Connect with us

Iqtisodiyot

Muvaffaqiyatsiz xususiylashtirishdan keyin davlat ixtiyoriga qaytarilgan «Kvars» zavodi yana foyda bilan ishlay boshladi

Published

on


2025 yilning yakunlariga ko‘ra, «Kvars» AJning sof foydasi 1,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kompaniya 2023 yilning fevralida 3 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan 268 mlrd so‘mga xususiylashtirilgandi. Shundan keyin zavod 2023 yilni 21,7 mlrd, 2024 yilni esa 142 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi. 2025 yilning fevral oyida «Kvars» AJ yana davlat ixtiyoriga qaytarilgandi.

2025 yilning yakunlariga ko‘ra, «Kvars» AJning sof foydasi 1,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, zavod 2024 yilni 142 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagandi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda kompaniyaning yillik sof tushumi 593,4 mlrd so‘m (+13,7 foiz) bo‘lgan bo‘lsa, ishlab chiqarish xarajatlari sezilarli darajada 503 mlrd so‘mdan 454,4 mlrd so‘mga qisqargan.

Yil yakuniga kelib uzoq muddatli kreditlar hajmi 195,3 mlrddan 87,6 mlrd so‘mga, qisqa muddatli kreditlar va qarzlar esa 126,6 mlrd so‘mdan 95,7 mlrd so‘mga kamaygan.

Omadsiz xususiylashtirish

Bundan 3 yil avval, 2023 yilning fevralida «Kvars» AJ ustav kapitalidagi 89,7 foiz davlat ulushi 265 mlrd so‘mga «Quvasoysement» AJga sotilgandi.

Kelishuvga ko‘ra, xaridor 2018-2021 yillarda «Kvars» tomonidan jalb qilingan 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘larini 2026 yil yakuniga qadar so‘ndirishi ham kerak edi.

Kompaniya 2024 yilni 142 mlrd so‘m, 2023 yilni esa 21,7 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan. Xususiylashtirilishdan oldingi yillarda esa foyda ko‘rib ishlagan: 2021 yilda kompaniyaning sof foydasi 54,7 mlrd so‘mni, 2022 yilda 64,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shundan keyin 2025 yil 14 fevralda xaridor shartnomaviy majburiyatlarini bajarishda qiyinchiliklarga uchragani sababli oldi-sotdi shartnomasi bekor qilindi. O‘z navbatida katta zararga kirib ketgan zavodni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilishi ham ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, 1975 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Kvars» – shisha idishlar, avtosanoat uchun oynalar va boshqa qator turdagi shisha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod hisoblanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.