Iqtisodiyot
Pekinda «O‘zbekiston – Xitoy» savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi
Forum dasturida hukumat va biznes tuzilmalari o‘rtasida, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
28 avgust kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida «O‘zbekiston – Xitoy» savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining bildirishicha, tadbir doirasida ikki mamlakatning keng iqtisodiy salohiyati namoyish etiladi hamda investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
“O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Forum dasturida hukumat va biznes tuzilmalari o‘rtasida, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.