Jamiyat

Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi

Published

on


Qashqadaryo viloyatidagi xonadonda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Yakkabog‘ tumani Xiyobon mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadonda yashirin sex tashkil qilib, kelib chiqishi noma’lum va sifati kafolatlanmagan dori vositalariga qalbaki etiketkalar yopishtirib, kelgusida dorixonalarga o‘tkazish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlanib, yashirin sexdan umumiy bahosi 709 mln so‘mlik 4 turdagi jami 2 391 dona dori vositalari, har xil turdagi dori qutilari va qalbaki yorliqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

  

Xonadonda, turli kimyoviy moddalardan tayyorlanayotgan, biror tekshiruv va litsenziyadan o‘tmagan “dorilar” qalbaki tarzda tayyorlanib kelgusida sotuvga chiqarish uchun hozirlab qo‘yilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version