Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Published

on


“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:

🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi;

🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi. 

Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version