Siyosat
O‘zbekistonning yangi elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat qiroli Harald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, «yashil» energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi tilga olingan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston va Norvegiya o‘rasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-iyunda o‘rnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024-yil 15-oktyabr kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokgolm shahriga borgan va 4-dekabr kuni qirol Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Siyosat
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlashi qariyb 1 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025 yil «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Turkmaniston Prezidentining yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. «Shovot-Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining bo‘lajak yig‘ilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Siyosat
Президенты Узбекистана и Парагвая подписали Совместное заявление
По итогам состоявшихся в городе Ташкенте переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Парагвай Сантьяго Пенья подписали Совместное заявление.
В присутствии лидеров также состоялась церемония подписания Протокола о завершении двусторонних переговоров по вопросам доступа на рынок в рамках присоединения Узбекистана к ВТО и Меморандума о взаимопонимании о создании межмидовского механизма политических консультаций.
Siyosat
O’zbekiston va Paragvay prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilmoqdalar
O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Paragvayay Prezidenti Santyago Peña bilan Ko’ksaroy rasmiy qarorgohida yuqori darajadagi uchrashuv o’tkazdi. Munozaralar amaliy hamkorlikni rivojlantirish va sheriklik uchun yangi sohalarni aniqlash bo’yicha yo’naltirilgan.
Prezident Mirziyoyev Paragvay Prezidentini samimiy kutib oldi va Lotin Amerikasi davlat rahbari tomonidan O’zbekistonga birinchi tashrifining tarixiy xususiyatini qayd etdi. Bu sammit ikki tomonlama munosabatlardagi yangi bosqichning boshlanishi ekanligiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo-iqtisodiy aloqalarni, xalqqa birjalar, odamlararo birjalar, ta’lim va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarni kengaytirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni ko’rib chiqdilar. O’zaro savdoni rivojlantirish, biznes sherikliklarini rivojlantirish va qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoatida, raqamli texnologiyalar, turizm va sport sohalarida qo’shma tashabbuslarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki prezident, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ikkala tomon siyosiy muloqotni kuchaytirish va umumiy manfaatlar bo’yicha amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish majburiyatini tasdiqladilar.
Siyosat
Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
-
Jamiyat3 days agoToshkent viloyatida 13 yoshli qiz orqali dori sotgan ayol va uning sheriklari ushlandi
-
Jamiyat3 days agoTo‘qqiz qizli Jasur – to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
-
Jamiyat2 days agoO‘zbekistondagi muzey va ziyoratgohlarga «virtual sayohat» qilish imkoni yaratiladi
-
Dunyodan3 days agoPiknik tugadi. Kelajakda Zelenskiy hukumatini kim boshqaradi?
-
Dunyodan3 days agoYaponiyaning shimoli-sharqiy sohilining asosiy zilzilasi
-
Siyosat2 days agoO’zbekiston va Rossiya xalqaro temir yo’l xizmatlari uchun moslashuvchan narxlar haqida kelishib oldilar
-
Dunyodan3 days agoBashar Asadning Suriyadagi ag’darilganligining 1 yilligi
-
Jamiyat3 days agoNavoiyda portlovchi modda sotgan shaxs qamaldi
