Connect with us

Jamiyat

Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

Published

on


Ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu maslahatchi lavozimida G‘ofurjon Mirzayev ishlaydi. 

Bobojonov 2017–2025-yillarda ichki ishlar vaziri bo‘lgan. 

Uning o‘rniga Aziz Toshpo‘latov vazir etib tayinlangandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Quyosh, oy va yulduzlar soyasida barpo etilgan Buxoro

Published

on


Buxoro vohasida bugungi kunda 829 ta madaniy meros ob’yektlari saqlanib qolingan. Ular orasida ilk o‘rta asrlarga taalluqlilari ham bor. Aksariyati so‘nggi o‘rta asrlarga mansub. Buxoro davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zilola To‘qsanovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu obidalarning necha yuz yillardan buyon bus-butun holda yetib kelishining muhim sabablari boy me’morchilik tajribasi, qurilish materiallarining mustahkamligiga bog‘liq. Shuningdek, ajdodlarimizning aniq fanlar, fizika, matematika, astronomiya fanlarini yaxshi o‘zlashtirgani ham muhim turtki bo‘lgan.

Mustaqil tadqiqotchi Buxoro arxitektura yodgorliklarining boqiy yashab kelayotganini ularning osmon jismlari bilan bog‘liq holda barpo etilganiga ham bog‘laydi.

«Shaharning eng qo‘hna imoratlaridan Arkning bunyod etilishi muarrix Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida bayon etilgan. Xususan, buxorxudot Bidun olimlarni yig‘ib, maslahatini olgandan so‘ng, katta Ayiq, osmondagi yetti qaroqchi yulduzlari shaklida, yettita tosh ustunda ustiga Arkni qayta quradi. XII asrda Qoraxoniylar sulolasidan Buxoro podshohi Arslonxon kelgusi avlodlarga saltanatidan mangu bir nishona qoldirish niyatida ajib bir inshoot bunyod etishga jazm etadi. Bu xayrli ishga barcha munajjim, me’mor va ustazodalarni jalb etib, ulardan imorat loyihalarini bir oy muhlat ichida topshirini buyuradi. Muddat tugagach, me’mor va muhandislar turli shakldagi masjid, madrasa, xonaqolarning loyiha chizmalarini hukmdorga taqdim etishadi. Lekin, unga birortasi ham ma’qul bo‘lmaydi. Faqatgina minora qurilishi loyihasi ma’qullangan. Ayni bunday baland inshootning boqiy turishini falakiyotshunos olimlar isbotlab berishgan. Me’morchilikda yashiringan bu astronomik belgilar ajdodlarimizning biz o‘ylagandan ham ziyoda bilimga ega ekanini isbotlaydi»,-deydi Zilola To‘qsanova.

Buxorodagi, deyarli, barcha obida va qadim inshootlar geometrik, astronomik va hatto, matematik jihatdan ham sinchkovlik bilan barpo etilgani ma’lum https://xabar.uz/xj59

 Tarixga ko‘ra, XV asrda temuriyzoda Mirzo Ulug‘bek mamlakat hududida qurdirgan madrasalaridan birinchisi 1417 yilda Buxoroda qad rostlagan. Madrasa arxitekturasi va uning bezatilishi diqqatga sazovor. Chunki, binoning devorlari, ayvon va boshqa kismlari buyuk astronom-olim Ulug‘bekning chizmalari asosida koinotning sirli koshinlari bilan bezatilgan.

 «Madrasa astral xarakterga ega bo‘lgan ornament (naqshlar) bilan bezatilgan bo‘lib, ular Ulug‘bekning astronom sifatida dunyoqarashini ifodalaydi. Birinchi qarashdayoq, madrasa o‘zining ajoyib garmoniyasi bilan kishini mahliyo qiladi. Keyinroq Markaziy Osiyoda madrasalar ana shu nusxada qurila boshlangani ham tahsinga loyiq. Bundan tashqari, madrasada diniy fanlar bilan birga, dunyoviy fanlar, xususan, falakiyot ilmi o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoro shahridagi Kalon masjidining bugungi kunga qadar yetib kelishidagi sinoatlardan biri uning Quyosh burjiga qarab qurilganligidir. Koinot jismlari bilan hamohangligi uning bardavomligini ta’minlaganligiga, shubha yo‘q. Kalon masjidi Xonai Ka’baning asl, oldingi shakliga monanddir. Balki, shuning uchun hamdir Alloh nazari tushgan zamin Kalon masjidining umri boqiy va bardavomdir»,-deydi mstaqil tadqiqotchi.

Suhbatdoshning aytishicha, XVI asr yodgorligi sanalgan Xo‘ja Zayniddin masjid xonaqosining ham balandligi 7 metrli ayvon shifti va tekis tomini 8 ta bezakli yog‘och ustunlar ko‘tarib turadi. Ustunlarning bari marmar tagkursilarga mustahkamlangan. Shift toqili, yulduzsimon 7 hovuzaklarga bo‘linib, handasiy naqshlar bilan jozibador bezatilgan. Sharqiy tomondagi markaziy qismiga yulduzsimon hovzak ishlanib, muqarnasilar bilan jilolantirilgan. Yulduzsimon shakldagi hovzakning o‘n ikki burchagidan yirikroq yog‘och taxtachalardan bo‘rttirib ishlangan geometrik naqshlar tarqalgan. Hovzak yulduzsimon muqarnaslar yordamida bezalgan karniz bilan yakunlanib, yonlaridagi, nisbatan soddaroq bezalgan hovzakchalar bilan uyg‘unlashgan. Shimol tomondagi ayvon shiftining markazida esa o‘n qirrali yulduzsimon shakldagi hovzak joylashgan bo‘lib, yonlari sharafalar bilan bezalgan.

«Ayvonning burchak qismi ham serhasham bezalib, yulduzsimon muqarnaslar bilan to‘ldirilgan ikkita olti qirrali hovzakdan iborat. Ayvonning devorlariga ganch ishlatilgan bo‘lib, oq rangli devor va ayvonning qoshinkorligi ustalarning yuksak mahoratidan darak. Bizgacha yetib kelgan ayvonning xarili shift va tomi XVI asrga xos bo‘lgan yog‘och xarilar va tekis tomlar konstruksiyasining ajoyib namunasidir. Sharqiy tomondagi ikkita asosiy ustun yuzaroq o‘yma geometrik naqsh bilan bezalib, yuqori qismi madohil naqshli qosh bilan yakunlangan. Masjidning salobati va hashamdorligining toji sanalgan gumbaz go‘zalligi esa har qanday odamni sehrlab qo‘shishi, shubhasiz. Gumbazning pastki uchidagi aylana lenta bo‘ylab bitilgan eski yozuv va muqaddas bitiklar bejirim xattotlik ko‘rinishida. Xona gumbazi murakkab qalqonsimon bag‘allar asosiga tayangan. Gumbaz ichi 32 ga bo‘linib, ular hallangan mayda gullar bilan bezatilgan, gumbazning quyi qismi esa muqarnaslar qatori bilan hoshiyalangan. Gumbaz, taxmonlar, mehrob va g‘arbiy devordagi yozuvlar qatori kundal usulida bajarilgan. Gumbaz quyi atrofida ko‘kimtir naqshlar bo‘lsa-da, markazida uchiga intilayotgan o‘simliksimon naqshlar va gulbarglar guldastasi aks etgan. Chinni-oltin kosani eslatuvchi gumbazga diqqat bilan razm solarkansiz, bulutlar orasidan nur sochib, charaqlayotgan quyosh ko‘zga tashlanadi»,-deydi Zilola To‘qsanova.

Buxoroning so‘nggi sulolasi – mang‘it amirlarining yozgi saroyining Sitorai Moxi Xossa, deb atalishi ham bejizga emas. Ya’ni, «Oymanand yulduzlar saroyi», «Shohning ko‘nglidagi yulduz» ma’nolarini ifodalaydi. Saroy xonalarining yog‘och, ganch, oynavand bezaklarida oy, yulduz tasvirlari ko‘p uchraydi.

Mustaqil tadqiqotchi o‘z suhbatida 1914-1915 yillarda barpo etilgan Amir Olimxon madrasasining ham puxta bilim asosida barpo etilganini bildirib, uning ham astronomik shakllarga boyligini ta’kidlaydi.

Suhbatdosh Amir Olimxon madrasaning zukko olimu fuzalolarini yig‘ib, ushbu maskanni akademiyaga aylantirish lozimligini bildirganini ta’kidlaydi. O‘sha davrda ham bu yirik ilmiy muassasaning ayni shaharning bosh markazi, Minorai Kalon yonidan tanlangani ham bejizga emas, albatta.

«Balkim, o‘shanda Amir Olimxon ilmu nujum-falakiyot ilmini minora orqali tadqiq etishni ham niyat qilgandir. Buxoro tarixiy obidalarida astronomik belgilar va osmon jismlari tasvirining aks etishi ajdodlarimizning falakiyot ilmini puxta egallagani, mohir munajjimlar bo‘lib yetishganidan darak. Mazkur omil sababidan ham yodgorliklar asrlar osha boqiy yashayveradi»,-deydi Zilola To‘qsanova.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yunusobodda avtomobildagi yong‘in 2 daqiqada bartaraf etildi

Published

on


Toshkent shahar Yunusobod tumanida 11 noyabr kuni Chinobod ko‘chasida yuz bergan avtoyong‘in qutqaruvchilar tomonidan 2 daqiqada o‘chirildi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘q.

Toshkent shahar FVB ma’lumotiga ko‘ra, soat 11:07 da avtomobil yongani haqida chaqiriq kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 11:14 da manzilga yetib borgan va yong‘inni soat 11:16 da to‘liq bartaraf etgan. 

Hodisa joyida tezkor harakat qilinishi sababli yong‘in kengaymagan, atrofdagilarga xavf tug‘ilmagan. Jarohat olganlar qayd etilmadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda 5,8 mingta oilaviy tadbirkor faoliyat yuritmoqda: Toshkent peshqadam

Published

on


Jamiyat | 15:46

390

1 daqiqa o‘qiladi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakatda 5 841 ta oilaviy tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan. Eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent shahri (1 646 ta) va Toshkent viloyati (1 189 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Oilaviy tadbirkorlik sektori hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:


Toshkent shahri — 1 646;
Toshkent viloyati — 1 189;
Xorazm — 612;
Samarqand — 570;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 525;
Buxoro — 363;
Qashqadaryo — 305;
Farg‘ona — 146;
Andijon — 141;
Surxondaryo — 135;
Jizzax — 76;
Namangan — 52;
Navoiy — 45;
Sirdaryo — 36.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Published

on


Hukumatning joriy yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan «Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom «Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 20 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.

Komissiya xulosasi asosida har yili 20 mayga qadar Agentlik direktorining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqariladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslarga har yili 1 iyun – Agentlik tashkil etilgan kun arafasida Agentlik direktori tomonidan ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ish vaqtidan tashqari ishlaganlarga ikki hissagacha haq to‘lanadi

Published

on


Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi. Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi.

Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi. Qonunchilikka Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:


ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek, ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;
zaxira qilinadigan mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.