Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 2 million 200 ming 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 83,7 ming nafarga ko‘paygan.

Hisobotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iz Respublikasi birinchi o‘rinni egallagan. To‘rt oy davomida ushbu mamlakatga 899 ming 4 nafar fuqaro borgan.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan bo‘lib, bu davlatga 388 ming 452 nafar safar qilgan. Qozog‘iston esa 354 ming 859 nafar bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Statistikada Saudiya Arabistoniga safarlar soni ham yuqori ekani qayd etilgan. To‘rt oy ichida ushbu mamlakatga 138 ming 113 nafar o‘zbekistonlik borgan.

Rossiyaga 115 ming 94 nafar, Turkiyaga esa 70 ming 340 nafar fuqaro turistik maqsadlarda chiqqan.

Birlashgan Arab Amirliklari 31 ming 73 nafar bilan keyingi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Xitoyga 23 ming 557 nafar, Tailandga 16 ming 291 nafar va Misrga 15 ming 823 nafar fuqaro safar qilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekiston BAA bilan davlat boshqaruvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida nutq so‘zladi. 

«Yaxshi xabardorsiz, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulug‘lash, aholi va tadbirkorlar uchun munosib sharoitlar yaratish asosiy o‘rin egallaydi. 

So‘nggi 10 yilda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim» degan olijanob falsafani davlat siyosati darajasiga ko‘tardik. Boshqaruv sohasida aholi uchun samarali tizim yaratmasdan turib, hech bir yo‘nalishda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki har bir fuqaro o‘z kundalik hayotida his qilayotgan ijobiy o‘zgarishlar orqali davlat faoliyatiga baho beradi. 

Boshqaruv idoralari odamlar muammosini, ularni qiynayotgan o‘tkir masalalarni o‘z vaqtida va adolatli hal etsa, aholining davlatga nisbatan ishonchi keskin ortadi. Ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiya esa islohotlar samarasini pasaytirib, xalqning umidini so‘ndiradi. Shuni inobatga olib, davlat boshqaruvida yangicha va ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz», – dedi davlatimiz rahbari.

«Samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy modellarni joriy qilish, Birlashgan Arab Amirliklari erishgan yutuq va ilg‘or tajribani tatbiq etish biz uchun foydali bo‘lmoqda. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda ushbu mamlakat bilan davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi», – dedi Prezidentimiz. 

O‘tgan yil noyabr oyida «Byurokratiyani bartaraf etish» hamda sun’iy intellekt bo‘yicha nufuzli xalqaro forumlar birgalikda yuqori saviyada o‘tkazildi. 

Shuningdek, davlat boshqaruvida ilg‘or tajriba almashish yuzasidan hamkorlik kelishuvi imzolandi. 

«Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi ana shu sheriklikning yorqin amaliy natijasidir. 

Prezidentimiz ushbu dasturni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Amirliklar rahbariyati va shaxsan Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviyga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Prezidentimiz samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratdi. 

«Vazirlik va agentliklar, qo‘mita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish endi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Bundan buyon «jarayon uchun» emas,«natija uchun» ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi», – dedi davlatimiz rahbari. 

Shu nuqtai nazardan, «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi mutlaqo yangi boshqaruv madaniyati va dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan islohotdir. 

Ushbu dastur davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlaydi. 

Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi. 

Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Piskentda daryo o‘rtasida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilgan va suv oqimi yuqoriligi sababli fuqaro xavfsiz qirg‘oqqa chiqa olmagan.

Foto: Telegram / MCHSUzbek

23 may soat 10:20 da Toshkent viloyati Pskent tumani hududidan oqib o‘tgan Ohangaron daryosi o‘rtasidagi quruqlikda bir nafar fuqaro qolib ketganligi va yordam zarurligi to‘g‘risida Olmaliq shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilgan va suv oqimi yuqoriligi sababli fuqaro xavfsiz qirg‘oqqa chiqa olmagan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqishgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qozog‘istondan olib kirilayotgan 1,3 mlrd so‘mlik dorilar fosh etildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga noqonuniy olib kirilayotgan katta partiyadagi dori vositalari to‘xtatib qolindi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istondan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «S. Najimov» chegara bojxona posti orqali kirib kelgan yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi transport vositasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 52 turdagi tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlangan.

Tekshiruv davomida jami 95 ming 369 dona mahsulot noqonuniy tarzda olib kirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir davomida noqonuniy yuklarni qabul qilib olayotgan vaqtda Toshkent tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarning umumiy qiymati 1 milliard 323 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryoda ko‘pqavatli bino qurilishi uchun yetkazib berilgan sifatsiz g‘ishtlar yo‘q qilindi

Published

on


Aniqlanishicha, sopol g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tomonidan ko‘pqavatli inshoot uchun me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan sopol g‘isht mahsulotlari yetkazib berilgan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qurilish jarayonida foydalanilayotgan sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, utilizatsiya qilindi.

Aniqlanishicha, sopol g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «H.S» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan davlat buyurtmasi asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli inshoot uchun me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan sopol g‘isht mahsulotlari yetkazib berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan jamiyatga nomuvofiq mahsulotlarni muomaladan qaytarib olish hamda ularni utilizatsiya qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Sifatsiz mahsulotlar Kitob tumani chiqindi poligonida utilizatsiya qilindi.

Korxona kelgusida me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi, aks holda qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi

Published

on


Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkin.

Qurbon hayiti bayrami arafasida Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus reyslari tashkil etildi.

Xabar qilinishicha, Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnovchi doimiy 65 ta avtobus yo‘nalishiga yana 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek, bayram kunlarida xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlarining kuchaytirilgan tartibdagi xizmati tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, haydovchilar bilan yo‘lkira narxlarini sun’iy oshirmaslik, qatnov oldidan yetarli dam olish hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27 may chorshanba kuni nishonlanadi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladilar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.