Connect with us

Sport

Shavkat Mirziyoyev Namangandagi futbol akademiyasida bo‘ldi

Published

on


Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Navbahor» futbol akademiyasiga tashrif buyurib, bu yerda yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi.

Namangan viloyati o‘zining boy futbol an’analari va iqtidorli futbolchilari bilan mamlakatimizda alohida o‘rin tutadi. Yosh avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida «Navbahor» akademiyasi uch yil muddatga dunyoning yetakchi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning «Ayaks» futbol akademiyasi boshqaruviga berildi.

«Ayaks» dunyodagi eng mashhur akademiya hisoblanadi (1900-yilda tashkil etilgan) va o‘z tarbiyalanuvchilarini Yevropaning mashhur klublariga o‘tkazish orqali har yili o‘rtacha 50-70 million yevro daromad oladi.

Kelishuvga asosan, klublar o‘rtasida qo‘shma o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etilib, o‘zbekistonlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha «Ayaks»ning boshqaruv modeli joriy etiladi.

Hozirgi kunda akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritib, mahalliy yoshlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlash ishlarini olib boryapti.

Prezidentimiz akademiya infratuzilmasi, mashg‘ulot maydonlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yosh futbolchilar va xorijiy mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning orzu-intilishlari va kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbari akademiya tarbiyalanuvchilari bilan suratga tushdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Eldor Shomurodov muxlislardan uzr so‘radi

Published

on


O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCh-2026 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya milliy jamoasiga qarshi uchrashuvdan (5:0) so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi. U o‘yin yakunlari, yo‘l qo‘yilgan xatolar va jamoaning keyingi rejalari haqida gapirdi.

“Birinchi navbatda, bu turnir O‘zbekiston futboli uchun juda katta tajriba bo‘lmoqda. Biz qanaqa yutkazgan taqdirimizda ham, bu narsadan O‘zbekiston ko‘p narsa yutdi, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, yirik hisobda uchralgan mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Bugungi natija (Kolumbiya-Kongo uchrashuvi natijasi)ga qarab, 3-turda oxirgi imkoniyatimiz bo‘ladi. 3-o‘yinda jahon chempionatidagi birinchi g‘alabamizni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Murabbiy to‘pni ko‘proq nazorat qilish va yaxshiroq himoyalanishni reja qilgandi. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinda kichik xatolar ham katta ahamiyatga ega. G‘alaba qozonish uchun 100 foiz kuch bilan o‘ynash ham kamlik qiladi, omad ham kelishi kerak. O‘ylashimcha, ular tepgan hamma zarbalar darvozamizga kirdi. Shuning evaziga ham katta hisob qayd etildi.

Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Bunaqa mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz. Keyingi o‘yinlarda qo‘llab turishlarini so‘raymiz”, – dedi jamoa sardori. 



Source link

Continue Reading

Sport

JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi

Published

on


Milliy jamoa Yevropaning nomdor vakiliga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Krishtianu Ronaldu o‘yinda ikkita gol urdi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida 23 iyun kuni K guruhining 2-tur o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Hyuston shahrida Portugaliya bilan o‘ynadi va yirik hisobda yutqazdi.

6-daqiqada Krishtianu Ronaldu himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, O‘zbekiston milliy jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. 17 daqiqada Nunu Mendesh jarima zarbasini aniq ijro qilib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

29-daqiqada Aziz G‘aniyev uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. Biroq, unga to‘p kelib tushishidan oldin Abbos Fayzullayev qoida buzgani tufayli, bosh hakam VAR tekshiruvidan so‘ng golni bekor qildi.

39 daqiqada Krishtianu Ronaldu darvozabon bilan deyarli yuzma-yuz chiqib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgarmadi. Portugaliya katta ustunlik bilan hujum qildi. 60 daqiqada burchak zarbasidan keyin Abduvohid Ne’matov to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 87-daqiqada Leao jamoasining beshinchi golini urdi.

Bu natijadan so‘ng Portugaliya 4 ochko jamg‘ardi, O‘zbekiston hisobida ochko yo‘q. Milliy jamoa guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28 iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

JCh-2026, K guruhi, 3-tur

Hyuston (AQSh), 23 iyun

PORTUGALIYa – O‘ZBeKISTON 5:0

Gollar: Krishtianu Ronaldu (6, 39), Nunu Mendesh (17), Abduvohid Ne’matov (60 avtogol), Rafael Leao (87)

PORTUGALIYa: Diogu Koshta, Ruben Diash, Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Joau Felish (Fransishku Trinkau, 63), Renatu Veyga, Joau Nevesh (Bernardu Silva, 76),  Pedru Netu (Fransishku Konseysau, 46), Joau Kanselu (Mateush Nunesh, 46), Vitinya (Rafael Leao 83), Nunu Mendesh.

O‘ZBeKISTON: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov, 46), Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev (Igor Sergeyev, 73), Behruz Karimov.

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (14), Renatu Veyga (68)



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi

Published

on


Krishtianu o‘zi ishtirok etgan 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va tarixdagi birinchi shunday futbolchiga aylandi.

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2026 guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston bilan o‘yinda hisobni ochdi va ko‘p o‘tmay dubl qayd etdi (xabar yozilgan vaqtda o‘yin davom etmoqda).

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi futbolchisi 6-daqiqada Joau Kanseluning, 39-daqiqada esa Bruno Fernandeshning uzatmasidan gol urdi. Bu Ronaldu uchun ushbu jahon chempionatidagi ilk gollardir.

Shunday qilib, Krishtianu o‘zi ishtirok etgan 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va tarixdagi birinchi shunday futbolchiga aylandi. Messi Argentina milliy jamoasi safida 5 ta mundialda gol urgan.

Krishtianu Ronalduning jahon chempionatlaridagi barcha gollari:



Source link

Continue Reading

Sport

Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni Namangan viloyatiga tashrifi doirasida “Navbahor” futbol akademiyasiga borib, yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd qilinishicha, yosh avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida “Navbahor” akademiyasi uch yil muddatga dunyoning yetakchi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berildi.

Kelishuvga asosan, klublar o‘rtasida qo‘shma futbol akademiyasi tashkil etilib, o‘zbekistonlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha “Ayaks”ning boshqaruv modeli joriy etiladi.

Hozirgi kunda akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritib, mahalliy yoshlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlash ishlarini olib boryapti.

Prezident akademiya infratuzilmasi, mashg‘ulot maydonlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yosh futbolchilar va xorijiy mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston milliy jamoasining xalqaro maydonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.



Source link

Continue Reading

Sport

🔴 LIVE: AQSh-Eron muzokaralari va Starmer iste’fosi

Published

on


AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens boshchiligidagi delegatsiya Shveytsariyada eronlik hamkasblari bilan muzokara o‘tkazdi. Donald Trampning ijtimoiy tarmoqdagi bayonoti uchrashuvni keskin ruhda boshlab bergan bo‘lsa-da, vositachilar 60 kun ichida yakuniy kelishuv loyihasini ishlab chiqishga kelishib olganini ma’lum qildi.

G7 sammitida Donald Trampning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi yana bahs markaziga chiqdi. Buyuk Britaniyada esa Kir Starmerning iste’fosi va uning ehtimoliy vorislari qizg‘in muhokama qilinmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.