Jamiyat

Shohimardon va So‘xga olib o‘tadigan nazorat-o‘tkazish maskanlari kunu tun ish tartibiga o‘tkaziladi

Published

on


Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, Farg‘ona tumanidagi «Vodil-Qadamjoy», «Oqqiya-Akkiya» (Shohimardon), So‘x tumanidagi «Chashma-Chechme» nazorat-o‘tkazish maskanlari 2025-yil 18-iyundan boshlab 24 soatlik (kechayu-kunduz) ishlash tartibiga o‘tadi.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version