Iqtisodiyot

Pokiston O‘zbekistonda kam quvvatda ishlayotgan ayrim korxonalarni boshqaruvga oladi

Published

on


O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Umum Pokiston to‘qimachilik uyushmasi (All Pakistan Textile Mills Association – APTMA) bosh kotibi Shahid Sattar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, ikki mamlakatda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Pokiston tomoni hamkorlikning barcha shakllarida – O‘zbekistonda kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni boshqaruvga olish, qo‘shma korxona tashkil etish yoki korxonalarni sotib olish orqali sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

Ikki mamlakat rahbarlarining oliy darajali muloqoti chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi istiqbolli loyihalarni muvofiqlashtirish maqsadida joriy yil sentabr oyida APTMA rahbarligida Pokistonning yetakchi to‘qimachilik kompaniyalari delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Delegatsiya tarkibiga Pokistonning yirik kompaniyalari vakillari kiritilishi kutilmoqda.

Delegatsiya a’zolari mahalliy to‘qimachilik korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

APTMA bosh kotibi bilan, shuningdek, ikki mamlakat hududida to‘qimachilik sohasida tashkil etiladigan turli ko‘rgazmalarda nufuzli delegatsiya va milliy pavilonlar bilan qatnashishga ham kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version