Iqtisodiyot

Polsha O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Yevropaga eksport qilishga ko‘maklashadi

Published

on


O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning Green Crops holdingi egasi Mateush Ritel va bosh direktor Adam Rujitskiy bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Polsha tomoni kompaniya faoliyati haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlanishicha, holding Yevropaning 12 ta mamlakatida o‘z fabrikalarini ochgan. Green Crops kompaniyasi O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni nafaqat Polsha, balki Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi tarmoq supermarketlariga tarqatish maqsadida o‘zbek sheriklar bilan savdo aloqalarini o‘rnatishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar Polsha va Yevropaning boshqa mamlakatlari eksport qilish, ikki mamlakat hududlarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida Green Crops vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Agro Expo Uzbekistan/Agrotech Expo xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida kompaniya stendini namoyish etish va boshqalar to‘g‘risida kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version