Iqtisodiyot
Rossiya nefti narxi so‘nggi 2,5 yildagi eng past darajaga tushdi
AQShning “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalari kuchga kirishi arafasida tobora ko‘proq chet el neftni qayta ishlash zavodlari ular bilan savdo qilishdan bosh tortmoqda. Natijada Rossiya nefti narxi keskin pasaydi.
Foto: Yegor Aleyev / TASS
AQSh Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” neft kompaniyalariga sanksiyalar joriy etgandan so‘ng, Rossiya neftiga bo‘lgan talab va narxlar sezilarli darajada pasayishga yuz tuta boshladi, deb yozadi Bloomberg agentligi 17 noyabr kuni. Jumladan, o‘tgan hafta, 13 noyabrda, Novorossiyskda Urals markali neft narxi barrel uchun 36,61 dollarga tushib, 2023 yil martidan beri eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.
Mustaqil baholash agentligi Argus Media ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu tendensiya Boltiq dengizi portlarida ham kuzatilgan, deya qo‘shimcha qiladi Bloomberg. Keyinchalik narxlar pasayishning bir qismini qisman qopladi.
Amerika sanksiyalari kuchga kirishiga (21 noyabr) bir necha kun qoldi, shu sana arafasida Xitoy, Hindiston va Turkiyadagi ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari xaridlarni to‘xtatib, muqobil manbalarni izlamoqda. Bu esa Urals nefti sezilarli chegirmalar bilan sotilishiga olib keldi.
Argus Media ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida Qora dengiz va Boltiq dengizi orqali amalga oshiriladigan Rossiya yetkazib berishlari bo‘yicha Urals narxining Brent neftiga nisbatan chegirmasi bir barrel uchun 23,52 dollargacha kengaydi, bu 2023 yil iyunidan beri eng yuqori daraja hisoblanadi.
Bu holat xaridorlarning ikkinchi darajali sanksiyalar qo‘llanishidan qo‘rqib, xatarga borishni istamasligidan dalolat beradi, deb yozadi Bloomberg.
Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya oktyabr oyida Rossiyaning “Lukoyl” va “Rosneft” neft qazib oluvchi kompaniyalari, shuningdek, ularning 34 ta shu’ba tuzilmasiga nisbatan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida sanksiyalar joriy etishini e’lon qilgan edi.
Iqtisodiyot
Dollar va yevro qiymatlari oshdi
Markaziy bank 2025-yil 10-dekabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 12,86 so‘mga oshdi va 13 987,31 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 020,64 so‘m (+18,67).
Rossiya rubli 156,68 so‘m etib belgilandi (-1,27).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya qimor o’yini-onaviy tergovning bir qismi sifatida futbolchilar va sheriklar hibsga olingan
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
-
Hayot tarzi4 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTüriyatiye: 29 futbolchi o’yinchi janjalida hibsga olingan
-
Jamiyat4 days ago«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi
