Iqtisodiyot

Puli-Xumri” elektr yetkazib berish loyihasi ishga tushirilmoqda

Published

on


Afg‘onistonning yetakchi Tolo news va Ariana news telekanallarida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Kobulga tashrifi haqida teledasturlar namoyish etildi.

Foto: Energetika vazirligi

Teledasturlarda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining energetika sohasida o‘tkazilgan konferensiyadagi ishtiroki va nutqi batafsil yoritilgan.

Ma’lum qilinishicha, vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘z chiqishida, ishtirokchilarni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonning iqtisodiy-ijtimoiy tiklanishiga qaratilgan tashabbuslari bilan tanishtirgan.

“Xususan, O‘zbekiston Afg‘onistonni elektr energiyasi bilan ta’minlab, nafaqat afg‘on xalqiga, balki mamlakat sanoatini rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgani qayd etildi”, – deyilgan lavhalarda.

Afg‘oniston OAV ta’kidiga ko‘ra, anjumanda O‘zbekiston tashabbusi bilan 500 KVt “Surxon-Puli-Xumri” elektr energiyasini yetkazib berish liniyasini qurish bo‘yicha loyiha ishga tushirilayotgani ma’lum qilingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version