Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturiga 200 million dollar jalb qilinadi

Published

on


Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

– yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;

– sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;

– bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version