Sport
Signings, trades shift balance of power across the NHL
Temporibus autem quibusdam et aut officiis debitis aut rerum necessitatibus saepe eveniet ut et voluptates.
Quis autem vel eum iure reprehenderit qui in ea voluptate velit esse quam nihil molestiae consequatur, vel illum qui dolorem eum fugiat quo voluptas nulla pariatur.
Temporibus autem quibusdam et aut officiis debitis aut rerum necessitatibus saepe eveniet ut et voluptates repudiandae sint et molestiae non recusandae. Itaque earum rerum hic tenetur a sapiente delectus, ut aut reiciendis voluptatibus maiores alias consequatur aut perferendis doloribus asperiores repellat.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat.
“Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat”
Nemo enim ipsam voluptatem quia voluptas sit aspernatur aut odit aut fugit, sed quia consequuntur magni dolores eos qui ratione voluptatem sequi nesciunt.
Et harum quidem rerum facilis est et expedita distinctio. Nam libero tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nihil impedit quo minus id quod maxime placeat facere possimus, omnis voluptas assumenda est, omnis dolor repellendus.
Nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum.
Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto beatae vitae dicta sunt explicabo.
Neque porro quisquam est, qui dolorem ipsum quia dolor sit amet, consectetur, adipisci velit, sed quia non numquam eius modi tempora incidunt ut labore et dolore magnam aliquam quaerat voluptatem. Ut enim ad minima veniam, quis nostrum exercitationem ullam corporis suscipit laboriosam, nisi ut aliquid ex ea commodi consequatur.
At vero eos et accusamus et iusto odio dignissimos ducimus qui blanditiis praesentium voluptatum deleniti atque corrupti quos dolores et quas molestias excepturi sint occaecati cupiditate non provident, similique sunt in culpa qui officia deserunt mollitia animi, id est laborum et dolorum fuga.
Sport
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
Ta’kidlanishicha, ushbu noaniq kelishuv Superliga loyihasi bilan bog‘liq huquqiy nizolarni hal etishga xizmat qiladi.
Madridning «Real» klubi UYeFA bilan Superliga loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.
UYeFA, Yevropa klublari assotsiatsiyasi va «Real» qo‘shma bayonotida aytilishicha, tomonlar «Yevropa klublari futboli manfaatlari yo‘lida prinsipial kelishuvga erishdi, bu klublarning uzoq muddatli barqarorligiga e’tibor qaratgan holda sport xizmatlari tamoyiliga rioya qilish va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali muxlislarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan iborat».
«Ushbu prinsipial kelishuv bu tamoyillar amalga oshirilib, hayotga tatbiq etilgach, ularning Superliga bilan bog‘liq huquqiy nizolarini hal etishga ham xizmat qiladi», deyiladi bayonotda.
Bayonot Superliga loyihasi uzil-kesil tugatildimi yoki yo‘qmi degan savolga aniqlik kiritish imkonini bermaydi.
Yevropaning top-klublar ishtirokida Superliga tashkil etish tarixi 2021 yil bahoriga borib taqaladi. Loyiha tanqidlarga sabab bo‘ldi, chunki bunday turnir nafaqat Yevropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi turnirining mavjudligiga, balki milliy chempionatlarga ham tahdid solar edi. Superligadagi ishtiroki uchun har bir klubga taxminan 1 milliard yevro bonus va’da qilindi. Ammo siyosatchilar, FIFA, UEFA va muxlislar bosimi ostida bir necha kun ichida 12 ta jamoaning aksariyati Superligani tark etdi. Qolgan klublar keyinchalik A22 Spors Management kompaniyasini tashkil etdi va UYeFA bilan sudlashuvni boshladi.
Yaqin vaqtgacha loyihada faqat «Barselona» va «Real» qolgan edi. Kataloniyaliklar 7 fevral kuni loyihani tark etishini e’lon qildi.
2024 yil dekabr oyida tashkilotchilar Superliga nomini Unify League deb o‘zgartirdi va unda Rossiya klublari ham ishtirok etishi mumkinligini e’lon qildi. Turnir 2025 yilda boshlanishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi.
2025 yil oktabr oyida Madrid sudi UYeFAni «erkin raqobat qoidalarini buzgan» va «ustunlik mavqeini suiiste’mol qilgan» deb topdi. Shundan so‘ng, «Real» yo‘qotilgan foyda va obro‘ga yetkazilgan zarar uchun Yevropa federatsiyasidan 4,5 mlrd yevro undirish niyatida ekanini aytgandi.
Sport
Italiyalik ayol oltita qishki Olimpiadada medal yutib, tarixiy rekord o‘rnatdi
Italiyalik short-trekchi Arianna Fontana qishki Olimpiya o‘yinlarining oltitasida medallarni qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk ayol sportchiga aylandi.
U ushbu natijani Milan va Kortina-d’Ampetssodagi qishki Olimpiadada Italiya terma jamoasi tarkibida aralash estafetada oltin medal sohibiga aylanib qayd etdi.
Fontana o‘zining ilk Olimpiya medali (estafetada bronza)ni 2006-yilda Turinda qo‘lga kiritgan edi, o‘shanda u 16 yoshga ham to‘lmagandi. Keyingi Olimpiadalarda u o‘z jamg‘armasini muntazam boyitib bordi: Vankuver-2010da 500 metrga yugurishda bronza, Sochi-2014da 500 metrda kumush va ikkita bronza, Pxyonchxan-2018da 500 metrda oltin, estafetada kumush va 1000 metrda bronza qo‘shildi. Pekin-2022 Olimpiadasida u yana 500 metrlik masofada oltin yutdi va ikkita kumush medalni ham qo‘lga kiritdi.
Hozir Arianna Fontana 35 yoshda. Uning Olimpiya medallari soni jami 12 taga yetdi (3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza). Bulardan tashqari, uning hisobida jahon chempionatlarining 17 ta va Yevropa birinchiliklarining 45 ta medali bor.
Sport
Husniddin Aliqulovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov Italiya poytaxti Rim shahridagi “Villa Stuart” klinikasida taniqli jarrohlardan biri — Piyer Paolo Mariani tomonidan operatsiya qilindi.
Aliqulov ayni paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va tez orada reabilitatsiya jarayonini boshlaydi, deya xabar berdi O‘FA.
Avvalroq Husniddin Aliqulov jiddiy jarohat olgani va JCh-2026 o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi ma’lum qilingandi.
Sport
«An Nasr» Ronalduning qarzlarini to‘ladi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu «An Nasr» mashg‘ulotlariga qaytdi va Saudiya Arabistoni chempionatida «Al Fotih»ga qarshi navbatdagi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
A Bola nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi va klub xodimlarining maosh bo‘yicha qarzlari to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, mashhur futbolchi jamoasining so‘nggi ikki o‘yinida maydonga tushmagan edi. U Saudiya jamg‘armasi (PIF)ning faoliyatidan norozilik bildirgan edi. Ronalduga ko‘ra, fond «An Nasr»ga yetarlicha sarmoya kiritmay, raqibi «Al Hilol»ga ustunlik bermoqda.
«An Nasr» 20 ta o‘yindan so‘ng 49 ochko to‘plab, chempionat jadvalida ikkinchi o‘rinda turibdi va «Al Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
Avvalroq Ronalduning boykotidan Saudiya Proligasi 2,4 mlrd dollar zarar ko‘rgani xabar qilingandi.
Sport
Vetnamda superstadion qurilishi boshlandi
Daily Mail yozishicha, Vetnam poytaxti Xanoyda dunyodagi eng katta stadion qurilishi boshlandi — unga 135 000 tomoshabin sig‘adi.
Loyiha qiymati 38 milliard AQSh dollari atrofida. Stadion qurilishi 2028-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Stadionni loyihalashda qadimgi Vetnam madaniyati ramzi, jamoaviy ruh, kuch-qudrat va uzoq umr ko‘rishni ifodalovchi bronza baraban (Dong Son)dan ilhom olingan.
«Bronza baraban» sig‘imi bo‘yicha Shimoliy Koreyaning «Birinchi may» (114 000 tomoshabin) hamda Marokashdagi 2030-yilgi jahon chempionati uchun qurilgan «Hasan II» (115 000) stadionlaridan o‘tib ketadi.
-
Dunyodan4 days agoInternetda xitoyliklar bilan bog’liq 8,7 milliard yozuv tarqaldi
-
Sport4 days agoHumoyun Sultonov Nigeriyada Devis kubogida g‘alaba qozondi
-
Dunyodan2 days agoDubayda rossiyalik generalga suiqasd uyushtirgan shaxs hibsga olindi
-
Jamiyat3 days agoNyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik maktab avtobusi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
-
Jamiyat3 days agoAjabtovur psixologiya: yaxshiga rostdan ham kun yo‘qmi?
-
Siyosat4 days agoSaida Mirziyoyeva AQSh maxsus vakili bilan uchrashdi
-
Iqtisodiyot3 days agoDavlat xaridlarida elektron-skoring tizimi joriy etiladi
-
Dunyodan3 days agoExit-poll natijalariga ko’ra, kim g’alaba qozonganini bilamiz.
