Iqtisodiyot

​​​​​​​Qaysi ilovalarda komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin?

Published

on


O‘zbekistonning bir qator banklari va ayrim to‘lov tashkilotlari o‘z mobil ilovalari orqali mijozlarga kartadan kartaga bepul pul o‘tkazmalari xizmatini taqdim etgan. Kun.uz bunday imkoniyat qaysi ilovalarda borligini o‘rgandi.

Eng avvalo, ikki jihatni ta’kidlash lozim:


Humo’dan Humo’ga pul o‘tkazmalari uchun aksariyat ilovalarda komissiya olinmaydi (o‘tkazmalar miqdori bo‘yicha limitlar bo‘lishi mumkin).
Bir qator banklar o‘zi chiqargan kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya olmaydi.

Bundan tashqari, ba’zi holatlarda biror bir kartaga komissiyasiz pul o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda, qabul qiluvchi karta qaysi bankniki ekanini aniqlab, o‘sha bankning ilovasiga murojaat qilish foydali bo‘lishi mumkin. Bunda siz shartli “A” bankning ilovasini o‘rnatib, unga boshqa bankdan olingan o‘z kartangizni ulaysiz va “A” bank kartasiga komissiyasiz o‘tkazmani amalga oshirasiz.

Quyida – pul o‘tkazmalari xizmatini komissiyasiz taqdim etadigan ilovalarni sanab o‘tamiz.

Oyiga 10 mln so‘mgacha:


Alliance Pay (Asia Alliance Bank). Limitdan oshganda – 0,5 foiz. Humo kartalari o‘rtasida 100 mln so‘mgacha komissiyasiz, keyin 0,3 foiz.
BRB (Biznesni Rivojlantirish Banki). O‘z kartalari o‘rtasida 100 mln so‘mgacha komissiyasiz.
ChakanaPay (Agrobank)

Oyiga 5 mln so‘mgacha:


Hamkor (Hamkorbank)
Mavrid (Mikrokreditbank)
OpenBank
SQB Mobile (Sanoat Qurilish Bank)
SelloPay
Xazna (Xalq Banki)

Oyiga 3,5 mln so‘mgacha:

Oyiga 3 mln so‘mgacha:


Milliy (Milliy bank). Ish haqi loyihasi mijozlari uchun komissiyasiz o‘tkazmalar limiti – 10 mln. Limitdan oshganda – 0,5 foiz.
My Turon (Turonbank). Limitdan oshganda 0,5 foiz.
Paynet. Foydalanuvchi muayyan shartlarda komissiyasiz o‘tkazma limitini 5 mln so‘mgacha oshira oladi. Limitdan oshganda – Humo’dan Humo’ga o‘tkazma 0,1 foiz, boshqa o‘tkazmalar 0,5 foiz.

Oyiga 1 mln so‘mgacha:


Humans. Kompaniya abonentlari uchun komissiyasiz limit 5 mln so‘m, Super VIP tarifi abonentlari uchun 10 mln so‘m. Limitdan oshganda – 0,49 foiz.

Yuqoridagilardan tashqari, Ipak Yuli Bank’ning Visa Start (so‘m) kartasi va TBC Bank’ning Salom kartasi* (Humo) taqdim etadigan imkoniyatni alohida qayd etish mumkin. Bu kartalar egalari bankning ilovasi orqali kartani foizsiz to‘ldirishi va undan Uzcard/Humo kartalariga foizsiz o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Uzum Bank’ning Uzum kartasi (Visa, so‘m) va Anorbank’ning Mastercard Milliy kartasi ham shunday imkoniyatni beradi. Lekin o‘tkazmalar borasida bu kartalarning yuqoridagi ikki raqobatchisidan ayrim farqlari bor: oyiga 100 mln so‘mlik limit mavjud (Uzum kartada bu limitni faollashtirish uchun muayyan shartlar bor), qolaversa, komissiyasiz o‘tkazmalar aksiyasi 2025 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Bugungi kun (23.10.2025) holatiga, ushbu to‘rtta kartani ham bepul rasmiylashtirish mumkin. Shu bilan birga, Anorbank Mastercard Milliy kartasiga yillik xizmat ko‘rsatish to‘lovi mavjud.

* Diskleymer: “Salom” kartasi balansidagi qoldiq mablag‘ uchun avtomatik tarzda, muayyan foiz stavkasida kunlik daromad hisoblab boriladi. Bu shakldagi daromad aholining muayyan qatlami uchun nozik masala bo‘lishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version