Siyosat
Shavkat Mirziyoyev TDT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabala shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya davlatlari rahbarlari hamda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va boshqa rasmiy shaxslar ham qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida Ozarbayjon prezidentiga qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi muhim savdo va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Gabala shahrida sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
– Sizning bevosita tashabbusingiz bilan biz oxirgi yillarda zamonaviy Ozarbayjonning ko‘plab hududlariga tashrif buyurdik. Go‘zal Qorabog‘ kun sayin obod bo‘layotganiga, Shusha, Xonkendi, Ag‘dam shaharlaridagi ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘ldik. Albatta, yaqin do‘stlaringiz sifatida bu ijobiy jarayonlar bizlarni juda quvontiradi, – dedi Mirziyoyev.
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan Tinchlik deklaratsiyasi tashkilot mamlakatlariga savdo, iqtisodiyot, transport va gumanitar sohalarda hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga TDTga samarali raislik qilgani va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Sammit kun tartibiga o‘tar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bugungi xalqaro vaziyatga qisqacha tavsif berdi.
Bu galgi yig‘ilish murakkab geosiyosiy o‘zgarishlar, dunyoda va mintaqada xavfsizlikka tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘tayotgani ta’kidlandi.
– Yaqinda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasidagi jahon yetakchilarining chiqish va yondashuvlari ham zamonaviy dunyoning siyosiy va xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha yakdil pozitsiya yo‘qligini yana bir bor namoyon etdi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shu nuqtai nazardan, global boshqaruv tizimini chuqur isloh qilish va takomillashtirish, BMT va Xavfsizlik Kengashining rolini oshirish, shuningdek, xalqaro ishlarda rivojlanayotgan mamlakatlarning ovozini kuchaytirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.
Yevroosiyo qit’asida tobora avj olayotgan, oxiri ko‘rinmayotgan mojaro va urushlar Tashkilot davlatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. G‘azo sektoridagi fojia, Ukraina atrofidagi vaziyat, Eronning yadro dasturi muammosi, Afg‘onistondagi barqarorlik masalalari jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.
O‘zbekiston rahbari jahonning qudratli davlatlarining adolatli dunyo tartibotini shakllantirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi intilishlari va yangi rejalarini olqishladi.
Global vaziyatni chuqur tahlil qilish va zarur qarorlar qabul qilish maqsadida TDT mamlakatlari tashqi siyosiy idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlarining qo‘shma uchrashuvlarini o‘tkazish va bunday formatdagi birinchi yig‘ilishni kelgusi yilda Samarqand shahrida tashkil etish taklif qilindi.
O‘zbekiston yetakchisi qisqa muddatda jadal rivojlanib borayotgan nufuzli xalqaro tuzilmalar qatoriga kirgan Turkiy davlatlar tashkilotining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Oliy darajadagi siyosiy muloqot kengayib, o‘zaro ishonch mustahkamlanib borayotgani, qo‘shma loyihalar va gumanitar dasturlar faol amalga oshirilayotgani bundan dalolat beradi.
Bugungi kunda TDT doirasida 35 dan ortiq yo‘nalishda amaliy hamkorlik qilinmoqda. O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib bormoqda va 2030 yilga borib ikki barobar ko‘payishi kutilmoqda.
O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqining asosiy qismida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq masalalariga to‘xtaldi.
Tashkilotning nufuzi va salohiyatini oshirish, yaqin istiqbolda uning samarali hamkorlik maydoni sifatidagi rolini kuchaytirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
– Bu borada Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq kelishib, qabul qilish tarafdorimiz. Albatta, bu muhim bitim hamkorligimizni rivojlantirish yo‘lida asosiy siyosiy hujjat sifatida qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, amaliy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish va jadallashtirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif qilindi. Ushbu hujjatlarda quyidagi aniq yo‘nalish va chora-tadbirlarni aks ettirish zarurligi qayd etildi.
Birinchidan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish.
O‘zbekiston Prezidenti yaqin istiqbolda TDT doirasida savdo, biznes va o‘zaro investitsiyalar uchun eng qulay sharoitlar, huquqiy asos va infratuzilma yaratishni nazarda tutadigan Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirish muhimligini yana bir bor ta’kidladi.
Amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish va aniq loyihalarni ishlab chiqish, xususan, Turkiy investitsiya jamg‘armasi doirasidagi rejalarni kelishish maqsadida Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengashini ta’sis etish muhimligi qayd etildi. Doimiy asosda faoliyat yuritadigan ushbu tuzilmaga Tashkilot mamlakatlari Bosh vazirlarining o‘rinbosarlari rahbarlik qilishi mumkin. Kengashning Loyiha ofisini Toshkent shahrida joylashtirish taklif etildi.
O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, quyidagi masalalar Kengashning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak:
Turkiy davlatlar Sanoat alyansini tuzish va shu orqali mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ko‘maklashish;
o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va texnik reglamentlarni yaqinlashtirish maqsadida «Turkiy yashil yo‘laklar» elektron tizimini joriy etish;
«yashil» energetika, «yashil» vodorod va ammiak bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar, standartlar va vakolatlarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish uchun «Yashil transformatsiya» konsorsiumini tashkil etish;
strategik minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish asosida qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish.
Shu bilan birga, «xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiyalar – tayyor mahsulot» tamoyili asosida amaliy hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
Ikkinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash. Mavjud salohiyatni hisobga olgan holda, TDT mamlakatlari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha jahon yetakchilariga aylanishi mumkin.
FAO tahliliga ko‘ra, bugungi kunda jahon organik mahsulotlar bozori hajmi 225 milliard dollardan oshadi va kelajakda bu ko‘rsatkich har yili 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Sifatli va xaridorgir organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ilmiy-tadqiqot va seleksiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika aloqalarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
– Kelajakda organik mahsulotlarimiz jahon bozoriga yagona brend bilan chiqishi mumkin. Bu borada qishloq xo‘jaligi vazirlarimiz nazoratida Ekspert ishchi guruhini tashkil etib, dastlabki «pilot» loyihalarni saralash va mamlakatlarimizda amalga oshirishni taklif etamiz, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Uchinchidan, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va xalqaro tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish.
Mamlakatimiz yetakchisi O‘rta koridorni izchil rivojlantirish borasidagi rejalarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishning raqobatbardoshligini ta’minlash va biznes hamjamiyati uchun eng qulay sharoitlar yaratish muhim ekanini ta’kidladi.
Shu ma’noda, maqbul tranzit tariflarini qo‘llash, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli bojxona tartib-taomillarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta koridor qurilayotgan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li va istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lansa, ulkan mintaqada ko‘p tarmoqli, strategik magistral yo‘llar tizimi yaratiladi.
Transport sohasiga oid bu tashabbuslarning barchasi 12 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forum doirasida atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
To‘rtinchidan, keng ko‘lamli sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun samarali moliyaviy vositalarni joriy etish.
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish, ITB, ETTB va boshqa xalqaro hamda milliy moliya institutlari bilan Strategik hamkorlik dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Beshinchidan, barqaror rivojlanishning muhim drayverlariga aylanayotgan sun’iy intellekt, raqamlashtirish va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish.
Ushbu yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish taklif etildi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Oltinchidan, «Jaholatga qarshi – ma’rifat» tamoyili asosida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
2025-2026 yillarda mamlakatimiz 100 dan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtirgan Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilishi ta’kidlandi. Kelgusi hafta Toshkentda ittifoqning Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston raislik davrida «Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari»ni o‘tkazish niyatida.
O‘zbekiston Prezidenti ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtidorli olimlarning tadqiqotlarini rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti o‘z faoliyatini boshlayotganini ma’lum qildi. Davlatimiz rahbari uning negizida Qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishni taklif etdi.
Yettinchidan, yoshlar orasida yot va buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish.
Shu munosabat bilan Turkiy davlatlar makonida ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha Harakatlar rejasini qabul qilish taklif etildi.
O‘zbekiston, shuningdek, islomofobiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishga qaratilgan yaqin muloqotni davom ettiradi.
Bundan tashqari, Tashkilot doirasida yoshlar o‘rtasida ekologik bilimlar bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi.
– Biz kelgusi yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 885 yilligini keng nishonlaymiz. Ana shu mumtoz siymolarning insonparvarlik, o‘zaro do‘stlik va birdamlik haqidagi g‘oyalari, bebaho adabiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida «Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazishni taklif etamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Yig‘ilishda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham so‘zga chiqdi.
Sammit yakunida Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma qaror va hujjatlar to‘plami qabul qilindi.
Siyosat
Falastin elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Falastinning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi. Bu haqda TIV rahbari Baxtiyor Saidov xabar berdi.
“Mamlakatimizda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Falastinning O‘zbekistondagi Elchisi Javad Muhammad Avad janoblari bilan uchrashdik. Unga O‘zbekiston va Falastin munosabatlarini mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi Elchinining sa’y-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz”, deya yozadi vazir.
TIV rahbari O‘zbekiston BMT rezolyusiyalariga muvofiq, “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori ekanini bildirgan.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Dushanbe shahrida o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Bo‘lajak tadbirlar kun tartibidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida kooperatsiya qilish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.
Yetakchilar xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb jihatlarini ham muhokama qiladilar.
Sammitlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 6-7-oktyabrda Ozarbayjonga borgandi.
Siyosat
Turkiy dunyo birdamligi O‘zbekistonga qanday manfaat keltiradi?

Turkiy dunyo bugun o‘z so‘zini aytishga qodir, o‘z yo‘lini belgilay oladigan kuchga ega. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Gabala sammitida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Ularning ba’zilari mamlakatlar rahbarlari tomonidan ma’qullanib, hujjatlarga kiritildi.
Turkiy dunyo uchun dasturilamal
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘ttiz beshdan ziyod yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik olib borilayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sib, bu ko‘rsatkich 2030 yilga qadar ikki barobar oshishi kutilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston yetakchisining “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratish” tashabbusi Gabala sammitidagi eng muhim g‘oyalardan biri bo‘ldi. Unga ko‘ra, turkiy davlatlar o‘zaro savdo, investitsiya, sanoat va texnologiya sohalarida yagona ekotizim yaratishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev taklif etgan “Turkiy davlatlar iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengash” tuzish va uni Toshkentda joylashtirish tashabbusi O‘zbekistonning mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Mashinasozlikdan to “yashil energetika”gacha, qishloq xo‘jaligidan to farmatsevtikagacha bo‘lgan sohalarda “Turkiy sanoat alyansi” g‘oyasi esa kelajak iqtisodiyotining turkiy formulasi sifatida qabul qilinmoqda.
Bugun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz bu yo‘nalishda ham muhim taklifni bildirdi: turkiy davlatlar organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda jahon yetakchilariga aylanishi mumkin. Shu maqsadda organik mahsulotlarimizni yagona brend bilan jahon bozoriga chiqarish g‘oyasi ilgari surildi.
O‘rta koridor hozirda qurilayotgan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li va istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lansa, keng mintaqamizda ko‘p tarmoqli, strategik magistrallar tizimi yaratiladi.
Sun’iy intellekt, raqamlashtirish va kreativ iqtisodiyot turkiy hamkorlikning yangi drayverlari sifatida qayd etildi. Ushbu tashabbus turkiy davlatlar uchun innovatsiya va bilim sohasida yagona maydon yaratishga imkon beradi. Bu esa yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Gabala sammiti turkiy xalqlarning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yaqinlashuvida yangi bosqichni boshlab berdi.
Tashkilotning bizga foydasi
TDT doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston uchun bir qator imkoniyatlar eshigini ochadi.
Birinchidan, O‘zbekiston geografik jihatdan tashkilotning markazida joylashgan, transport koridorlarini rivojlantirish biz uchun katta plyus. “O‘rta koridor” va boshqa logistik transport yo‘laklari orqali tovarlarni tezroq, arzonroq va xavfsizroq yetkazib berish mumkin bo‘ladi.
TDT davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlar ochadi. Mahsulotlarni eksport qilishda transport va bojxona to‘siqlari kamaysa, tadbirkorlarimizga yengillik bo‘ladi.
Hamkor davlatlar bilan birgalikdagi turli sanoat loyihalari, qo‘shma korxonalar, texnologiyalar transferi O‘zbekiston iqtisodiyotiga yordam beradi. Yangi ish o‘rinlari, innovatsiyalarni jalb etish imkoni paydo bo‘ladi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi, havo ifloslanishi, suv resurslari tanqisligi bilan bog‘liq muammolar bor. “Yashil energetika”, qayta tiklanadigan energiya, strategik minerallar, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik bu muammolarga yechim berishi mumkin.
Uchinchidan, turkiy universitetlar, ilmiy loyihalar, adabiy meroslarni birgalikda targ‘ib qilish O‘zbekistonning madaniy nufuzini oshirish, olimlar o‘rtasida malakali almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi.
To‘rtinchidan, jahondagi beqarorlik, mojarolar va geosiyosiy ziddiyatlar fonida turkiy davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va yagona pozitsiyada bo‘lish zarurati bilan yuzma-yuz turibdi. Mintaqaviy va global xavfsizlik tahdidlari sharoitida bir-biri bilan strategik hamkorlik, xavfsizlik aloqa kanallarining ochilishi, hamkor davlatlar bilan tashkil etilgan birgalikdagi mashg‘ulotlar O‘zbekiston uchun xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘ladi.
Umuman, turkiy dunyoning birodarligi barcha uchun katta manfaat keltiradi. Agar hamjihat bo‘lsak, savdo hajmlari keskin ortib, mahsulotlarimiz turkiy davlatlar bozorlariga erkin chiqadi, logistika xarajatlari esa ancha kamayadi. Axir, umumiy aholisi 160 milliondan ziyod, 4,25 million kvadrat kilometr hududni qamrab olgan bu tashkilot ulkan iqtisodiy, madaniy va geosiyosiy salohiyatga ega.
L.Tursunov, jurnalist
Siyosat
Davlat idoralari xodimlarni raqamlashtirish buyrug’idan keyin kamaytirishadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Respublika ma’muriy organlari faoliyatida keng raqamlashtirish orqali ma’muriy xodimlar sonini optimallashtirish choralari” deb nomlangan vazifani imzoladi.
Qaror davlat idoralari faoliyatiga zamonaviy bozor iqtisodiyotlarini joriy etadigan ommaviy islohotlarni qo’llab-quvvatlashga, raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytiradi va xususiy sektorni davlat funktsiyalarini bajarishga jalb qiladi.
Navrat doirasida respublika ijrosi idoralari va qo’mitalar bo’yicha direktorlarning o’rinbosarlari, davlat idoralari va test agentliklari sonida 2,141 ta xabarlar sonini qisqartiriladi.
Masalan, Xodimlar tomonidan 84 ta energiya manbalari 218 nafar Qishloq xo’jaligi vazirligida Ekologiya vazirligida, Ekologiya vazirligida, Ekologiya vazirligida, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi va iqlim o’zgarishi va 163 nafari ish bilan ta’minlash va qashshoqlikni kamaytirish bo’yicha 163 ta.
Davlat soliq qo’mitasi eng katta 486 xodimni qisqartiradi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi eng katta 65 xodimni kamaytiradi.
Direktori ta’kidlashicha, rahbarlar sonining o’rinbosari deyarli yarmi qisqartirildi, qo’mita 11 dan 7 gacha, agentlik 12 dan 6 gacha etib, inspektsiya bo’limi 13 dan 7 ga etadi.
Natijada respublika byudjeti tomonidan moliyalashtiriladigan respublika tashkilotlarining umumiy soni 43 332 ni tashkil etadi, ammo byudjetdan tashqari mablag’lar tomonidan moliyalashtiriladigan xodimlar soni 3657 ga pasayadi.
Mas’uliyatli idoralar markaziy idoralar va sub-tashkilotlarda kadrlar bilan kadrlarni optimallashtirish va kamaytirish uchun pozitsiyalar ro’yxati tasdiqlansin.
Ushbu statut o’z ishining huquqlarini himoya qilishni ta’kidlab, mehnat munosabatlari bilan bog’liq munosabatlar bilan shug’ullanishda mehnat qonunlariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
Bandlik va kambag’allikni kamaytirish vazirligi O’zbekiston kasaba uyushma federatsiyasi bilan ishlashni targ’ib qiluvchi xodimlarni ishga tushirishga undash vazifasi yuklatilgan.
Siyosat
O’zbekistonning aralash jang san’ati assotsiatsiyasi etib tayinlandi

Aziz Toshplatov O’zbekistonning aralash jang san’ati (MMA) uyushmasi etib tayinlandi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ichki ishlar vaziri Aziz Tashpatov aralash jang san’atlari uyushmasining yangi prezidenti etib saylandi.
Avval holda, 2020 yil avgust oyidan boshlab assotsiatsiyani mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov olib bordi.
Joriy yilning aprel oyida Aziz Toshplatov, shuningdek, O’zbekiston voleybol federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Aralashtirilgan jang san’ati assotsiatsiyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Uning birinchi prezidenti Otabek Umarovning so’zlariga ko’ra, ushbu tashkilot ilgari o’qitib, raqobatlashishi kerak bo’lgan jangchilarga yordam berish uchun tashkil etilgan.
-
Dunyodan5 days ago
Evropa davlatlarining hukmdorlari taxtdan voz kechishdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi
-
Jamiyat4 days ago
Tadbirkorning salkam 1 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
-
Sport5 days ago
JCh-2026 chiptalari rekord darajada qimmat bo‘ladi
-
Mahalliy5 days ago
«TalabaExpo–2025» Surxondaryoda — ko‘rgazma qanday o‘tdi!
-
Sport5 days ago
Kannavaro hal bo‘ldi: bu yaxshimi yoki yomon?
-
Dunyodan5 days ago
Bir zumda “Diddi” shawn o’z taqdirini sudda bilib oldi
-
Turk dunyosi4 days ago
G’azo bilan bog’langan flot: Isroil 137 faollarni tinchlik bilan deportatsiya qilganini tasdiqlaydi – Dunyo