Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin

Published

on


2025 yil sentabrgacha Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi lozim.

Qoraqalpog‘istonda kriptovaluta mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etilishi mumkin. Bu haqda «Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil sentabrgacha Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi lozim.                                                                 

Maxsus zonada mayning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Maxsus zonadan mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda maxsus tariflar qo‘llaniladi.

2025 yil noyabrda qaror loyihasi belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

Mayning — kriptovalutani (masalan, bitkoinni) «olish» usuli hisoblanadi. 2023 yil oktyabrida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

O‘zbekistonda mayningni ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version