Sport

«Paxtakor» futbol akademiyasi dunyoning eng yaxshi yuztaligiga kirdi

Published

on


Klub rasmiy o‘yinlarda jami 1899 daqiqa o‘tkazgan 57 nafar futbolchini tayyorlagan.

Foto: Pakhtakor Football Academy

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) eng yaxshi futbol akademiyalari reytingini tuzdi. Ro‘yxat tashkilot saytida e’lon qilindi.

Ro‘yxatni tuzishda CIES ekspertlari tayyorgarlik ko‘rgan futbolchilar soni, ular ishtirok etayotgan klublar darajasi, shuningdek, rasmiy o‘yinlarda o‘tkazgan vaqtini hisobga oladigan indeksni ishlab chiqdi. Reytingda jami 49 ta ligadan 100 ta klub akademiyasi o‘rin olgan.

90-o‘rinni Toshkentning «Paxtakor» klubi akademiyasi egalladi. Klub rasmiy o‘yinlarda jami 1899 daqiqa o‘tkazgan 57 nafar futbolchini tayyorlagan. Tayyorgarlik indeksi – 34,1 ball.

O‘zbekistonning boshqa klublari akademiyasi reytingga kiritilmadi.

Shuningdek, reytingda Ukrainaning ikkita klubi – «Dinamo Kiyev» va «Shaxtyor», Rossiyaning «Lokomotiv» klubi ham bor.

CIES talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 10 ta futbol akademiyasi quyidagicha:

– Benfika (Portugaliya) – 105,1 ball;

– Barselona (Ispaniya) – 98,7;

– River Pleyt (Argentina) – 98,3;

– Ayaks (Niderlandiya) – 97,6;

– Boka Xuniors (Argentina) – 95,0;

– Sporting (Portugaliya) – 83,4;

– Dinamo (Zagreb, Xorvatiya) – 77,9;

– Defensor (Urugvay) – 77,0;

– Real (Madrid, Ispaniya) – 74,8;

– Veles Sarsfild (Argentina) – 73,8.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version