Dunyodan

Malayziya Isroil fuqarolarini deportatsiya qilmoqda

Published

on


Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Malayziya hududida topilgan Isroil fuqarolari zudlik bilan deportatsiya qilinishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Kuala-Lumpur Isroil davlatini tan olmaydi.

Bayonot Isroil fuqarolarining Johor shtatidagi “Tarmoq maktabi” nomli xususiy turar-joy jamiyati faoliyatiga aloqadorligi bo‘yicha davom etayotgan tergov fonida qilingan. Malayziya Ichki ishlar vazirligi Johor shtati hukumati soʻrovidan soʻng voqea yuzasidan tergov boshladi.

“Masla tegishli idoralarga topshirildi. Oʻylaymanki, Oliy taʼlim vaziri bu haqda izoh beradi. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, tegishli choralar koʻriladi. Agar Isroil fuqarosining bu ishga aloqasi borligi tasdiqlansa, u darhol deportatsiya qilinadi, chunki Malayziya Isroilni tan olmaydi”, — dedi u 15 iyul kuni boʻlib oʻtgan ommaviy tadbirda.

Rasmiylar, shuningdek, Forest Siti xalqaro turar-joy majmuasida tekshirilgan 266 nafar xorijlik hujjatlarining haqiqiyligini e’lon qildi.

Malayziyaga Isroil pasporti bilan kirish uchun odatda maxsus ruxsat talab qilinishini unutmang.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version