Jamiyat
Qurbon hayiti arafasida Toshkentdan qo‘shimcha 55 ta avtobus reysi yo‘lga qo‘yildi
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga qatnovchi avtobuslar soni oshirildi. YHXX ma’lumotiga ko‘ra, bayram arafasida yo‘lovchilar oqimi keskin ko‘paygani sabab qo‘shimcha 55 ta reys tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnaydigan 65 ta doimiy yo‘nalish faoliyat yuritmoqda. Qo‘shimcha reyslar esa bayram kunlarida yuzaga kelgan yuqori talabni qoplashga qaratilgan.
Shuningdek, mas’ullar fuqarolarga chiptalarni uydan chiqmagan holda telefon yoki onlayn platformalar orqali tekshirish va xarid qilish mumkinligini eslatdi. Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar yana ko‘paytirilishi ham mumkin.
Bayram kunlari xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi. Haydovchilarga yo‘l haqini sun’iy oshirmaslik, safar oldidan dam olish va harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha ogohlantirishlar berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanbaga to‘g‘ri keladi.
Jamiyat
Saudiya podshohi mehmonlari Baytulloh yopinchig‘i – Ka’bapo‘sh tayyorlanish jarayonlari bilan tanishdi (fotoreportaj)
Saudiya Arabistoni podshohi mehmonlari – turli davlatlardan chaqirilgan hojilar, jumladan o‘zbekistonlik hojilar ham Muqaddas Ka’ba ustiga yopiladigan yopinchiq – kisva (yoki Ka’bapo‘sh)ning tayyorlanish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Ka’bapo‘sh Baytullohga ko‘rsatiladigan e’tiborning alohida ko‘rinishlaridan biri sanaladi.
Ka’ba yopinchig‘ining balandligi 14 metrga yetadi. Uning yuqori qismida eni 95 sm, uzunligi 47 m bo‘lgan matoda Qur’on oyatlari yozilgan. Mato 16 qismga ajratilgan. Ularning har biri turli islomiy naqshlari bilan bezatilgan.
U matoning quyi qismi esa Qur’on oyatlari bilan to‘ldirilgan. Oyatlar orasidagi bo‘sh joylarga esa “Ya Hayy” (Ey, Tirik zot!), “Ya Qayyum” (Ey, Barcha joyda mavjud zot), “Ya Rahim” (Ey Mehribon zot), “Ya Rahmon” (Ey Rahmli zot), “Al-hamdulillah ul-Rabbiyl alamiyn” (Butun olamlarning Egasi Allohga hamd-sanolar bo‘lsin) kalimalari tushirilgan.
Makka shahrida Ka’ba yopinchig‘i – kisvaning ko‘rgazmasini tashkil qilish an’anaga aylangan. Unda kisvani tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar, mato va ipak mahsulotlari namoyish etiladi.
Ka’ba yopinchig‘ini tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni hukumati 1927 yilda alohida ustaxona tashkil qilgan. Ustaxonada 240 hunarmand va texnik mutaxassislar mehnat qiladi. Hozirgi kunga kelib kisva tayyorlashga 17 million saudiya riyoli (taxminan 4,5 million dollar) sarflanadi.
Kisvaning oltin iplar bilan naqshlar solib tikiladigan matosining o‘ziga 450 kg.dan ziyod ipak ishlatiladi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Ka’baning ustiga yopilsa, ikkinchisi, har ehtimolga qarshi saqlab qo‘yiladi.
Jamiyat
Xitoydagi shifokor O‘zbekistondagi bemorni robot yordamida operatsiya qildi
O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Ushbu murakkab va yuqori texnologiyali operatsiyani akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov Xitoy davlatidan turib amalga oshirdi.
Robot jarrohlik tizimi shifokorga eng nozik harakatlarni ham yuqori aniqlikda bajarishga ko‘maklashadi. Bu esa bemorning kamroq jarohat olishi va qisqa muddatda tiklanishini ta’minlaydi.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonning faqat ikki hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Jamiyat
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlarga hukm o‘qildi
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar ozodlikdan mahrum etildi.
Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1999-y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va 140-moddasi (haqorat qilish) bilan sudlangan ayol 2025 yilning iyul oyida qo‘shni respublikaga borib, narkosavdogardan 1 kg «gashish» moddasini 6 ming AQSh dollariga sotib olish va uni mamlakatimiz hududidagi tegishli manzilga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, ayol Whatsapp messenjeri orqali giyohvandlik vositasi qoldirib ketilgan xufiya joy manzilini olgan.
So‘ngra muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan ikki tanishi bilan Bekobod shahri hududidagi dala maydoniga yo‘l olgan.
Biroq, ular ajal og‘usini xufiya joydan olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 985 grammni tashkil etgan.
Tergov jarayonida ayol o‘zining 1993-y.t. jinoiy sherigi bilan birgalikda Bekobod shahridan ijaraga xonadon olib, u yerda giyohvandlik vositalarini sotish hamda iste’mol qilish uchun «bangixona» tashkil etganliklari ham fosh bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra, mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jamiyat
Suyunchi puli bo‘yicha tartibga o‘zgartirish kiritildi
Suyunchi pulini endi hamma birinchi farzandlar olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli (suyunchi) faqat birinchi farzand tug‘ilganda qayd etilar edi.
Biroq, shunday holatlar ham bo‘ladiki, birinchi tug‘ilgan bola yashashga ham ulgurmay, nobud bo‘ladi. Ammo bolaning tug‘ilishi haqidagi fakt axborot tizimiga onaning birinchi farzandi sifatida darhol qayd etiladi. Navbatdagi tug‘ilgan chaqaloq esa ikkinchi farzand deb hisoblanib, unga suyunchi pulini berish rad qilinar edi.
Muammo qanday aniqlandi?
Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan ushbu masalaga oid murojaatlarda ham ilk farzandi bilan perinatal yoki erta neonatal o‘lim holati yuz bergan onalar keyingi sog‘lom tug‘ilgan farzandi uchun bir martalik suyunchi pulini berish rad etilayotganidan shikoyat qilayotgan edi.
Prezident Xalq qabulxonasi va Vazirlar Mahkamasining tezkor tahlillari asosida hukumatning yuqorida aytilgan qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Yangi tartib qanday bo‘ladi?
Vazirlar Mahkamasining yangi qarori (2026-yil 9-apreldagi 154-sonli) bo‘yicha endilikda:
Birinchi va (yoki) undan keyingi farzandlar nobud bo‘lgan taqdirda, navbatdagi tirik tug‘ilgan bola uchun «suyunchi puli» to‘lab beriladigan bo‘ldi.
-
Iqtisodiyot5 days agoQirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
-
Siyosat3 days agoBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyodagi chegaralarni tinch yoʻl bilan tartibga solish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
-
Jamiyat5 days ago
Bugun O‘zbekistonda kuchli shamol va yomg‘ir kuzatiladi
-
Iqtisodiyot5 days ago“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
-
Iqtisodiyot4 days agoHayot Bank O‘zbekiston moliya sektorida o‘z o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda
-
Iqtisodiyot5 days agoGo‘sht bahosi: tumanlar kesimida narxlar qanday?
-
Jamiyat5 days agoAndijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
-
Siyosat2 days ago
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bosh kotibini qabul qildi
