Jamiyat
Sherobodda kuchuklarning qulog‘ini yulib olgan shaxs 10 sutkaga qamaldi
Fuqaro uch bosh kuchukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan va bu videoni sahifasiga joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuchukning qulog‘i yulib olingani aks etgan video yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va IIB tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, Sherobod tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqaro O.Y. uch bosh kuchukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan va bu videoni sahifasiga joylashtirgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ish qo‘zg‘atilib, sud qarori bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.