбаҳор” МФЙ ҳудудидаги ишлаб чиқариш цехида умумий фойдаланишдаги электр тармоғига тижорат мақсадида тўғридан-тўғри уланиб, 112,2 млн сўмлик электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлиги аниқланган.

Шунингдек, Департаментнинг Самарқанд шаҳар бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда «Sh.S.» МЧЖ раҳбари Д.Ш. Самарқанд шаҳрида фойдаланишга топширилган кўп қаватли уйни умумий фойдаланишдаги табиий газ тармоғига ўзбошимчалик билан улаб, 241 млн сўмлик табиий газдан ноқонуний фойдаланганлиги аниқланган.

Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 169-моддаси (ўғрилик) билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

Published

on


Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, barqaror token (stablecoin) qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan token (kripto-aktiv) turi hisoblanadi.

Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin.

Maxsus rejim doirasida quyidagi tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishi mumkin:


milliy va (yoki) xorijiy valyuta bilan ta’minlangan barqaror tokenlarni chiqarish;
O‘zbekiston hududida barqaror tokenlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish;
xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun barqaror tokenlardan foydalanish;
blokcheyn texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimlarini yaratish.

Barqaror tokenlarni chiqarish uchun ta’minot sifatida faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi pul mablag‘laridan foydalanilishi lozim.

Barqaror tokenlarga ta’minotni shakllantirish uchun kredit yoki garovga olingan mablag‘lar yoxud boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Published

on


Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda ma’danli toshlardan oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Paxtachi tumani hududida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 tonna ma’danli toshlarni tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda qazib olib, qo‘lbola usulda yasalgan uskunalar yordamida oltin ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX hududiy boshqarmalari hamda IIV o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Published

on


II jahon urushi qatnashchilari 30 mln so‘m miqdorida mukofotlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, 9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot berildi.

Avvalo, armiyaning jangovar shayligi va tayyorgarligini rivojlantirish, shaxsiy tarkibga yangi tizim asosida ta’lim berish va kasbga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. 

Xususan, jangovar shaylik yo‘nalishida qo‘shinlarda majmuaviy strategik va qo‘mondonlik shtab o‘quvlari, yig‘in, dala chiqishlari va o‘quv kurslari tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgani, bunda shaxsiy tarkibda axloqiy-ruhiy, real jangovar vaziyatlarda qo‘rquv va emotsiyalarni boshqarish hamda dadil harakatlana olish kabi muhim jangovar sifatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Zamonaviy jangovar harakatlar tahlilidan kelib chiqib, barcha o‘quv, trening va mashg‘ulotlarda jang olib borishning yangi usul va shakllari o‘zlashtirilayotgani, bo‘linmalarning mobilligini, jangovar imkoniyatlarini va qo‘yilgan vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani yuzasidan axborot berildi.

Har yili mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi yurtimizda tinchlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash, Vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etish, bugun oramizda sog‘-omon yashayotgan urush va mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning yorqin amaliy ifodasidir.

Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotini to‘lash taklif qilindi.

Shuningdek, bu kunda urush qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, keksalar va ustozlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yolg‘iz va kam ta’minlangan faxriylarning turar joylarini obodonlashtirish, turli xotira va qadrlash tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Vatan fidoyilarining xotirasi ham ulug‘lanadi. Ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.

Ona Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning mardligi va jasoratini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkaziladi. Mamlakatimiz bo‘ylab “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Taqdimotda rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, dunyoda yuz berayotgan harbiy mojarolar tahlili urush davridagi safarbarlik ehtiyojlaridan kelib chiqib, tinchlik davrida harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ofitserlar zaxirasini shakllantirish va ularni mutaxassisliklar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash dolzarb vazifa ekanini ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda 4 ta oliy ta’lim va 2 ta oliy harbiy ta’lim muassasasining harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari va fakultetlarida 42 ta mutaxassislik bo‘yicha rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlanmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda Urganch, Termiz, Andijon davlat universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida yana 5 ta harbiy tayyorgarlik o‘quv markazini tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ravishda “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yillik bakalavriat ta’limi asosida rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Harbiy tibbiyot institutida esa ilk bor klinik ordinatura va magistraturaga qabul qilingan hamda harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagini bildirgan talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi. Bunday imkoniyat nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham yaratiladi.

Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan sun’iy intellekt, dron, robototexnika kabi zamonaviy va tor mutaxassisliklar bo‘yicha ham zaxira ofitserlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari uchun ilg‘or xorijiy armiyalar tajribasi asosida yangi o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqiladi.

Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil 13-yanvar kuni Prezidentimiz, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mazkur masala ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.

Jumladan, Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uchun to‘lanadigan har oylik ustama miqdori ikki baravarga oshirish, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik pul ta’minotini 10 foizga ko‘paytirish taklif qilindi.

Prezidentimiz takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ularning ijrosi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi hamda tegishli hujjatlarni imzoladi.

 

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.