Siyosat

O‘zbekistonning yangi elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

Published

on


O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat qiroli Harald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, «yashil» energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi tilga olingan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston va Norvegiya o‘rasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-iyunda o‘rnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024-yil 15-oktyabr kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokgolm shahriga borgan va 4-dekabr kuni qirol Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version