Jamiyat
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 2 million 200 ming 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 83,7 ming nafarga ko‘paygan.
Hisobotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iz Respublikasi birinchi o‘rinni egallagan. To‘rt oy davomida ushbu mamlakatga 899 ming 4 nafar fuqaro borgan.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan bo‘lib, bu davlatga 388 ming 452 nafar safar qilgan. Qozog‘iston esa 354 ming 859 nafar bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.
Statistikada Saudiya Arabistoniga safarlar soni ham yuqori ekani qayd etilgan. To‘rt oy ichida ushbu mamlakatga 138 ming 113 nafar o‘zbekistonlik borgan.
Rossiyaga 115 ming 94 nafar, Turkiyaga esa 70 ming 340 nafar fuqaro turistik maqsadlarda chiqqan.
Birlashgan Arab Amirliklari 31 ming 73 nafar bilan keyingi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Xitoyga 23 ming 557 nafar, Tailandga 16 ming 291 nafar va Misrga 15 ming 823 nafar fuqaro safar qilgan.